62
2.3. Chor Rossiyasi davrida Turkiston o‘lkasida
geografiya ta’limi rivoji
Umuman olganda Turkiston o‘lkasida geografiya ta’limining
taraqqiyoti va
rivojlanishi bevosita Rossiya maktablarida geografiya o‘qitish bilan bog‘liq desak
xato qilmaymiz.
XVII-XIX asrlarda Turkiston hududidagi maktablarda geografiya deyarli
o‘qitilmagan. Madrasalarda eng oddiy (elementar) geografik bilimlar bo‘lgan.
Lekin ularning aksariyati noto‘g‘ri tasavvurlardan iborat bo‘lgan. XIX asrning 60-
yillarida Rossiya Turkistonni bosib olishi tufayli, qisman bo‘lsada geografiyani
o‘qitishga ta’sir ko‘rsata olgan. 1866 yilda Toshkentda boshlang‘ich ma’lumot
beruvchi birinchi rus maktabi ochilgan. 1877 yilda Toshkentda
gimnaziya tashkil
etildi. 1879 yilda Turkiston o‘qituvchilari seminariyasi faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab mahalliy aholi farzandlari uchun maxsus rus-
tuzem maktablari ochiladi. Turkistonda birinchi rus-tuzem maktablari 1884 yilda
Toshkentda, keyinchalik Samarqand, Xiva, Buxoroda ham ochildi. 1870
yildan
boshlab «Turkiston viloyati» gazetasi nashr etila boshladi. Bu gazeta
geografiyaning fan sifatida o‘qitilishida va geografik bilimlarni tarqalishida yangi
davrni boshlab berdi. Gazetalarda e’lon qilingan maqolalarda ko‘plab geografik
ma’lumotlar berilar edi. XIX asrning 90-yillariga kelib o‘zbek tilida geografiya
o‘quv qo‘llanmalari tashkil etila boshladi. Nemis olimi A.Geykining
maqolalari
asosida «Yer xususida ilmdan olingan so‘zlar» nomli ilk o‘zbek tilidagi birinchi
geografik qo‘llanma nashrdan chiqdi. Avvalo, u «Turkiston viloyati» gazetasining
1889 yilgi sonida e’lon qilingan edi. 1901 yilda kitobning ikkinchi nashri chop
etiladi. Bu kitobda yer shakli,
kecha va kunduz, havo, yog‘inlar, iqlim haqidagi
ma’lumotlar berilgan. XX asr boshlarida M.V.Lavrovning «Turkiston o‘lkasi
geografiyasi va tarixi» nomli risolasi ham o‘lkada geografiya o‘qitishda juda
ahamiyatli bo‘ldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod etgan Hoji Yusuf
Xay’atiy madaniyat arbobi, sayyoh va geograf bo‘lgan. U 1880
yilda globus
yasagan. U yasagan globusning aylanasi 160 sm masshtabi 1 smda 250 km
bo‘lgan. Bu globus hozirgi kunda Samarqand o‘lkashunoslik muzeyida
saqlanmoqda.
Yangi usul maktablari – musulmon maktablarining ta’lim usuli va dasturlarini
isloh qilib, bolalarga ona tilida xat-savod o‘rgatgan va yangilik g‘oyalarini ilgari
surgan o‘quv yurti. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884 yilda
ma’rifatparvar Ismoilbek Gasparinskiy tomonidan tashkil etilgan va u “usuli
savtiya tadrijiya” (“rivojlantiruvchi tovush usuli”) maktabi bo‘lgan. XIX asr oxiri –
XX asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning
rivojlanishi bu sohalarni
boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojini tug‘dirdi. Mavjud bo‘lgan
63
mahalliy maktablar bolalarga zarur dunyoviy bilim va ko‘nikmalarni bermas edi.
Shuning uchun yangi usulda ta’lim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893-
yilda Buxoro amiri ruxsati bilan Mo‘minxo‘ja Vobkendiy va g‘ijduvonlik domla
Fozil sa’y-harakati bilan dastlabki “Yangi usul” maktabi ochiladi. Keyinchalik
1898-yili Qo‘qonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida
tatar muallimlari tomonidan ochilgan (o‘zbeklar bu
davrda bunday maktablarni
“no‘g‘oy maktab” deb atagan). 1900 yildan boshlab Toshkentda jadidchilik
harakatining yirik namoyondasi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1937),
1901-yilda Samarqandning Rajabamin qishlog‘ida Abduqodir Shakuriy (1875-
1943), 1903 yilda Jomboy kentidagi Halvoyi qishlog‘ida Saidahmad Siddiqiy
(1864-1927), Namanganning Shohand qishlog‘ida Is’hoqxon Ibrat (1862-1937)
tomonidan «yangi usul» maktabi ochiladi. Bu maktablarda mahalliy aholidan
yetishib chiqqan jadidlarning ta’siri kuchli bo‘lgan.
Unda bolalar sinflarga
bo‘linib, partalarga o‘tqazilib o‘qitilgan, darslarda o‘tilgan mashg‘ulotlar dars
jadvali asosida amalga oshirilgan. «Yangi usul» maktablarida geografiya o‘qitila
boshlanadi. 1905 yilda “yangi usul” maktablari uchun o‘zbek tilida geografiya
darsligi va birinchi geografik karta «Turkiston va unga yondosh mamlakatlar
kartasi» ham nashr etiladi.
Dostları ilə paylaş: