Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149


Abu Ali ibn Sino 
(980-1037) 
– G‘arbda “Tib qonunlari” asari tufayli 
Avitsenna 
nomi 
bilan 
mashhur. 
Zamondoshlari Ibn Sinoni “Shayx ur-Rais” 
(donishmandlarning 
sardori, 
allomalar 
boshlig‘i); 
“Sharif 
ul-Mulk” 
(o‘lka, 
mamlakatning 
obro‘si, sharafi) deb 
ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino 
qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u 
o‘z davridagi mavjud fanlarni qariyb 
barchasini o‘rgangan, tadqiqotlar olib borgan 
va ularning natijalariga oid asarlar yozgan.
Olimning asarlari Yaqin va O‘rta 
Sharqning ilmiy tili bo‘lgan arab va 
shuningdek, ba’zilari fors tillarida yozilgan. Turli manbalarda Abu Ali ibn Sino 
tomonidan 450 dan ortiq asar yozilganligi qayd etilgan. Lekin bizgacha bularning
242 tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, 
qolganlari tabiat, mantiq, psixologiya, matematika, astronomiya, musiqa, kimyo, 
axloq, adabiyot va tilshunoslikka bag‘ishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi 
ham olimlar tomonidan bir xilda o‘rganilgan emas va ko‘pgina asarlari hali 
qo‘lyozma holida mavjud bo‘lib, o‘z tadqiqotchilarini kutyapti.
Ibn Sino Afshona (hozirgi Buxoro viloyatining Peshku tumani hududida) 
hijriy 370-yilning safar oyida (980-yil avgust) amaldor oilasida tug‘ilgan. To‘liq 


46 
ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Ali. Ibn Sino oilasi 985-yilda 
Buxoroga ko‘chib kelgach, otasi uni boshlang‘ich musulmon maktabiga o‘qishga 
beradi. U bu maktabda 10 yoshigacha o‘qiydi. Maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida
qobiliyatining o‘tkirligi, o‘qishga zo‘r ishtiyoqi tufayli ko‘p fanlarni tezda 
o‘rganib oldi. Qur’oni Karimni yoddan bildi va tavsif qildi, tabiiy ilmlarni mehr 
bilan o‘rgandi. Ibn Sino 12 yoshdanoq har tomonlama bilimdon bo‘lib yetishgan 
va ko‘pgina fanlardan o‘zi muallim sifatida mashg‘ulotlarini olib borgan. 
O‘zidan katta yoshdagi bolalar kelib undan ta’lim olgan. “Kechqurunlari oldimga 
chiroqni qo‘yib olib, to uyqu bosguncha o‘qish va yozish bilan band bo‘lardim”, 
degan Ibn Sino o‘z tarjimayi holida. U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolagani 
va oyoqqa turg‘izgani uchun saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo‘lga 
kiritadi. “Men ko‘p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har xonada kitob 
sandiqlari, bir-birining ustiga taxlangan kitoblar bor edi. Har bir xonada fanning 
bir sohasiga oid kitoblar to‘plangan edi. Men u yerda shunday kitoblarni 
ko‘rdimki, ko‘pchilik ularning nomlarini eshitmagan. O‘zim ham ularni oldin 
ko‘rmaganman, keyin ham ko‘rmadim. O‘sha kitoblarni o‘qib, ulardan foydali 
fikrlarni egalladim, kitobni yozgan har bir kishining ilmiy darajasini aniqladim” 
deganda, avvallambor, u o‘zidan avval o‘tgan Sharq olimlarining asarlarini chuqur 
o‘rganish bilan birga qadimgi yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan,
Aristotel, Ptolemey, Evklid, Galen, Gippokrat, Pifagor, Parfiriy kabilarning
asarlari bilan tanishadi va ularni nafaqat o‘rganibgina qolmay, balki ularga tanqidiy 
ko‘zi bilan qarab, o‘z ilmiy g‘oyalarni ilgari surdi. Shunday qilib, Ibn ,Sino 
Buxoroning eng bilimdon olimi va mohir tabibi sifatida tanildi. Uning o‘zi: 
“Yoshim o‘n sakkizga borganda bor ilmlarning hammasini egallab bo‘lgan edim”,- 
degan. O‘sha paytlar, u bilan suhbatlashish, undan maslahat olish, davo topish har 
bir kishining orzusi bo‘lgan. Ammo, yurt notinchligi, johil hukmdorlar tazyiqi 
tufayli Buxoroni tark etib, oldin Xorazmga, undan Xurosonning – Jurjon va 
Nishopur shaharlarida yashagan, keyinchalik Eronning Isfahon shahrida bir necha 
yillar yashab, umrining oxirgi yillarini Hamadon shahrida o‘tkazgan, 1037 yili 
o‘sha joyda vafot etgan. 
Olimning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni: falsafa, tabobat, 
badiiy va tabiiy sohalariga bo‘lish mumkin. Olim shularning har birida chuqur iz 
qoldirgan. Ibn Sino tabiat – ya’ni o‘simliklar, hayvonot olami va insonlar haqidagi 
fikr-mulohazalari alohida-alohida bo‘limlarda o‘z aksini topgan. Uning tabiiy-
ilmiy qarashlari “Kitob ash – shifo”ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon 
qilingan. Olimning ba’zi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi 
zamondagi ilmiy nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha vulqonlar aslida tog‘ 
paydo bo‘lish va zilzilalar bilan bog‘liq. Tog‘ paydo bo‘lishining o‘zi esa ikki yo‘l 
bilan bo‘ladi: 


47 
1. Kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig‘ining ko‘tarilishi. 
2. Suv orqali va havoning asta-sekin ta’siri natijasida chuqur jarliklar paydo 
bo‘lib, natijada ularning yonida balandlik hosil bo‘lib qolishi. Zilzilaning paydo 
bo‘lishiga ham bir necha sabablar bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bug‘ 
bo‘ladi. Mana shu bug‘ harakatga kelib yerni qimirlatadi. Suvning yer ostiga sizib 
kirishi, tekis yer chetining o‘pirilishi, ba’zida tog‘ cho‘qqilarining katta kuch bilan 
qulashi ham zilzila oqibatida sodir bo‘ladi. Olimning fikricha, yer yuzining 
ma’lum qismi bir paytlar dengiz tubi bo‘lgan, zamon o‘tishi bilan geologik jarayon 
oqibatida suv havzalari o‘rni o‘zgargan. Bir vaqtlar dengiz bo‘lib, hozir 
chuqurlikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining tosh qotgan qoldiqlari 
saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm yerlarini kiritadi. 
Ibn Sino ma’danshunoslik (mineralogiya) sohasida ham salmoqli ishlar 
qilgan. Olim minerallarning original tasnifini taklif etadi. Unga ko‘ra barcha 
ma’danlar to‘rt guruhga; toshlar, eriydigan jismlar (metallar) oltingugurtli 
yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo‘linadi. Bu tasnif XIX asrgacha deyarli 
o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari 
uning “al-Af’ol va –l-infolot ” (Ta’sir va ta’sirlanish) asarida ham yoritilgan. U o‘z 
o‘lkasining tabiatini har qadamda kuzatgan, bu haqda quyidagilarni: “Biz 
bolaligimizda bir xil joylarni ko‘rdikki, u joylarda bosh yuvishda ishlatiladigan gil 
bor edi, u joylar Amudaryoning chekkasida edi. Keyin yigirma uch yilga yaqin bir 
muddatda o‘sha gilning toshga aylanganini ko‘rdik”, “Xurosondagi bir tog‘dan non 
shaklidagi toshni topdim va bir qancha vaqt o‘zim bilan birga olib yurdim”, 
meteorit “toshlardan birini Xorazmda eritishga juda urindim, erimadi, undan 
ko‘kimtir tutun chiqaverdi” kitoblarida yozgan.
Olim boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug‘ullangan va unga oid 
asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgani uchun ularda olimning 
kimyoga bo‘lgan munosabatning evolyusion o‘zgarib borishi yaqqol aks etgan. 
Ibn Sino botanika faniga oid masalalar bilan ham juda ko‘p shug‘ullangan, 
chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan 
olinadi. Olim “Kitob ash shifo”ning “an-nabot” (o‘simliklar) qismida
o‘simliklarning turlari, ularning paydo bo‘lishi, oziqlanishi, o‘simlik a’zolari va 
ularning vazifalari, ko‘payishi hamda o‘sish sharoitlari haqida yozadi, dorivor 
o‘simliklarning ilmiy terminologiyasini yaratish sohasida ham ish olib boradi. 
Olimning o‘simlik va hayvonlardan dorishunoslik bobidagi ilmiy merosi 
mazkur sohaning fan sifatida shakllanishiga xizmat qildi. 
Allomaning ekologik noqulay sharoitlar natijasida inson organizmida 
bo‘ladigan salbiy o‘zgarishlar, kasalliklar va ekologik qulay sharoit bo‘lgandagina 
insonning umri uzoq bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlari o‘z qadr-qiymatini hamon saqlab 


48 
kelmoqda. Chunki uning tabiiy muhitga tibbiy falsafiy nazar bilan qarashi va ilmiy 
fikrlashi profilaktik tibbiyot nazariyasiga qo‘shilgan katta hissadir. 
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, inson organizmi atrof-muhit bilan (oziq-ovqat, 
ob-havo, iqlim, nafas olish, teri, sezgi organlari orqali) chambarchas bog‘langan. 
Uning ta’biri bo‘yicha inson organizmi tabiat bilan bir butun hisoblanadi va bu 
bilan hozirgi tibbiy talqin g‘oyani belgilab beradi. 
Ibn Sino yashab, faoliyat ko‘rsatgan davrlarda aholi o‘rtasidagi ekologik 
noqulayliklar oqibatida turli yuqumli kasalliklar hukm surardi va bu ko‘pchilikning 
yostig‘ini quritar edi. 
Alloma o‘z asarlarida suv, atmosfera havosida ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin 
inson organizmiga ko‘pgina kasallikni qo‘zg‘atuvchilar borligini, ularni yashashi 
va insonga zarar keltirishini yaxshi tushungandi. Olimning fikricha, suv va 
havoning ifloslanishi (atrof-muhitning ekologik nuqtai nazardan noqulayligi) 
oqibatida kasallik paydo bo‘ladi. Ibn Sino o‘z asarlarida bu haqida yozibgina 
qolmay, o‘sha qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan chechak, vabo, qizamiq va 
boshqa kasalliklarni davolaydi. Allomaning fikricha, “suv va havoning tozaligi 
inson organizmida sog‘lik keltiruvchi, muvozanatni ushlab turuvchi omildir”, ular 
ifloslanganda turli kasalliklar chiqaruvchi sababga aylanib qoladi. 
Allomaning aytishicha, atmosfera havosining unda yuz beradigan shamolning 
ahamiyati kattadir, chunki ifloslangan botqoqliklardan, o‘lgan hayvonlar, odamlar 
va axlatlarning chirishi va sasishi oqibatida yuzaga keladigan zarrali moddalar 
shamollar harakati bilan tarqaladi. Uning bebaho asari “Kitob ash shifo”sida chang 
va tutun inson umrini qisqartirishini suvni, havoni toza saqlash, isrofgarchilikga 
yo‘l qo‘ymaslikni qonun darajasiga ko‘targanligi haqida ta’rif beradi. Olimning 
fikricha, havo tarkibi o‘zgarsa, uni ta’sirida kasallik paydo bo‘lishi ta’kidlanadi. 
Uning havo va iqlim to‘g‘risidagi va ularning o‘zgarishi bilan inson organizmida 
ham o‘zgarishlar kelib chiqishi haqidagi fikrlari xozirgi zamon iqlimshunosligi – 
havo ekologiya to‘g‘risidagi bilimlarga juda mos keladi. Alloma insonlarning 
yashash joylariga katta ahamiyat beradi. U yashash joydagi toza havo, iqlim, 
o‘rtacha namligi, toza tuproq, undan tashqari yashash joyi mintaqasida joylashgan 
suv havzalari, daraxtzorlarning bo‘lishi inson organizmida ijobiy ta’sir etishini 
uqtiradi. Olim ayniqsa e’tiborni ekologik jihatdan toza suvga va uning hayotbaxsh 
xususiyatlarini ochib berishga qaratdi. 
“Tibbiyot ilmi qonunlari” kitobining 5 jildida suvning sifatini baholab, juda 
ko‘p ko‘rsatkichlariga ahamiyat berishni ta’kidlaydi. Suv oziqiy moddalarni 
oshqozon – ichak orqali hazm bo‘lishiga olib boradi, ya’ni oziq moddalarni tanaga 
singishi suv orqali amalga oshishini ko‘rsatib berdi, demak, u suvning organizm 
uchun katta fiziologik ahamiyatga ega ekanligini aniq ifodalaydi. 


49 
Ibn Sino quyosh nuri suv sifatiga ijobiy ta’sir etib uni tozalaydi, ariq suvlari 
yaxshi ekanligini, suvning oqish yo‘nalishi quyosh nuriga qarshi oqsa, suvning 
tozaroq bo‘lishini oldindan aytib o‘tdi. Bu fikr ilmiy va amaliy jihatdan to‘g‘ri 
hisoblanadi. Alloma o‘sha davrda muhim bir fikrni o‘rtaga tashlab ichimlik 
suvining sifatini aniqlashda suvni tarozida tortib ko‘rishni tavsiya qiladi. Yengil 
suv og‘ir suvga qaraganda toza bo‘lishini amaliyotda ko‘rsatadi, hatto toza suvni 
aniqlash uslubini ham tavsiya etadi. Jumladan, 2 xil suv paxta tolasidan (filtrdan) 
o‘tkaziladi, so‘ngra paxta quritiladi va ikkalasining miqdoriy farqi aniqlangach, 
qaysi namunadagi paxta yengil bo‘lsa, undan o‘tgan suv sifatli bo‘ladi, deydi. 
Suvning sifatini yaxshilashning eng asosiy uslubi bu uni qaynatib, so‘ng iste’mol 
qilishdir, qaynatilmagan suv kasallik chaqirishini oldindan aytib beradi, ya’ni bu 
bilan suvdagi mikroblarning kasallik chaqirishini isbotlab beradi. Shuningdek, 
olim ko‘p e’tiborni turib qolgan botqoqlik suvlariga qaratadi, unday suvlarni 
iste’mol qilish lixoradka (bezgak) kasalini keltirib chiqarishini aytadi. Bundan 
tashqari temirli, oltingugurtli suvlarni davolaydigan xususiyatlari haqida ham aniq 
fikrlar yuritdi. Bu fikrlar hozirgi bolneoterapiyaga yo‘l ochib berdi. 
Ibn Sino atrof-muhit omillari (tuproq, suv, havo) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik 
borligi to‘g‘risida so‘z yuritib, ular o‘z navbatida insonlar bilan, iqlim bilan 
bog‘liq deydi. Shu sababli u o‘sha omillar inson salomatligiga ta’sir qilishi 
natijasida yuzaga chiqaruvchi o‘zaro “ekologik g‘oyani” ilgari suradi. Bu g‘oyalar 
hozirgi kunda rivoj topmoqda. Ya’ni tirik mavjudotlar biosfera bilan o‘zaro 
bog‘liq, ularning bir-biriga ta’sirlari ham borki natijada biosferadagi bo‘layotgan 
sifatiy o‘zgarishlarning organizmga salbiy ta’siri hozirgi vaqtda ko‘rinib qoldi. 
Ibn Sino suvning kasal qo‘zg‘atuvchi viruslar bilan ifloslanishidan sariq 
kasalligi, ichterlama va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini fanga ma’lum 
qilgan. Ibn Sino o‘z asarlarida fizikaviy omillarga katta ahamiyat berib, har faslda 
bunday omillar sifati o‘zgarishlarning inson sog‘ligiga ta’sir etishini ham 
o‘rgandi. Ibn Sinoning ekologiya haqidagi fikr va g‘oyalari u yaratgan daryodan 
bir tomchidek bo‘lsa ham, o‘z qimmati va salohiyati bilan ekologiya fani uchun 
qo‘shilgan katta hissasi deb qarash mumkin. Ibn Sino o‘zining boy va serqirra
ilmiy merosi bilan keyingi Sharq va G‘arb madaniyatining rivojlanishiga katta 
ta’sir ko‘rsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, 
Jaloliddin Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abduqodir Bedil 
va boshqa mutafakkirlari va olimlari o‘z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy 
g‘oyalarini davom ettiradilar. Yevropada allomaning asarlari XII asrdan boshlab 
lotin tiliga tarjima qilinib, universitetlarda o‘qitila boshlandi.
Olimning ilmiy ishlarini o‘rganish ishlari hozirgi davrga kelib jadal tus oldi va 
chet elda hamda Respublikamizda ilmiy yo‘nalish – sinoshunoslik yo‘nalishi
vujudga keldi. O‘zbekiston hududlarida o‘tgan «Buyuk ipak yo‘li» nafaqat savdo 


50 
va madaniy aloqalarni kengaytirishda, balki, geografik bilimlarni ham to‘plashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta asr arab yozuvi asosida geograf va tarixchilar 
Turkiston hududi geografiyasiga doir ko‘pgina geografik ma’lumotlar yozib 
qoldirganlar. Ayniqsa, Istaxriy, Batuta, Ibn Rusta, Ibn Hardorbek, Ibn Xavkal va 
boshqa ko‘pgina sayyohlarning yozib qoldirgan ishlarida geografik ma’lumotlar 
anchagina uchraydi. Ayniqsa, geografiyaga oid qimmatli ma’lumotlar Mahmud 
Koshg‘ariy (XI asr)ning «Devonu lug‘atit turk» (“Turkiy so‘zlar lug‘ati”) asarida 
ko‘plab uchraydi. U nafaqat til, balki, geografiya bilan chuqur shug‘ullangan. 
Koshg‘ariy Rimdan Xitoygacha bo‘lgan hududlardagi tillar, mamlakatlar, 
shaharlar, cho‘llar, tog‘lar, daryolar, ko‘llar va boshqa obyektlarning nomlari bilan 
qiziqqan. Yozilmay qolgan geografik nomlarga izoh berib o‘tgan. U o‘z asariga 
dunyo kartasini ham ilova etgan. Koshg‘ariyning bu kartasi o‘sha davrning eng 
mukammal kartasi hisoblangan. Asar va karta “Buyuk ipak yo‘li”dagi hududlarda 
savdo-sotiq ishlarini avj oldirishda ko‘p yillar xizmat qilgan. 
Hozirgi vaqtda xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan «Buyuk ipak 
yo‘li»ning qayta tiklanishi, Samarqandda “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm 
universitetining faoliyat ko‘rsayotganligi, turkiy xalqlarning o‘zaro hamkorliklarni 
yanada rivojlantirishdagi sa’yi-harakatlari «Devoni lug‘ati turk» asarining nufuzini 
yanada oshirdi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin