Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048 yillar)
edi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot
(hozirgi Beruniy) shahrida tug‘ilgan.
Buyuk qomusiy olim, tabiatshunos-
geograf,
o‘z
zamonasining
hamma
fanlarini, birinchi navbatda falakiyot
(astronomiya),
fizika,
matematika,
geologiya,
geodeziya,
mineralogiya,
biologiya,
kimyo,
tilshunoslik,
tarix,
mamlakatshunoslik va boshqa fanlarni
egallagan
siymodir.
O‘z
davrining
mashhur olimi, astronom va matematik
Abu Nasr Ibn Iroq Mansur esa unga
ustozlik qilgan. Beruniy Jurjon shahrida
«Al-osor al boqiyaan al-kurun al xoliya»
(O‘tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar)
nomli o‘lmas asarini yaratadi. Asarda yunonlar, eroniylar, arablar, sug‘diyonlar,
xorazmliklarning kalendar tizimini mufassal yoritadi va ularni qiyoslaydi. Asar
«Kun va tun ekanligi haqida so‘z», «Oy va yillarning mohiyati», «Oyning
manzillari haqida so‘z», degan boblardan tashkil topgan.
Ushbu asar alloma tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan 1968 yilda
o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashrdan chiqqan. Beruniyning «Hindiston» nomli
yirik asari (“Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarni aniqlash
kitobi”) 1030 yilda yozilgan bo‘lib, asar G‘arb va Sharq olimlari tomonidan
yuqori baholangan. Asarda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fanlar, geografiya,
etnografiya, qonunshunoslik va urf-odatlar, din, hind yozuvining turlari kabi
masalalar yoritilgan. U dunyoda birinchi bo‘lib yer shari shakli, eni 5 metr
keladigan globusni yasaydi. Lekin u yasagan asbob bizgacha yetib kelmagan va
uning qismlari saqlanmagan. Vatandoshimiz Beruniyning globus yaratganiga ham
1000 yil to‘ldi. Beruniy yaratgan asarlarning aksariyatida geografik bilimlar keng
o‘rin egallaydi, jumladan u O‘rta Sharq olimlari orasida birinchi bo‘lib Yerning
shar shaklida ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi degan g‘oyani
ilgari surgan. Bu Beruniyning geografiya fanida o‘tmishdoshlarning yutuqlarini
to‘la egallaganligini ko‘rsatib qolmasdan unga juda ko‘p yangiliklar
qo‘shganligidan dalolat beradi.
42
Beruniyning «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar» asarida
geografik bilimlar keng o‘rin egallaydi. Asarning ayrim boblari kenglik va
uzoqliklarga, joylarni iqlimiga qarab bilish va hokazolarga bag‘ishlangan.
Beruniyning yer sathidan dengizlarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi nazariyasi
uning dunyoqarashi nihoyatda keng ekanligini ko‘rsatadi. U o‘zining bu asarida
o‘zidan oldin o‘tgan geograflarning ma’lumotlarini o‘zi to‘plagan ma’lumotlar
bilan to‘ldiradi. Beruniy o‘zining geografik tadqiqotlarida o‘sha zamon sayyohlari
ma’lumotlaridan keng foydalangan.
Ayniqsa, bu borada minerallar, tog‘ jinslari, viloyatlarining uzoqligi,
kengliklarini aniqlashda savdogar va sayyohlardan eshitgan materiallardan unumli
foydalangan. Adabiyotlardan yaxshi xabardor bo‘lish va sayyohlar bilan yaqin
aloqada bo‘lganligi tufayli u Boltiqbo‘ylari, Oq dengiz, Sharqiy Yevropa kabi uzoq
va kam o‘rganilgan mintaqalar haqida ham ko‘pgina tasavvurga ega bo‘lgan.
Beruniyga ekvatorning janubidagi hududlar ham ma’lum edi. Bu to‘g‘rida u
«Bizda yoz bo‘lgan paytda u yerda qish bo‘ladi» deb yozadi. U Shimoliy hududlar
haqida ham ma’lumot bergan.
Beruniyning «Yerda dengizlarning taqsimlanish nazariyasi» O‘rta asr
geograflari o‘rtasida munosib o‘rin egallagan edi. O‘sha davr geograflari ham
dengizlar taqsimlanishi haqida ko‘p fikrlar aytganlar, ammo o‘z davri uchun
nisbatan mukammal va puxtaligi bilan Beruniy nazariyasi ekanligini 200 yil keyin
yashagan arab geografi Yoqut alohida uqtirgan edi. «Munajjimlik san’atidan
boshlang‘ich tushunchalar»dan tashqari Beruniy tasviriy geografiyaning masalalari
bilan ham o‘zining boshqa asarlarida ko‘proq to‘xtaladi.
Bu asarlarning deyarli ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan. Jumladan, uning
mashhur «Iqlimlarning bo‘linishi» asarining faqat nomigina ma’lum. Alloma
o‘zining «Hindiston» asarida geografiyaga oid juda boy meros qoldirgan. U bu
43
asarida okean, uning sohillari, davlatlarning katta-kichikligi haqida qimmatli
ma’lumotlar yozib qoldirgan. Asarda Hindiston daryolari alohida bob qilib
berilgan. Unda hind daryolarining boshlanishi, rejimi haqida ham anchagina
geografik ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy bu asarida hindlarning geografiya
sohasidagi mavjud bilimlarini ham umumlashtirishga harakat qiladi.
Beruniyning bizning zamonamizgacha yetib kelgan geografik asarlaridan
eng muhimi «Turar joylar orasidagi masofalarni tekshirish uchun joylarning oxirgi
chegaralarini aniqlash haqida» nomlar asarini yaratdi. Bu asar 1025-yilda yozilgan.
Beruniy mazkur asarida yer yuzining odamlar yashaydigan qismlarini iqlimga
bo‘ladi. Ayniqsa, uzoq viloyatlar haqida juda ko‘p ma’lumotlar qidiradi. U bu
asarida yettinchi iqlimning qarshi tomonidagi mamlakatlar aholisi iqlimi haqida
so‘z yuritadi. Bu yerdagi odamlar qishda chanalarda, chang‘ilarda yurishini izohlab
shunday deb yozadi: «Kishilar bu yerga valakushalar- chanalar bilan keladilar,
ularga oziq-ovqatlar ortib qorlar ustidan yurib boradilar yoki ularni itlar tortadilar.
Ikkinchi yurish vositasini suyaklardan yasaydilar va oyoqlarga bog‘lab qisqa vaqt
ichida uzoq masofalarni bosib o‘tadilar» deydi.
Beruniy «Al-Qonun va Al-Mas’ud» asarida geografiyaga oid ma’lumotlarni
keltiradi. U bu asarida Hindiston, O‘rta Osiyoning, Xitoy, Tibet bilan bo‘lgan
chegaralarni u yerda yashovchi aholini ta’riflaydi. Metrologiya va iqlimshunoslik
fani o‘tilayotgan ko‘pgina masalalarni ham Beruniyning qator asarlarida uchratish
mumkin. Allomaning g‘arbiy qit’aning mavjudligi haqidagi bashorati alohida
diqqatga sazovordir. Uning bu aytgan fikrlariga asoslanib, Beruniyni Amerika
qit’asini kashfiyotchisi deya olishimizga bemalol asos bor. Beruniy
geografiyaning matematik masalalari bilan ham juda mukammal shug‘ullanadi. U
bu soha bo‘yicha o‘nlab risolalar yozadi. Afsus, ularning aksariyati bizgacha yetib
kelmagan. Beruniyning matematika, geografiya fanlari bo‘yicha eng qiziqqan
masalalaridan biri geografik obyektlarning kenglik va uzoqligini aniqlash metodini
ishlab chiqish va takomillashtirish edi. Geografik koordinatalarni aniqlash
metodlari Beruniygacha ham mavjud edi.
Beruniy o‘z zamondoshlari va o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning geografik
kenglik va uzoqliklarni aniqlashdagi turli metodlarni bir-biriga taqqoslaydi.
Ularning aniqlik darajasini belgilaydi. Boshqalarning bu boradagi ishlariga
tanqidiy yondashib, ularga o‘z fikrini yozib qoldirgan.
Beruniy «Al-Qonun» «Al-Mas’ud» asarlarida ham yer yuzidagi ko‘pgina
geografik obyektlarning kenglik, uzunliklarini va ularning jadvallarini keltiradi.
Beruniyning kuzatishlari va o‘lchash ishlari juda aniqlik bilan bajarilgan. Xususan
geografik koordinatalari borasidagi ishlari hozirgi zamondagidan juda oz farq
qiladi. Ammo uning bu borada o‘lchash ishlari o‘rta asr olimlari natijalaridan bir
44
muncha aniqligi bilan ajralib turadi. Bu borada Beruniyning tarixda birinchi bo‘lib
ko‘pgina geografik kenglik va uzoqliklarni 15
0
0 gacha aniqlikda hisobladi.
Beruniy o‘z tadqiqotlarida grek olimi Ptolemey asarlarida sayyoh va
savdogarlar materiallaridan foydalanganliklarini e’tirof etadi. Ammo ularning
aksariyatlaridan taqqoslash maqsadida foydalanadi, o‘zi ko‘proq kuzatuv ishlari
olib boradi.
Bu Beruniyga joylarning kenglik va uzoqliklarini aniqlashda yangi original
metodlar ishlab chiqishga imkon yaratadi. Tadqiqotchilar va olimlar kenglikni
aniqlash uchun XV asrda Tixo Brago qo‘llagan metod va formulalar Beruniy
tomonidan yaratilganligi uning «Al-Qonun, Al-Mas’ud» asarida batafsil
yoritilganligini e’tirof qiladi.
Beruniy Buxoro shahrining kengligini 39
0
46ʹ deb o‘lchaydi. Buxoroning
hozirgi aniqliq bilan o‘lchangan kengligi 39
0
20ʹ ya’ni xatolik 26 minutga teng.
Boshqa obyektlar va qo‘rg‘onlar haqidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday
xatoliklar bilan farq qiladi.
Beruniy yer kattaligini bir necha bor o‘lchab ko‘radi. Tekshirish ishlarining
ko‘p qismini Hindistonda olib boradi va bu borada yangi metod ishlab chiqadi. Bu
metod «Yer o‘lchami tog‘ tepasidan ko‘rinadigan pastlik gorizontni kuzatish yo‘li
bilan aniqlash haqida» asarlarida bayon etilgan. Afsus asar bizgacha yetib
kelmagan. Yer aylanasi uzunligi o‘lchash uchun qanday joy tanlangani haqida u
shunday deb yozadi: «Bu maqsad uchun men Hindistonda keng tekislik ustidagi
baland tog‘ni tanladim, tekislik sathi dengiz sathidan ham tekisroq edi».
Beruniy yer sathi hajmini hisoblab, meridian yoyi uzunligini 1 gradusi 111,6
km (111,1 hozirgi) teng ekanligini o‘lchaydi. To‘g‘ri, Beruniy o‘z o‘lchash
ishlarini «Farsang birligi» bilan bajaradi. Beruniyning bu metodlari keyingi
davrlarda unitilib ketdi. Faqat Yevropada XVI asrda uning o‘lchash ishlari
qaytadan kashf etildi.
Beruniy o‘zining «Burjlar va mamlakatlar proeksiyasi» haqida degan asarida
kartagrafik proeksiyalar haqida qator tadqiqotlar qiladi. Hozirgi zamon olimlari
uning ba’zi proeksiyalarini hozir ham amaliy ahamiyatini yo‘qotmaganligini
ta’kidlashadi. Alloma biologiya, mineralogiya sohalarida ham buyuk kashfiyotlar
qiladi va ularni o‘lmas asarlarida yozib qoldirgan.
U 1048-yilda yozib tamomlagan «Qimmat baho toshlarni bilib olish bo‘yicha
ma’lumotlar» kitobi uning mineralogiya sohasiga oid eng buyuk va eng so‘nggi
asari sanaladi. Asarning arabcha matni 1937-yilda Hindistonda nashr etildi. Bu
kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, 1. Mineralogiyaga, 2. Metallarga bag‘ishlangan.
Beruniy mineralogiya va fizika fanlari tarixida birinchi bo‘lib minerallarning
solishtirma og‘irligini aniq o‘lchaydi va bu borada maxsus asbob ham yasagan.
45
Olim aniqlagan solishtirma og‘irliklar hozirgi zamon fani qo‘llanilayotgan
ma’lumotlardan deyarli farq qilmaydi.
Beruniy O‘rta Osiyo foydali qazilmalari haqida ham muhim tadqiqotlar
qilgan. U Farg‘onada tabiiy gaz, neft va boshqa jinslar, Zarafshon daryosining
boshlanishi qismida esa temir, simob olish texnologiyasiga ham to‘xtaladi.
Beruniy gidrologiya sohasida ham ko‘pgina ishlar olib bordi. U Amudaryo
o‘zanining o‘zgarishi, Orol dengizining paydo bo‘lishi nazariyalarini yaratish
bo‘yicha ham shug‘ullanadi. Uning qadimiy sug‘oriladigan hududlarning rejimi,
buloqlarning paydo bo‘lishi haqidagi tadqiqotlari geografiya fani sohasiga
qo‘shgan katta yutuq hisoblanadi.
Buyuk olim qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan sohalarini
sanab chiqish osonroq. Uning ilmiy merosi 152 ta kitob va risolalardan iborat.
Afsuski, hozirgi kunda olimning 38 ta asari ma’lum. Beruniyshunos olim va
tadqiqotchilar tomonidan uning ilmiy merosini o‘rganish davom etmoqda.
Jahon madaniyati va taraqqiyotiga
munosib hissa qo‘shgan o‘rta osiyolik buyuk
qomusiy olim
Dostları ilə paylaş: |