Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149


Nazorat savollari 
1.Geografiya ta’limi metodikasi – fan sifatida nimani tadqiq qiladi?
2.O‘qitish maqsadi deganda nimani tushunasiz? 
3.Tabiiy geografiya va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyani o‘qitish maqsadlari 
nimalardan iborat? 
4.Geografiyaning ta’limiy maqsadlari nimaga qaratilgan? 
5.Geografiyaning tarbiyaviy maqsadlarini yoriting? 


34 
6.Geografiya ta’limi bilan aloqador bo‘lgan fanlarning qaysi birini yetakchi fan 
deb hisoblaysiz?
7.Geografiyada bilish faoliyatini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz? 
8.Geografik ehtiyojlar nimalarda namoyon bo‘ladi? 
9.Zamonaviy geografiya o‘qituvchisi qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
10. Geografiya o‘qituvchisining kompetensiyasi va kompetentligi nima uchun 
zarur bo‘lmoqda

 
 


35 
II-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASI
FANI TARIXI 
2.1. O‘zbekistonda geografiya ta’limining shakllanishi va rivojlanish 
bosqichlari 
O‘zbekiston o‘tmishda jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan 
Muhammad al Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Bobur, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi qomusiy olimlarni yetishtirib 
chiqargan Vatan hisoblanadi. Xususan, geografiya fanining o‘lkamizdagi dastlabki 
kurtaklari hozirgi paytda tarixchi olimlarimiz tomonidan yozma manbalarga 
asoslangan holda xolisona yoritilmoqda, chunki ajdodlarimiz tomonidan 
qoldirilgan bebaho geografik merosdan yaqin-yaqinlargacha to‘la bahramand bo‘la 
olmadik. 
Geografiya o‘qitish metodikasi fani uzoq shakllanish tarixiga ega. Chunki bu 
fan bevosita geografik bilimlar, faktlarning to‘planishi bilan bog‘liq. Moboda 
geografiya mavjud bo‘lmaganda edi, bu fan ham umuman shakllanmagan bo‘lar 
edi, deyishimizga asos bor. Geografik bilimlar ijtimoiy jamoa tuzumi sharoitida, 
bir formatsiyadan boshqa formatsiyalarga o‘tish jarayonlarida shakllandi va 
taraqqiy etdi. Arxeologlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy odamlar tosh 
davrida o‘zlari yashab turgan uylari atrofini o‘rganishlari zarur bo‘lgan. Chunki, 
ular yashash uchun oziq-ovqat va boshqa moddiy boyliklarni faqat atrof-muhitdan 
yig‘ib-terib olishgan. Geografiyani juda qadim zamonlardoyoq kundalik inson 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan, desak xato qilmaymiz.
O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi V asr boshlarida Xorazmda Ma’mun –
Akademiyasi (Donolar uyi) tashkil qilinib, unda olimlar tomonidan o‘lka 
to‘g‘risidagi dastlabki geografik ma’lumotlar to‘plangan. Turon zaminida quldorlik 
tuzumining dastlabki bosqichlarida yashagan xalqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, 
an’ana, rasm-rusumlari, urf-odatlari hamda diniy e’tiqodlari to‘g‘risidagi dastlabki 
yozma geografik ma’lumot beruvchi asar “Avesto” hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Bu nodir 
kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida mana shu zaminda 
umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy 
merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadimgi o‘lkada buyuk davlat, buyuk 
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, 
uni hech kim inkor etolmaydi” (1).
Zardo‘shtiylik ta’limotining asosi hisoblangan “Avesto” kitobida o‘sha davr 
geografiyasiga doir, ya’ni O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon kabi hududlarning 


36 
geografik sharoiti, tabiati va xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
“Avesto”da inson va tabiat uyg‘unligi masalasiga katta urg‘u berilgan bo‘lib, unda 
tog‘-u toshlar, daryoyu ko‘llar, ob-havosiyu tuprog‘-u o‘simlik, hayvon-u 
parrandalar olami kabilar o‘z ifodasini topgan. “Avesto”da shahar va qishloqlarni 
obod qilish, bog‘-rog‘larni, yaylovlarni ko‘paytirish, insonlar hayotini yaxshilash, 
oilani mustahkamlash, bolalarni tabiat bag‘rida o‘stirish kabi aqidalar yoritilgan. 
Misol tariqasida, buni biz Zardo‘shtning Axura Mazda bilan savol-javobida 
ko‘rishimiz mumkin. Zardo‘sht so‘radi: “Ey jismoniy olam parvardigori Axura 
Mazda, rosti bilan menga aytchi, yer yuzining ko‘rki va shodligi bo‘lmish o‘sha 
makon qayerda?”. Axura Mazda aytdi: “U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim 
o‘zlariga makon, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qo‘ralar qurib, oilali, 
bola-chaqali, kuchli qurolli bo‘ladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar 
ko‘payadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar ko‘payadi, oila bunyod bo‘ladi, turli-
tuman nozu ne’matlar serob bo‘ladi”. Sharq allomasi Zardo‘sht tarixiy shaxs 
hisoblanib eramizgacha bo‘lgan (589 – 512 yillar) Xorazmda tug‘ilgan bo‘lib, Balx 
shahrida 77 yoshida ibodat paytida ko‘p xudolik vakili tomonidan chavaqlab 
o‘ldirilgan. G‘arb mutafakkiri Suqrot esa miloddan avval (469-399 yillar) Afina 
shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 70 yoshida demokratiya dushmanlari tomonidan zahar 
ichkizib o‘ldirilgan. Suqrotning geografik ta’limoti shundaki, u shogirdlari bilan 
tabiatda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni bahs orqali, suhbat (savol-javob) 
yo‘li bilan bilish, anglash mumkin degan g‘oyani olg‘a surgan. U tavsiya etgan bu 
usul pedagogika tarixida “Suqrot usuli” degan nomni olgan. Zero, bu usul 
Zardo‘sht tomonidan ilk bor qo‘llanilgan ekan, hozirgi paytda geografiya ta’limida 
bahs - munozara tarzida amalga oshirilayotgan bu usulning asl Vatani hech 
shubhasiz, O‘zbekiston ekanligini anglatadi.
Geografik bilimlar mukammallasha borgani sari o‘z sayohatlar davridagi 
xotiralar, yurishlar paytida oddiy chizmalarda aks ettirilgan obyektlar, to‘plangan 
fakt va materiallar asosida o‘rganilgan joyning geografik kartalari yaratilgan. 
Qadimgi Rim, Misr, O‘rta Osiyo kabi davlat va hududlarda bilimlar birmuncha 
taraqqiy etgan. Ilk bor geografiya nomini fanga kiritgan yunon olimi Eratosfen 
(miloddan avvalgi 276-194-yillar) hisoblanadi. U Iskandariya kutubxonasining 
boshlig‘i bo‘lgan. Eratosfen yozgan ikki tomli «Geografiya» asari tufayli 
«Geografiyaning otasi» degan nomga sazovor bo‘lgan. U matematik, lekin 
geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena)ning 
xaritasini tuzgan. Birinchi bo‘lib fanga yer meridiani yoyi uzunligini hisoblagan 
hamda geografiya ta’limiga “geografiya”, “kenglik”, “uzunlik” tushunchalarini 
kiritgan. Mashhur geograf va tarixchi yunon olimi Strabon (miloddan avvalgi 64 – 
milodiy 23 yillar yashagan Yunoniston, Kichik Osiyo, Italiya va Misr bo‘ylab 
sayohat qilgan. Antik davr geografik bilimlari yakuni bo‘lgan «Geografiya» 


37 
(miloddan avvalgi taxminan 7 yilda 17 kitobdan iborat) asarning muallifi 
hisoblanadi. Unda mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar yaqqol o‘z ifodasini 
topgan. Eng muhimi antik davr olimlarining yer to‘g‘risidagi tasavvurlarini 
umumlashtirib bergan. Strabonning “Geografiya” asarida qadimgi O‘rta Osiyo 
geografiyasi, unda yashagan qabilalar (saklar, parfyanlar, baqtriyaliklar, dahlar va 
boshqalar) va ularning turmush sharoiti, urf-odati, tili, ayniqsa, “Buyuk ipak yo‘li” 
o‘tgan joylar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Milodiy II – asrning mashhur 
astronom va geograflardan biri Klavdiy Ptolemey (tug‘ilgan yili noma’lum – 170 
yilda vafot etgan) – yunon olimi Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan 
hamda 8 jilddan iborat «Geografiya» nomli asarini yaratgan. Ayniqsa, Ptolemey 
tomonidan tuzilgan geografik kartalar oldingilardan birmuncha mukammal 
bo‘lgan. Unda O‘rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Ko‘lob, Zomin, Shosh, Forob, 
Farg‘ona kabi shahar va viloyatlarning geografik koordinatalari keltirilgan. U 
yaratgan kartalardan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan. Buni 
Beruniyning “Qonuniy Ma’sudiy” asarida keltirilgan ma’lumotlar ham 
tasdiqlaydi. Ayniqsa, O‘rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al - Xorazmiy, 
Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug‘beklarning geografiya ta’limi sohasidagi 
tadqiqotlari diqqatga sazovordir. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin