60
Vareniy (1650-1662) (Varenius ham deyishgan) «Umumiy geografiya» kitobi
bilan shuhrat qozongan. Kitobda yer bilimlariga oid geografik bilimlar ancha
mukammal berilgan edi. Maktab geografiyasini fan sifatida paydo bo‘lishini XVII
asr desak xato qilmagan bo‘lamiz. Faqat shu davrlardan boshlab geografiya o‘quv
predmetlari safidan o‘rin ola boshladi. Hatto, buyuk
geografik kashfiyotlardan
keyin ham maktablarda geografiya deyarli o‘qitilmagan. Birinchi geografiya
darsliklari qatoriga M.Neander (1525-1595) kitoblarini aytsa bo‘ladi. Uning
asarlarida mamlakatning o‘tmishi qiziqarli ravishda bayon etilgan. Lekin unda
tarixiy
ma’lumotlar
(bilimlar)
ko‘proq
berilgan.
Uning
fikricha,
mamlakatshunoslikning mazmuni har bir mamlakatdagi qiziqarli narsa va
voqealarni aytib berishdan iborat bo‘lishi kerak. Qisqacha qilib aytganda uning
mamlakatlarni tasvirlashi ko‘proq sarguzashtlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Mashhur
chex pedagogi Yan Amos Komenskiyni (1592-1670) o‘qitish metodikalarining
asoschisi deyish mumkin. Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika»
nomli asarida
geografiyaning mazmuni va o‘qitish metodlari haqida yaxshigina g‘oya va fikrlarni
ilgari surgan.
U geografiyani quyi maktablardan to akademiyalargacha (oliy ma’lumot
olish) bo‘lgan barcha bo‘g‘inlarda o‘qitilishi shart deb hisoblagan. Komenskiy
bolaning beshigi va onasi turgan uy uning geografik ma’lumot oluvchi manbai
bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. U ta’limda sinf - dars tizimini birinchi bo‘lib
qo‘llaydi. U geografiya o‘qitishni oddiydan - murakkabga, yaqindan-uzoqqa,
xususiydan-umumiylikka tamoyili asosida o‘qitish va rejalashtirishni targ‘ib qiladi.
O‘qitishda ko‘rgazmali, ayniqsa, rasm va kartalardan foydalanish zarurligini qayta-
qayta o‘qtirgan. U ko‘rgazmalardan iborat yil fasllarini aks ettiruvchi rasmlar
to‘plamini tuzgan. Ulardan foydalanishning dastlabki metodikasini ham yaratgan.
O‘sha davrda undan geografiya o‘qitishda ham unumli foydalanilgan. Darslarda
gazeta materiallaridan foydalanishga katta e’tibor bergan.
Shvesariyalik pedagog
Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827)ning pedagogika va didaktika asarlarida
geografiya o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina amaliy masalalar yoritilgan.
Uning maktabida geografiya ancha ma’lumotlarga boy qilib o‘qitilgan. Ammo
uning yangiliklari geografiyada yangi davr ocha olmagan.
XVIII asrda Rossiyada Pyotr I homiyligida geografiya o‘qitila boshlagan
birinchi o‘quv yurti 1701 yilda ochilgan Moskva “Matematika va navigatsiya
fanlari” maktabi bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tgandan so‘ng Rossiyaning birinchi
umumiy ta’lim maktabi – Glyuk gimnaziyasida ham geografiya o‘qitila boshlandi.
Ammo bu davrdagi geografiya darsliklari talabga javob bermas edi. Avvalo
ularning hajmi juda katta 400-650 betni tashkil qilgan. Kitob tili ancha og‘ir bo‘lib
unda xorijiy atamalar ko‘p uchragan.
61
Rossiya
Fanlar
Akademiyasi
huzurida
tashkil
etilgan
Geografiya
departamentiga 1757 yildan rahbarlik qilgan M.V.Lomonosovning geografiya fani
taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. U birinchi bo‘lib geografiyaning mazmunini
ta’riflab bergan: “Inson uchun, o‘zining ortiqcha mollarini sotish uchun, dengizda
xavfsiz suzish uchun, turli davlatlarga sayohat qiluvchilar uchun joylarning o‘rnini,
daryolarning oqimini, shaharlar oralig‘idagi masofalarni, har xil yerlarning naqadar
katta, boy va yaqin-uzoqligini, turli xalqlarning xulq-atvorini, odati va hukumatini
bilishdan zarur narsa yo‘qdir, bularning
hammasini bepoyon olamlarni
o‘rganadigan geografiya ko‘rsatib beradi” (M.V.Lomonosov, soch., t-4, SPb,1898,
267-s. Uning tashabbusi bilan davlatning turli joylariga doir statistik ma’lumotlar
yig‘iladi, geografik kartalar tuziladi, mamlakat geografiyasiga doir materiallar
yig‘ish uchun ekspeditsiyalar uyushtiriladi. Mashhur rus yozuvchisi N.V.Gogol
maktabda geografiya o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan. U “bolalar uchun
geografiyadan go‘zalroq boshqa qanday fan bo‘lishi mumkin?”, - degan savolni
o‘rtaga tashlagan, keyinchalik: “O‘qituvchi so‘zining har bir bo‘g‘ini qiziqarli,
chiroyli bo‘lishi kerak.
Diqqatga sazovor barcha joylar, katta tabiiy hodisalar
yorqin ranglar bilan ifodalanishi lozim. Xayolga kuchli ta’sir etgan narsa esdan
tezda chiqib ketmaydi”. “Kichik yoshdagi o‘quvchilar, - deb yozgan edi Gogol, -
butun dunyoning buyuk ocherkinigina bilib olishlari kerakki, bu ocherk butun
e’tiborni uyg‘ota olsin, geografik dunyoning butun bepoyonligini ko‘rsatib bersin.
Kattaroq yoshdagi bolalarga dunyoni kengroq tushuntirish lozim. Ular go‘yo ko‘z
bilan ko‘rgan predmetlarni mikroskopda qaraganday bo‘lsinlar. Ana shundagina
o‘quvchilar barcha istisnolarni ham va nafis xususiyatlarni ham tushunib oladilar”,
degan g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z aktualligini yo‘qotgan emas. (N.V.Gogol,
Mыsli o geografii. Sochineniya, t-8, 1952. 99, 105 betlar).
Rossiyada geografiya
ta’limi metodikasini rivojlantirishda atoqli rus pedagogi Konstantin Dmitrievich
Ushinskiy (1824 – 1870 yillar)ning xizmatlari katta. U geografiyani maktabdagi
asosiy o‘quv predmetlaridan biri bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surgan. U
xorijda to‘plagan tajribalari asosida geografiyani o‘rganishni o‘z joyini, ya’ni
o‘lkasini o‘rganishdan boshlashni tavsiya etgan. K.D.Ushinskiyning taklifiga
ko‘ra, shogirdi D.D.Semenov tomonidan 1864 yilda nashr etilgan
“Vatanshunoslik” (“Otechestvovedenie”) o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan
birinchi xrestomatiya edi. Uning “O‘qituvchilar uchun pedagogik mulohazalar”
kitobida esa, Vatanni o‘rganish yo‘l-yo‘riqlari asoslanib berilgan.
Dostları ilə paylaş: