IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI KITOB TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI
Aniq fanlar metodbirlashma
Umumiy o'rta ta'lim maktabining Metodbirlashmalari to'g'risidagiNizom 1-bob. Umumiy qoidalar l.Mazkur Nizom umumiy o'rta ta'lim maktablarining metodika birlashmalari (keyingi o'rinlarda - metodbirlashma deb yuritiladi) maqsadi, asosiy vazifalari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Metodbirlashma - bu umumiy o'rta ta'lim maktablari (keyingi o'rinlarda-umumta'lim maktabi deb yuritiladi)da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo'g'ini hisoblanib, o'qituvchilarga metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta'lim-tarbiya jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
Metodbirlashma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek umumta'lim maktabining ustavi va ushbu Nizomga amal qiladi.
Mazkur Nizom talablari barcha davlat umumta'lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari 5. Metodbirlashmaning maqsadi o'quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash,
fan o'qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o'quv fanlarini o'qitish
uslublarini takomillashtirish va o'qitish sifatini oshirishiga ko'maklashishdan iborat.
6. Metod birlashmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o'qituvchilarga fanlarni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv
jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi;
o'qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o'qitish metodlarini izlab topishga ko'maklashadi;
ta'lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagogik xodimlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, shuningdek ish tajribalarini ommalashtirish bo'yicha tavsiyalar beradi;
o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini muhokamadan o'tkazib ma'qullaydi;
o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;
o'qituvchilarning darsini tahlil qiladi va ularga zamonaviy dars o'tish usullarini tavsiya etadi;
o'qituvchilarga dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi;
o'qituvchilarga sinfdan tashqari va to'garak ishlarini tashkil etishga ko'maklashadi;
yosh o'qituvchilarga murabbiy biriktiradi va muntazam metodik yordam uyushtirib boradi;
o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv-metodik qo'llanmalar va didaktik materiallarni muhokamadan o'tkazadi;
umumta'lim maktabi miqyosida fan olimpiadalarining maktab bosqichlarini, ko'rik-tanlovlarni o'tkazadi;*
tashqi va ichki nazorat natijalariga ko'ra, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
o'qitish metodlarini o'rganish maqsadida ochiq darslar tashkil qiladi;
fan o'qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma'naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qiladi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida yig'ilishlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, ochiq darslar kabi tadbirlarni tashkil etadi.