Qishloq xo‘jaligida menejment jarayonining mazmuni



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#186712


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Oct. 26
th
2022 
12 
QISHLOQ XO‘JALIGIDA MENEJMENT JARAYONINING MAZMUNI 
Sulaymon Xoliqov O'tkir o'g'li 
Toshkent moliya institute Menejment 
 
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada qishloq xo`jaligida menejment jarayoni va uning mazmuni, menejment 
jarayonining bosqichlari va davrlari haqida so`z yuritiladi
 
 
KALIT SO`ZLAR: 
tarqatish va qayta ishlash, operatsiyalar yig'indisi, ishontirish va 
tushuntirish, harakatlar variantlari
 
 
KIRISH 
Qishloq xo'jaligida menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz faoliyatini o'zida aks 
etdiradi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman, menejment jarayonini 
texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtayi 
nazaridan tavsiflash mumkin. Qishloq xo'jaligida menejment jarayonini to'rt qismga ajratish 
mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan bu mahsulot 
yetishtirishni boshqarish, ishlab chiqarishda — bu ishlab chiqarishni tashkil etish, ya’ni 
bo'linma, korxonalar o‘zaro ta’sirini boshqarish, iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi 
va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish, ijtimoiy jihatdan — bu mehnat 
jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir. Menejment jarayonining 
texnologiyasi xodimlar tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
 
ASOSIY QISM 
Qishloq xo‘jaligida menejment jarayonini bir necha davrga bo‘lish mumkin. Jumladan, 
maqsad qo‘yish, axborot faoliyati, tahliliy faoliyat, boshqaruv tizimida tashkiliy amaliy 
faoliyat va harakatlar variantlarini tanlash. Qishloq xo'jaligida menejment jarayonining 
bosqich va davrlari o'rtasidagi bog‘liqlikni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin. 

Menejment jarayoni bosqichlari va davrlari 
m
MAQSAD 
VAZIYAT 
MUAMMO 
QAROR 
Maqsad 
Qo`yish 
Axborot 
Faoliyati 
Tahliliy 
faoliyat 
Harakat 
variantlari
ni tanlash 
Tashkiliy 
amaliy 
faoliyat 


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Oct. 26
th
2022 
13 
Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo‘lib, ular 
tartibi va birikishi natijasida menejment jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat 
uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular asosida tadbirlar ishlab chiqish 
hamda ularni menejment jarayoniga tatbiq qilish lozim. Menejment jarayonini amalga oshirish 
vositalariga, avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi 
axborot bilan ishlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati ishida keng qo‘llaniladigan texnika 
vositalari ham shular jumlasiga kiradi. Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va 
an’anaviy tashkiliy texnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari 
axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyati axborot yig‘ish, saqlash, 
tarqatish va qayta ishlash, tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlab chiqishdan iborat; tashkiliy 
faoliyatga-tushuntirish, ishontirish, rag'batlantirish va vazifalami taqsimlash usullari, 
faoliyatni nazorat qilish va hisob-kitoblar kiradi. Korxonada menejer uchun tashkil etish
qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar 
yig'indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi. 
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish uchun birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maqsadli harakat qilishidir. 
Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibiga ko‘ra, uni bir necha bosqichga bo'lish mumkin. 
Bular: maqsad, vaziyat, muammo, qaror qabul qilishdan iboratdir. Har bir ta’sir etishni amalga 
oshirishdan awal uning maqsadi aniqlanishi lozim, chunki boshqaruv ma’lum maqsadga 
erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning keyingi bosqichi menejment jarayonidagi 
vaziyatni tahlil etishdan iborat. U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo'llarini izlash 
yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qihsh bilan bog'liq ishlarni tavsiflaydi.
 
XULOSA 
Muammo bosqichida tizimning hozirgi holati, uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan uning 
qarama-qarshiliklarini aniqlash ko‘zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda 
tashkiliy faoliyatiga o'tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir 
o‘tkaziladi. 
 
ADABIYOTLAR 
1.Qosimov М, Abdusamatov X, lslomov A., Xudoybcrganov N. «O'zbekistonda fermer 
xo'jaligini yuritish asoslari. Qo'llanma. «Voris-nashriyot. 
2.«Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari». «Universitet», 2005. .
3.Husanov R.X. va boshqalar. «Qishloq xo'jaligida sends xizmati muqobil mashina-traktor 
parldarini rivojlantirish muammolari».- Т.: «Yangi asr avlodi».
 
 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin