Peculiarities of pedagogical technology, laws of educational and educational technologies



Yüklə 77,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü77,33 Kb.
#186803
1   2   3   4   5   6   7   8
pedagogik-texnologiyaning-o-ziga-xos-xususiyatlari-ta-lim-va-tarbiya-texnologiyalarining-qonuniyatlari

 
ТАHLIL VA NATIJALAR
Mualliflarning 
“pedagogik 
texnologiya” 
tushunchasini 
yoritishga 
yondashuvlari ham turlicha. Masalan: “Pedagogik texnologiya” tushunchasining 
mohiyati: - ta‟lim jarayoniga topshiriqli yondashuv (T.N.Ballo); - bosqichli o'qitish 
(L.V.Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov)[
Исламгулова С.К. 2003.-С.23.
] - mazmunli 
umumlashma (G.K.Selevko); - barcha jihatlariga ko'ra o‟ziga xos, samarali natijalarni 
qo‟lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog‟liq holda 
ta‟lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining 
muayyan tarmog‟i (P.Mitchel); - texnologik loyihaga asoslangan ta‟lim jarayonini 
tashkil etish usuli (S.K.Islamgulova); - ta‟lim shakllarini takomillashtirish vazifasini 
ko'zlagan o'qitish va b.ni o‟zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson 
omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, 
tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YUNESKO); - 
pedagogik maqsadlarga erishish yo'lida foydalaniladigan barcha 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
169
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
shaxsiy, uskunali va metodologik vositalaming tizimli yig‟indisi va ularning amal 
qilish tartibi (M.V.Klarin); - ta‟lim jarayoniga nisbatan o‟ziga xos yondashuv; - 
ijtimoiy-muhandislik tafakkurining pedagogik ifodasi, texnokratik ongning 
pedagogikaga ko'chirilgan tasviri, ta‟lim jarayonining muayyan standard 
(B.L.Farberman); - didaktik maqsad, talab etilgan o'zlashtirish darajasiga erishish, 
ta‟lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish (U.N.Nishonaliyev); - pedagogning 
o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda 
ta‟sir ko'rsatishi va mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan 
sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov); - muayyan vaziyatlarda pedagogik 
masalalarni yechishning optimal usuli (A.Kushnir); - kutilayotgan natijaga erishish 
jarayonining tavsifi (I.P. Volkov). Rivojlangan mamlakatlar ta‟lim tizimida shaxs 
ijtimoiylashuvini ta‟minlovchi yetakchi omil sifatida ta‟lim jarayoni e‟tirof etilsa, biz 
shaxsning shakllanishida talim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega 
ekanligiga urg‟u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor 
bo'lishi lozim, chunki o'zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy 
munosabatlami tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb 
etishini taminlaydi, axloqli insongina ta‟lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning 
asosiy kategoriyalaridan ham bilimlilik sanaladi, degan g‟oyani ilgari suramiz. 
Shunday ekan, bu o‟rinda “pedagogik texnologiya‟ tushunchasining qo‟llanilishi, 
shuningdek, asosiy e‟tiborni faqat ta‟lim jarayonini samarali tashkil etishgagina 
qaratmay, balki ham ta‟lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta‟minlashga 
birdek qaratish lozimdir. 
“Ta‟lim texnologiyasi” tushunchasi “ta‟lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan 
kengdir. Ta‟lim metodi - o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga 
yo‟naltirilgan pedagog va o'quvchilaming birgalikdagi faoliyati usuli. Ta‟lim 
texnologiyasi - ta‟lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya‟ni, 
avvaldan loyihalashtirilgan ta‟lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich 
amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‟lida muayyan metod, usul va vositalar 
tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta‟lim jarayonini 
yuqori darajada boshqarish sifatida qaralib kelingan. Lug‟aviy jihatdan “ta‟lim 
texnologiyasi” tushunchasi (ing. “An educational technology”) - ta‟lim jarayonini 
yuksak mahorat, san‟at darajasida tashkil etishga doir ma‟lumotlar beruvchi fan
ta‟limot ma‟nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya masalalarini tadqiq etishda ham 
umumiy ilmivpedagogik tadqiqot metodlari faol qo‟llaniladi [
Inovatov U., Mushmov A., 
Usmonbovev M., Inog„omova U. 2012.- B.64-68.]. 
Shuni aytib o'tish 
joizki, ayni vaqtda ta‟lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-



Yüklə 77,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin