Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
172
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ХULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, zamonaviy taraqqiyot o‟tgan asrning
boshlarida jamiyat hayotining barcha sohalarida texnologiyalarning qo‟llanilishiga
zamin yaratdi. Mazkur holat bilan bog‟liq ravishda ta‟lim
muassasalari, aniqrog‟i,
oliy o‟quv yurtlarida “Pedagogik texnologiya” o'quv fanini о‟qitishga bo‟lgan ehtiyoj
yuzaga keldi. Ta‟lim texnologiyasi o‟quv faoliyatini samarali, muvaffaqiyatli tashkil
etishga, ulaming pedagog bilan o‟zaro hamkorlikda o‟quv materiallarini puxta
o‟zlashtirishi uchun zarur sharoitlami yaratishga xizmat qiladi. “Pedagogik
texnologiya” o'quv fani ham o‟zining texnologik yondashuv,
texnologik madaniyat,
pedagogik jarayon, loyihalash, pedagogik jarayonni loyihalash, modul, ta‟lim
maqsadi, tarbiya maqsadi, texnologik tizim, shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim, pedagogik
tashxis,
interfaol metod, texnologik pasport, texnologik xarita hamda pedagogik
mahorat elementlari kabi asosiy kategoriyalariga ega. Suhbat, anketa,
intervyu,
pedagogik tahlil, pedagogik kuzatish, modellashtirish, bolalar ijodini o‟rganish, test
(predmetli va psixologik testlar), ta‟lim muassasasi hujjatlarini o‟rganish, pedagogik
tajriba,
ekspert baholash, matematik-statistik tahlil kabi ilmiy-pedagogik metodlar
pedagogik texnologiya masalalarini o'rganishga yordam beradi. Barcha o‟quv fanlari
singari “Pedagogik texnologiya” fani ham Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi,
Xususiy metodika (xususiy fanlami o‟qitish), Ta‟lim menejmenti,
Kreativ
pedagogika, Hamkorlik pedagogikasi, Pedagogik innovatsiya, Falsafa,
Etika
(Axloqshunoslik), Sotsiologiya hamda Psixologiya fanlari kabi o‟quv fanlari bilan
o‟zaro aloqadorlik va bog'liqlikda o‟rganiladi.
Dostları ilə paylaş: