O‘qituvchi uchun ko‘pincha ikki xil streotip mavjud bo‘ladi:
-yaxshi o‘quvchi – darslarni o‘zlashtiradigan,
doimo javob berishga tayyor,
shovqin qilmaydigan, tartibli o‘quvchi streotipi.
-yomon o‘quvchi – dars o‘zlashtirishda sust, mavzu bo‘yicha tayyorgarligi kam,
gapga quloq solmaydigan o‘quvchi streotipi.
Odatda, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabati ana shu ikki streotip bo‘yicha
farqlanadi. Yaxshi o‘quvchilarga yaxshi munosabat. Yomon o‘quvchilarga esa
salbiy munosabat o‘rnatiladi. Ammo psixologik asoslarga tayanilganda yomon
o‘quvchi deb hisoblangan bolalarda ham aslida qandaydir bir iste’dod yashiringan
bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchining
munosabati yaxshilansa, ana shu qobiliyatlar
yuzaga chiqadi.
Har bir sinfda norasmiy lider bo‘lgan o‘quvchi mavjud. U har doim ham a’lochi
va yaxshi o‘quvchi bo‘lavermaydi,
norasmiy liderlar, asosan, biz yomon deb
hisoblaydigan o‘quvchilar orasidan chiqadi. Shunday ekan, o‘qituvchi va o‘quvchi
munosabatining bir me’yorga kelishida sinfning norasmiy liderlari bilan o‘zaro
do‘stona munosabat o‘rnatish yaxshi samara beradi.
O‘qituvchining bolalarga munosabati ko‘p jihatdan
bolalarning maktabga
bo‘lgan munosabatini belgilaydi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqotning o‘ziga xosligi nimada?
2.
O‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi munosabatning turlari haqida nimalarni
bilasiz?
3.
O‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi munosabatning
asosiy xususiyatlarini
ayting?
4.
Pedagogik munosabatda qanday munosabat turlari mumkin emas?
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Boboxonov A. O‘zbekistonda pedagogik fikr taraqqiyoti tarixidan. T.:
“O‘qituchi”,1967. 11-13 bet
2. G‘oziyev E. O'quvchilarning o'quv faoliyatini boshqarish. Т.: O‘qituvchi,
1984. - 104 b.
3. Hasanboyev J., va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Т.: Fan va
texnologiya, 2009. - 672 b.
4. Husanov B. G‘ulomov V. Muomala madaniyati. Darslik. - Т.: Iqtisod –
moliya, 2009.- 156 b.
5. Munavvarov A. Pedagogika. -T.: O‘qituvchi, 1996 y. -200 b.5. Jonmatova O.
Yusuf Xos Hojibning ta’lim – tarbiya to‘g‘risida. T.: “O‘qituvchi”, 1980. 14-bet
6. Niyozev G , Axmedova.M Pedagogika tarixidan seminar. “Noshir”,
Toshkent, 2011, 142 bet
7. Ziyomuhammedov B. Pedagogika . T.: “ Turon-Iqbol”, 2006.-111 bet.