1. Muloqot aniq maqsad asosida tashkil etilishi va samimiy, do‘stona
bo‘lishi zarur.
2. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot mavzusi, yo‘nalishi
vaziyatdan kelib chiqib tanlanishi kerak.
3.
Keskin tanqid, ortiqcha pand-nasihatlardan holi bo‘lgan muloqot
samarali bo‘ladi.
4. Muloqot jarayonida tanqid qilish zarur bo‘lsa, u holda o‘quvchining
shaxsi emas, balki u yo‘l qo‘ygan xato-kamchilik, belgilangan tartib-qoidaga
mos bo‘lmagan xatti-harakat to‘g‘risida so‘z yuritilishi zarur.
5. O‘qituvchi o‘quvchi bilan muloqotda
uning shaxsini kamsitishi,
haqoratlashi mumkin emas.
6. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining o‘z tengdoshlari
davrasida keskin tanqid qilmasligi zarur, agar bunga zaruriyat bo‘lsa, u holda
o‘quvchi bilan xoli gaplashib olish maqsadga muvofiqdir.
7. O‘qituvchi o‘quvchini boshqalar
bilan solishtirmasligi, boshqalarni unga
ibrat qilib ko‘rsatmasligi, aksincha, o‘z xatolari ustida o‘ylab ko‘rishga undashi
lozim.
8. Muloqot jarayonida o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi yoki o‘quvchilarga
so‘zlash
uchun imkon berishi lozim, zero, shunda vaziyat to‘g‘risida to‘la
ma’lumotga ega bo‘ladi.
9. Pedagogik muloqot jarayonida adabiy til me’yorlaridan foydalanish
talab etilib, sheva (ma’lum hududlarda qo‘llaniladigan so‘zlar), jargon (tor doirada
ma’lum kasb-hunar doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar), vulgarizm (haqoratlash,
koyishda ishlatiladigan so‘zlar), kantselyarizm (ish hujjatlarida qo‘llaniladigan
so‘zlar) va varvarizm (turli tillarning “qorishmasi”dan hosil bo‘lgan so‘zlar)ni
ishlatish taqiqlanadi.
10. Muloqotda mavzu doirasidan chiqmaslik, boshqa mavzularga
chalg‘imaslik o‘qituvchiga maqsadga
erishishga yordam bersa, o‘quvchi uchun
amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchining obro‘si ta’lim va
tarbiya jarayonlarini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining
o‘quvchilar, hamkasblari, ota-onalar bilan munosabatni to‘g‘ri tashkil eta olishi,
ular bilan suhbat chog‘ida muomala madaniyatiga
ega ekanligini namoyon qila
bilishi obro‘sining oshirishini ta’minlaydi. Muloqot jarayonida o‘qituvchi
tomonidan uch turdagi uslub qo‘llaniladi. O‘qituvchi vaziyatdan kelib chiqqan
holda har uch uslubdan samarali, maqsadli foydalana olishi zarur. O‘qituvchi
va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotining o‘ziga xosligi uning pedagogik
maqsadlarga xizmat qilishida ko‘rinadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
muloqot muayyan talablarga muvofiq tashkil etilishi zarur. Bunda,
eng muhimi,
maqsadning aniqligi va vaziyatni oqilona, to‘g‘ri baholay olish sanaladi.
Dostları ilə paylaş: