Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


OKKLYUZION MUNOSABATLARNI TEKSHIRISH



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
OKKLYUZION MUNOSABATLARNI TEKSHIRISH 


15 
Protez og`iz bo`shlig`iga kiritilganda tishlarning markaziy jipslashuvida 
agar so`nggi tishlar salgina halaqit bersa kora qog`ozda halakit kilayotgan aniq 
nuqtalar belgilab, frez yoki rezina disk yordamida to`liq kontaktga kelguncha oli-
nadi. Tishlarning yon munosabatida bloklovchi harakatlarni yuqoridagi usul 
yordamida bartaraf etiladi. Bunda tish do`mboqchalarni ko`p olib tashlab 
bo`lmaydi, chunki ular tishlov balandligini ushlab turadi. 
YUqori jag`da bu tanglay, pastki jag`da esa lunj do`mboqlari hisoblanadi. 
Jag`larning oldingi munosabatda pastgi jag`ning oldinga surilishining 
qiyinlashuvi, frontal tishlarning chuqur yopilishi natijasida bo`lishi mumkin. 
Bu holda oldingi tishlarning o`zunligi qisqartirilishi kerak. Protezni quyib 
ko`rish va moslashtirishning oxirida ishlov berilgan joylari qum qog`oz bilan ish-
lov beriladi, so`ng filtsa va щyotka yordamida protez yakuniy yaltiratiladi. 
OLINUVCHI PLASTINKALI TISH PROTEZLARINI ISHLATISH 
VAQTIDAGI KORREKSIYASI 
Agar bemor yutish vaqtidagi og`riqqa shikoyat qilsa, kimyoviy qalam 
yordamida giperemiya maydoni belgilanadi.
So`ng frez yordamida shu sohadagi bosim bartaraf etiladi. Agar og`riq 
chaynov harakatida bo`lsa, bunda oldingi lab yuganchasi atrofi korreksiya qilinadi. 
Agar qusish refleksii qo`zg`alsa «A» chizig`i chegarasi sohasi qisqartiriladi. 
«S» va «L» talaffo`zi bo`zilsa, tanglay oldingi sohasidagi plastmassa qal-
inligidan kamaytiriladi. 
«T» va «D» harflari talaffo`zi bo`zilsa, asos qalinligini kamaytirish yoki 
kichikroq tishlar terish yo`li bilan tilga joy ochishi kerak. Agar bu yaxshi natija 
bermasa bunda prikus balandligini kamaytirish haqida o`ylab ko`rish kerak. «F» 
harfi noto`g`ri aytilsa, kesuv tishlar o`lchamini kamaytirish kerak. 
Bemorlarning protezga adaptatsiya vaqti turlicha bo`lib, tish protezi og`iz 
shilliq qavati nerv ohirlarini ta’sirlantirib protez sohalari to`qimasi tomonidan yod 
tana sifatida qabul qilinadi, shuning uchun olinuvchi plastinkali tish proteziga 
o`rganish turli qiyinchiliklarga olib keladi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin