15
Protez og`iz bo`shlig`iga kiritilganda tishlarning markaziy jipslashuvida
agar so`nggi tishlar salgina halaqit bersa kora qog`ozda halakit kilayotgan aniq
nuqtalar belgilab, frez yoki rezina disk yordamida to`liq kontaktga kelguncha oli-
nadi. Tishlarning yon munosabatida bloklovchi harakatlarni yuqoridagi usul
yordamida bartaraf etiladi. Bunda tish do`mboqchalarni ko`p olib tashlab
bo`lmaydi, chunki ular tishlov balandligini ushlab turadi.
YUqori jag`da bu tanglay, pastki jag`da esa lunj do`mboqlari hisoblanadi.
Jag`larning oldingi munosabatda pastgi jag`ning oldinga surilishining
qiyinlashuvi, frontal tishlarning chuqur yopilishi natijasida bo`lishi mumkin.
Bu holda oldingi tishlarning o`zunligi qisqartirilishi kerak. Protezni quyib
ko`rish va moslashtirishning oxirida ishlov berilgan joylari qum qog`oz bilan ish-
lov beriladi, so`ng filtsa va щyotka yordamida protez yakuniy yaltiratiladi.
OLINUVCHI PLASTINKALI TISH PROTEZLARINI ISHLATISH
VAQTIDAGI KORREKSIYASI
Agar bemor yutish vaqtidagi og`riqqa shikoyat qilsa, kimyoviy qalam
yordamida giperemiya maydoni belgilanadi.
So`ng frez yordamida shu sohadagi bosim bartaraf etiladi. Agar og`riq
chaynov harakatida bo`lsa, bunda oldingi lab yuganchasi atrofi korreksiya qilinadi.
Agar qusish refleksii qo`zg`alsa «A» chizig`i chegarasi sohasi qisqartiriladi.
«S» va «L» talaffo`zi bo`zilsa, tanglay oldingi sohasidagi plastmassa qal-
inligidan kamaytiriladi.
«T» va «D» harflari talaffo`zi bo`zilsa, asos qalinligini kamaytirish yoki
kichikroq tishlar terish yo`li bilan tilga joy ochishi kerak. Agar bu yaxshi natija
bermasa bunda prikus balandligini kamaytirish haqida o`ylab ko`rish kerak. «F»
harfi noto`g`ri aytilsa, kesuv tishlar o`lchamini kamaytirish kerak.
Bemorlarning protezga adaptatsiya vaqti turlicha bo`lib, tish protezi og`iz
shilliq qavati nerv ohirlarini ta’sirlantirib protez sohalari to`qimasi tomonidan yod
tana sifatida qabul qilinadi, shuning uchun olinuvchi plastinkali tish proteziga
o`rganish turli qiyinchiliklarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: