Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
 
HATO VA ASORATLAR 
Olinuvchi plastinkali tish protezlarini ishlatish vaqtida kelib chiqishi 
mumkin bo`lgan hato va asoratlar 
Tehnik hatolar: 
1. Plastmassa hamirini to`la presslamaslik – bunda protez bazisi qalin 
bo`lib, prikus ko`tarilib ko`pincha tishlar orasida do`mboqli kontakt ko`zatiladi. 
Bunday protezlar qaytadan tayyorlanadi. 
2. Pressovka vaqtida modelda darz ketishlar ko`zatiladi (ko`pincha pastki 
jag`da). Bu holda ham protez qaytadan tayyorlanadi. 
3. Protez chegarasini tehnik tomonidan o`zicha kattalashtirish yoki kal-
talashtirish. Bu holda protez fiksatsiyasi bo`ziladi. Hatoni esa asosini qayta 
ta’mirlash yo`li bilan to`zatish mumkin. 
Klinik hatolar: 
Klinik hatolar protezni mumli tuzilmasini tekshirish vaqtida o`tkazib 
yuborilganligi natijasida kelib chiqishi mumkin. 
- markaziy okklyuziyasini noto`g`ri aniqlash 
- tishlov balandligini noto`g`ri aniqlash 
Odatda bu hatolar, agar yuqori jag`ga tish terish to`g`ri o`tkazilgan 
bo`lsa, pastki jag` protezi qaytadan tayyorlash asosida to`g`rilanadi. 
Ko`proq olinuvchi plastmassali tish protezidan foydalanganda – protez 
stomatiti ko`zatiladi va quyidagilardan iborat bo`ladi: 
- travma natijasida (mexaniq) 
- toksik (kimyoviy ta’sir) 


17 
- toksik va biologik (kandidoza) 
- allergik
- termik (protez ostida issiqlik to`planishi) 
Protez sohasidagi travmatik jarohat o`tkir va surunkali bo`lishi mumkin. 
a) O`tkir mehanik travma
– olinuvchi plastinkali tish protezi ta’siri 
kelib chiqib – gematoma (epiteliy butunligi bo`zilmasdan qon quyilishi) yara 
erroziyasi (yuzaki jarohat) ko`rinishida bo`ladi. 
b) Surunkali mehanik travma
– tish protezi ta’sirida bo`lib ko`p kurin-
ishga ega, giperemiya, shish yara, erroziya, gipertrofiya va giperkeratoz 
ko`rnishida bo`ladi. Bular 1 turdan 2 chi turga o`tishi mumkin bo`lib, ta’sirligining 
xarakteriga va og`iz bo`shlig`i sharoitiga bog`liq. O`zoq davom surunkali travma 
giperkeratozga (leykoplekiyaga) mugo`zlanuvchi sohalarga olib keladi. 
Papillamatoz 
– sifatsiz olinuvchi plastinkali tish protezini taqishda kelib 
chiqadigan asoratdir. U asosan qattiq tanglayda ko`zatiladi. Tanglayda protez zich 
va bir tekisda yopishmagandan kelib chiqadi. O`zoq muddat davolash travmatik 
yara – og`iz shilliq qavatida havfli o`smaga aylanishi mumkin. 
Qiyosiy tashxis uchun uning kechishi davomiyligi (rak uchun bir necha 
oy) va og`riq sindromi borligi ahamiyatga ega. Kam og`riqli va zich chetli yara 
havflilashganligini ko`rsatadi. Sitologik tekshirish hal kiluvchi ahamiyatga ega. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin