Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


Polimerizatsiyaning ikkita usuli mavjud



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Polimerizatsiyaning ikkita usuli mavjud: 
1.
Quruq 
2.
Nam (suvli) 
Quruq polimerizatsiya kuritish shkafida 120-140
0
S harorat ostida 40-45 
daqiqa davomida amalga oshiriladi. 


13 
Nam polimerizatsiya suvli idishda amalga oshiriladi. Polimerizatsiya sha-
roiti asosli polimer turiga bog`liq. SHuning uchun doim polimerizatsiya vaqtida 
bazis plastmassalarining idishlarida mavjud bo`lgan ishlab chiqaruvchi zavodining 
yo`riqlariga qat’iy rioya qilish lozim. Hozirgi vaqtda asosan «ETAKRIL» (AKR-
15) va «FTORAKS» plastmassalari ishlab chiqarilmoqda. «ETAKRIL» plastmas-
sasining polimerizatsiya sharoiti quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Polimerizatordagi suvni 18+20 haroratdan, 60 daqiqa davomida 100
0
gradusna qaynaguncha yetkazish lozim. 
2. 40-45 daqiqa 100 
0
S haroratda ushlanadi. YA’ni qaynatiladi. 
3. SHundan so`ng kyuveta sekinlik bilan polimerizatorda xona haro-
ratigacha (20 gradus) sovitiladi. 
4. To`liq sovugandan so`ng kyuveta ochiladi. 
Yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan hatolar, ularning namoyon bo`lishi. 
Plastmassa bilan bog`liq hatolar quyidagilar natijasida kelib chiqadi: 
1. Kukundan suyuqlik nisbati noto`g`ri aniqlanganda. 
2. Polimerizatsiya rejimi noto`g`ri bo`lganda 
Ko`pincha suyuqlik (monomer) kukuniga nisbatan ko`proq solinadi. 
Bunda asosda ko`p miqdorda bog`lanmagan monomer qoladi. Bu qoldiq monomer 
doim protezdan ajralib turadi va bu plastmassaga organizmda allergiya chaqirib, 
toksik stomatitga olib keladi. 
Kukunga suyuqlik (monomer) yetarli qo`shilmaganda kukun monomer 
bilan to`liq tuyinmaydi (boglanmaydi) va polimerizatsiyadan so`ng to`liq 
bo`lmagan polimerizatorlar hosil bo`ladi. 
Protezning tashqi ko`rinishi hira, shaffof bo`lmaydi va plastmassaning 
fizik-himik parametrlarning pasayishi –protezlarining tez sinishi ko`zatiladi. 
Ko`pincha tish texniklari polimerizatsiya bosqichini tezlashtirish uchun 
kyuvetani darov chaynab suvga solishadi va 30-35 daqiqa ushlab turishadi. Bunday 
rejimda monomer kukun bilan polimer zanjir hosil qilishga ulgurmaydi va uchib 
ketgan monomer polimer ichida to`planadi. Bu turli mikroporalar ko`rinishida 
namoyon bo`ladi. Natijada plastmassali tish protezning mustahkamligi kamayadi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin