Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


MUM ASOSLI PROTEZ TUZILMASINI BEMORDA TEKSHIRISHDA



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
 
MUM ASOSLI PROTEZ TUZILMASINI BEMORDA TEKSHIRISHDA 
ANIQLANADIGAN
HATO VA KAMCHILIKLAR 
 
Qisman olib qo`yiluvchi plastinkali tish protezlarini plastmassa asosga 
aylantirishdan oldin, uning mum tuzilmasi bemorda tekshirib ko`rilishi kerak. 
CHunki bu bosqichda ayrim hatoliklar va kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bu ha-
to va kamchiliklar ikki hil bo`ladi. Bular shifokor tomonidan hamda tish texnigi 
tomonida yuzaga kelgan bo`lishi mumkin. 
SHifokor-stomatolog tomonidan quyidagi hatoliklar kelib chiqishi 
mumkin: 
- Tishlar rangi, o`lchami va shaklining noto`g`ri tanlanishi 
- Markaziy okklyuziyani aniqlashdagi hatoliklar 
- Alveolyararo balandlikni aniqlashdagi hatoliklar 
- Qolip olish jarayonidagi hatoliklar 
Tish texnigi hatolariga quyidagilar kiradi: 


10 
- Sun’iy tishlarni noto`g`ri terish 
- Tishda klammerlarni noto`g`ri joylashtirish 
- Modellarni okklyudator yoki artiqo`lyatorga noto`g`ri gipslash. 
SHifokor hatolari: 
1.
 
Alveolyararo balandlikning pasayishi.
Bemorni tashqi tomondan ko`rilganda uning yuzida qarilik belgilari, yuzning 
pastki 1/3 qismi pasaygan, burun-lab burmalari ifodalangan, dahan oldinga 
chiqqan. Labning qizil hoshiyasi kamaygan. Bu hatoni bartaraf etish uchun mumli 
plastinka olinadi, qizdiriladi va pastki jag`ning sun’iy tishlariga qo`yilib, bemorda 
tishlarni jipslashtirish suralgan holda baladlik yangitdan aniqlaniladi. 
2.
 
Alveolyararo balandlikning baland bo`lib qolishi.
Bemorni tashqi tomondan kurilganda yuzning yumshoq to`qimalari tarangligi, bu-
run-lab burmalarining silliqlashganligi ko`rinadi. Og`iz bo`shlig`ida jipslashuv 
aniqlanadi. Tishlarning zich fissur do`mboqchi jipslashuv aniqlanadi.
Bu hatoni bartaraf etish uchun, tehnik yangi tishlov bolishchali mumni tayyorlaydi 
va qaytadan alveolyararo balandlik aniqlaniladi. Jag`lar holati markaziy 
okklyuziyada mahkamlanadi. Agar yuqori jag` tishlari to`g`ri terilgan bo`lsa, tish-
lov bolishchasi faqat pastki jag` uchun tayyorlanadi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin