Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


MUM ASOSLI PROTEZ TUZILMASINI PLASTMASSAGA



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
 
MUM ASOSLI PROTEZ TUZILMASINI PLASTMASSAGA 
ALMASHTIRISH LABORATOR BOSQICHLARI 
GIPSLASH TURLARI: 
1. To`g`ri usul – modelning yon yuzasida bitta yoki tabiiy tishlar guruhi 
joylashganda, hamda model yengil eruvchi metalldan qo`yilganda qo`llaniladi. 
2. Teskari usul sun’iy tishlar va model orasidagi oraliq katta bo`lmaganda 
qo`llaniladi. 
3. Aralash usul tishlar sun’iy milkda terilganda, shuningdek ko`p ildizli 
tishlar alveolyar o`siq tojiga yakin joylashganda qo`llaniladi. 
Protezning mumli kompozitsiyasini kyuvetaga gipslash 
1. Gipslashning to`g`ri usuli: 
Model kyuveta asosiga sig`adigan qilib kesiladi. Kyuvetaning tashqi qir-
ralari tishlardan bir oz balandroq bo`lishi kerak. Suyuq gips bilan kyuveta asosi 
yarmigacha to`ldiriladi va model joylashtirilib, ortiqcha chiqqan gips tishlar atrofi-
da bolishchalar shakllantiriladi, ular tishlarning vestbulyar yuzasini, kesuv qir-
ralarni va chaynov yuzalarini yopib turishi lozim. 
2. Gipslashning teskari usuli 
Protezni plastmassadan tayyorlash uchun asosan teskari usuldan foydala-
niladi. Buning uchun gipsli tishlar vestibulyar tomondan qiyalik bilan model aso-


12 
sigacha kechiladi. SHuningdek, ilmoqlarni ushlab turuvchi gipsli ishlarni ilmoq 
yelkasini bo`shatish uchun kesiladi.
SHundan keyin gips aralashtiriladi, kyuvetaning yuqori qismi to`ldiriladi 
va unga modelning asosiy sun’iy tishlargacha joylashtiriladi. Bunda alveolyar toj 
sohasi, tishlar va tanglay yuza gipsdan bo`sh qoladi. So`ng kontrshtamp olinadi. 
Gips qotgandan so`ng kyuvetani qaynab turgan suvga mum yumshagun-
cha solinadi. Mum yumshaganini suv yuzasida erigan mum hosil bo`lganligidan 
bilishi mumkin. Kyuveta suvdan chiqariladi, shpatelning richagsimon harakati bi-
lan ochiladi, yumshagan mum olib tashlanadi va issiq suv quyib turgan holda kyu-
vetadagi gips ohiriga quritiladi. Kyuveta asosiga sun’iy tishlar va klammerlar, 
kyuvetaning kontrshtampli qismiga gipsli model o`tadi. 
Gipslashning barcha turlaridan so`ng mum erishi bilan iliq modelga 
ajratuvchi materiallarning yupqa qavati suriladi. Kyuveta to`liq sovigandan so`ng 
2-qavat ajratuvchi lak suriladi. 
Olib qo`yiladigan plastinkasimon protezning asosi «ETAKRIL», (AKR-
15), «FTORAKS» plastmassalaridan tayyorlanadi. Plastmassa kukuni bita sun’iy 
tishga 1 gr hisobida olinadi. Kukun va monomer nisbati ogirlik hisobida 2 gr:1 gr 
hajmida 3 : 1 olinadi. 
Plastmassa chinni yoki shisha idishda aralashtiriladi va usti yopiladi. 
Davomiy ravishda plastmassani tez aralashtirib turish va yana idishni qopqoq bilan 
zich yopib qo`yish lozim. 
Plastmassaning yetilishini vaqt bo`yicha aniqlash mumkin emas, chunki 
yetilish bosqichi granulalarning o`lchamiga, tayyorlanish muddatiga, saqlash sha-
roitlariga va shu vaqtdagi xona haroratiga bog`liq. Hamirsimon bosqichida plast-
massasining tayyorligi hakida o`zilishida cho`ziluvchan iplarning yo`qolishiga 
ko`ra fikr yuritiladi (baho beriladi). 
Bevosita shakllantirishdan oldin sun’iy tishlar va klammerlar monomer 
bilan yog`sizlantiriladi, toza qo`l bilan sellofan orqali idishda bitta protez uchun 
hamir olinadi, yuqori va pastki protez uchun zarur bo`lgan shakl beriladi va u bilan 
asos yoki kontr kyuveta yoki aralash gipslashda ikkala yarmi to`ldiriladi. Plast-
massa nam sellofan plastinkasi bilan yopishadi, ularni pressga birlashtiriladi va 
sekinlik bilan ortiqcha kuch ishlatilmagan holda kyuvetaning ikki qismini 1,0-1,5 
mm jipslashtirilib 3-5 daqiqagacha presslanadi. So`ng kyuveta pressdan chiqari-
ladi, ochiladi, sellofan olinadi, tezlik bilan monomer uchib ketmasligi uchun 
plastmassaning ortiqchasi protez chetlari bo`ylab kesib olib tashlanadi. Plastmassa 
kam bo`lib qolgan sohalarga bor plastmassani oldindan monomer bilan namlab 
yangi qism kushiladi. Kyuveta birlashtiriladi va ikkala qismni to`liq jipslashtirilgan 
holda yakuniy presslanadi, 10-15 daqiqa ushlab turiladi, so`ng pressdan olinib 
byugelga mahkamlanadi va plastmassani polimerizatsiya qilishga o`tiladi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin