IKKI QAVATLI BAZIS TAYYORLASHGA BO`LGAN KO`RSATMALAR YUmshoq taglikli elastik plastmassadan tayyorlangan ikki qavatli ba- zisli protez quyidagi holatlarda qo`llaniladi: 1. Alveolyar o`siqning notekis atrofiyasida, shilliq qavatning kam berilu-
vchanligida (quruq bo`lganda) va protez fiksatsiyasini yaxshilashda
2. Protez maydoni sohasida ekzastozlar, o`tkir suyak o`smalari va ingich-
ka qirrali alveolyar o`siqlar bo`lganda
3. Murakkab yuz-jag` protezlar tayyorlashda (ekzaprotezlar)
4. Bir vaqtning o`zida ko`p tishlar olinishidan keyin tayyorlanadigan im-
mediat protezlar tayyorlashda.
5. Og`iz bo`shlig`i, protez maydonidagi shilliq qavatning surunkali kasal-
liklarida.
6. Akril plastmassalaridan tayyorlangan protezlarga allergik ta’sirlanish
(o`zgarishlar) bo`lganda
7. Og`iz shilliq qavatining (protez maydonidagi) sezgirligining oshishi
natijasida kuchli og`riq sezuvchanligida qo`llaniladi.
YUqorida aytilgan maqsadlar uchun «Ortosil», «Ortosil-M», «Eladent-
100», elastik (taglik uchun) plastmassalar ishlatiladi.
METALL PLASTINKA ASOSLI TISH PROTEZLARI Metall asosli qisman olib qo`yiluvchi tish protezlari asosi ko`pincha
yuqori jag` protezlarining tez-tez sinishlarida, pastki jag`-bazisli protezlarga aller-
giya bo`lganda, og`iz shilliq qavatining surunkali kasalliklarida qo`llash mumkin.
SHunday hollarda qo`llaniladigan metall bazisning qalinligi 0,3-0,4 mm bo`lib,
asosan quyma usulda tayyorlanadi.
Ezish usuli bilan hozirgi vaqtda juda kam tayyorlanadi. Quyma usulda
tayyorlashda asosan hrom-kobalt qotishmalari ishlatiladi. Hozirgi vaqtda asosan
aralash bazislar ishlatiladi, ya’ni protezning tanlay qismi metalldan tayyorlanib,
vestibulyar qismi (sun’iy tishlar joylashadigan qismi) esa plastmassadan iborat
bo`ladi.