Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


Plastmassali protezlarni yamash ikki usulda olib boriladi



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Plastmassali protezlarni yamash ikki usulda olib boriladi: 
1. Klinik usulda singan protezlar tez qotuvchi plastmassalar (Protakril, 
Redont) yordamida tiklanadi. 
2. Laborator usulida protez singan qismini, o`zidan tayyorlangan bazis 
plastmassalari (etakril, ftoraks) orqali tiklanadilar. 
KLINIK USULDA SINGAN PROTEZLARNI TEZ QOTUVCHI 
PLASTMASSALAR YORDAMIDA TIKLASH 


21 
Buning uchun singan protez sinish chizig`i bo`ylab, uning ikkala yuzasi-
ga, protakril plastmassasining jamlamasiga kiruvchi «dihlor etan» yelimi surilib, 2-
3 daqiqaga qo`l bilan ushlab turiladi. YElimlangan protez qotgandan so`ng undan 
gipsli model tayyorlaniladi. Albatta ikkinchi jag` modeli ham tayyorlaniladi. 
Singan protez modeliga kontur model ham tayyorlaniladi va markaziy okklyuziya 
avval aniqlangan bo`ladi. Singan protez modeldan olinib, singan chiziq bo`ylab 
ikki bo`lakka (elimlangan) joydan ajratiladi. 
Singan protezning ikkala bo`lagini sinish chizig`i bo`ylab o`zunligi, 
kengligi va qalinligidan 1-5 (2) mm plastmassadan olinadi. Model va kontr model-
lar ajratuvchi lak «Izokol» bilan surtilib, protez singan qisimlari modelga joy-
lashtiriladi va kontr model orqali qanchalik to`g`ri joylashganligi tekshiriladi. 
So`ngra tez qotuvchi «Protakril» yoki «Redont» plastmassalari olinib, 
shisha yoki fosfor idishlarda monomer va polimer, kukun va suyuqliklari bir-biri 
bilan, 2:1 og`irlikda aralashtiriladi. Kukun (poroshok) suyuqlik (monomer) bilan 
to`yintirilib, ustidan monomer uchib ketmasligi uchun shisha plastinka bilan yopib 
qo`yiladi. 
Atrof haroratiga bog`liq holda plastmassa hamiri 3-5 daqiqada tayyor 
bo`ladi (avval yahshilab aralashtirib olinadi). 
Protezning sinik bo`laklari plastmassa suyuqligi bilan artilib, tayyor 
bo`lgan plastmassa xamiri ortig`i bilan protez sinigi bo`ylab joylashtirib, kontr 
model bilan bosiladi. 
Ortiqcha chiqqan plastmassalar olib tashlanadi. Polimerizatsiya, 15-20 
daqiqa davomida yakunlanadi. So`ngra protezga ishlov berilib yaltiratiladi va 
bemorga taqiladi. Protezlarni klinik usul bilan yamash vaqtinchalik bo`lib, ma’lum 
vaqt o`tgach protez yana tez-tez sinishi mumkin. Ikki hil plastmassa bo`lgani 
uchun asos plastmassaning fizik-himik hossalarining ko`rsatkichlari pasayadi 
hamda gigiyenik tomonidan ham plastmassaning shilliq qavat tomoniga qaragan 
yuzasida mikroblar to`planishi kuchayadi. Natijada nohush hidlar hosil bo`ladi. 
SHuning uchun ham singan olib qo`yiladigan plastinkali protezlarni sifatli yamash 
usuli bilan laborator yo`li hisoblanadi. CHunki bu usulda protez o`zi tayyorlangan 
bazis plastmassasi orqali (yamaladi) tiklanadi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin