LABORATOR USUL Laborator usuli bilan protez asosini tiklashda (perebazirovka), protezni
tayyorlash yuqorida aytilgan usul bo`yicha tayyorlaniladi. Ana shu bemor taqib
yurgan proteziga hususiy qoshiq sifatida foydalanib, selikonli qolip olinadi.
Laboratoriyada texnik protezni qolip bilan birgalikda to`g`ri usulda kyu-
vetaga ko`madi. Kyuvetani ochgandan so`ng protez asosidagi qolip oluvchi hom-
ashyo olib tashlaniladi. SHundan keyin asos plastmassasi (Etakril, Ftoraks) tayyor-
lanib klip o`rni to`ldiriladi va polimerizatsiya bosqichi olib boriladi. Bu usulning
afzalligi shundan iboratki, bunda protez asosi, o`zi tayyorlangan plastmassadan
qayta tiklanadi, shilliq qavat bilan zich yopishadi. Tiklangan qavat asosidan ajralib
turmaydi. Toksik ta’sir ko`rsatmaydi.
MASHG`ULOTDA QO`LLANILADIGAN YANGI PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALAR «Muammoni hal qilish», «Qora quticha», «Dumaloq stol atrofida» «MUAMMONI HAL QILISH» USULI Ushbu usul mashg`ulot davomida har bir talabaning faol qatnashishini
ko`zda tutadi. Bu usul bo`yicha har bir talaba mavzuning ma’lum bir bo`lagini
olib, mustaqil ravishda tayyorlanib, o`z javoblariga asoslangan holda, muammoni
hal qiladi. Guruhga mavzuning qismlari bo`yicha vaziyatli muammo tarqatiladi.
Masalan «qisman olib qo`yiluvchi tish protezlarida ishlatiladigan sun’iy tishlar»,
har bir talaba o`zining mavzusi bo`yicha javoblarini 5 daqiqa ichida yozadi.
So`ngra yon qo`shnisi bilan maslahatlashadi va o`zining javob variantini aniqlaydi.
Keyin yana bir qo`shni talaba bilan maslahatlashib, yana bir javob variantini
aniqlaydi. Bu holatda har bir guruhda 3-tadan talaba ish olib boradi. Natijada tala-
balar guruh uchun ma’qo`l, to`g`ri bo`lgan javob variantini o`z daftariga yozadilar.
So`ngra javoblar muhokama qiladi va to`ldiriladi. Usulning ohirida o`qituvchi
berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faoliyatini aniqlaydi.