25
6. Tayyor bo`lgan protezni bemor tish qatoriga joylashtirish. Hato va
kamchiliklar.
7. Olib qo`yiladigan qisman plastinkali tish
protezlaridan foydalanish
qoidalari.
8. Bemorlarni olib qo`yiluvchi tish protezlariga ko`nikish jarayonlari.
MAVZUNI QISQACHA SHARHI (JAVOBLAR)
1.
Sun’iy tishlar ko`pincha plastmassadan, chinnidan va ayrim hollarda metalldan
tayyorlanadi. CHinni tishlar plastmassa asos bilan mustaqil birikishi uchun
diatorik va krampon holatida bo`ladilar. Sun’iy tishlarni tanlashda asosan
qolgan
tishlarning shakliga rangiga, yuz shakliga, yuz teriga, rangiga, jinsiga,
hamma tishlar (yuqorigi frontal tishlardan tashqari) alveolyar o`siqning
o`rtasiga moslangan holda teriladi 21
12 tishlarning 2/3
qismi vestibulyar
tomonga, 1/3 qismi tanglay tomonga surilgan bo`ladi.
(Olib qo`yiladigan
qisman plastinkali tish protezlarida ishlatiladigan sun’iy tishlar va ularni
tanlash, terish qoidalari).
2.
Olib qo`yiladigan qisman plastinkali tish protezining mumli tuzilmasini
bemorda
tekshirishi vaqtida, avval protezni okklyudatorda yoki artikulyatorda
turgan holida tekshiramiz. Bunda modelning butunligiga, (buzilmaganligiga)
protez maydonida nuqsonlar borligiga ahamiyat beramiz.
Ilgichlar holati
aniqlaniladi. Markaziy jipslashuv tekshiriladi. SHundan keyin mum asosli
protez bemorga taqib ko`riladi. Tishlar markaziy okklyuziyada maksimal bir –
biriga jipslashib turgan bo`lishi, ilmoqlar,
tayanch tishda, tishning ekvatori
bilan, tishning bo`yin soha oraligida joylashgan bo`lishi kerak. Fiksatsiya va
stabilizatsiya aniqlaniladi. Prikus balandligi o`zgarmaganligi aniqlaniladi.
Dostları ilə paylaş: