Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


AKRIL PROTEZ TA’SIRIDA KELIB CHIQADIGAN



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
AKRIL PROTEZ TA’SIRIDA KELIB CHIQADIGAN
ALLERGIK STOMATIT 
Allergiya
– organizmning o`zining hususiy to`qimalarining shikastlani-
shi bilan kechadigan immun reaksiyasidir. 
Allergenlar –
plastmassa protezlarga allergik chaqiruvchilar bo`lib, ular-
ga – gaptan monomerlar kiradi va ular oqsillar bilan konyugatsiyasi natijasida al-
lergen hususiyatini oladi. Organizmga antigen tushishi uni sensibilizatsiyasini 
chaqiradi. 
Sensibilizatsiya 
– bu ekzo- va endogen allergenlarni organizm immu-
nologik sezuvchanligini kuchayishi. 
Allergik stomatit
– olinuvchi plastinkali protez bilan bir necha yil 
taqilganda paydo bo`ladi. Bu sekin kechuvchi reaksiya tipida bo`lib, kontakt 
yallig`lanish harakteriga ega. 
Bu yallig`lanish spetsifik bo`lib, klinik kechishi bo`yicha himiotoksik va 
mexanik yallig`lanishga o`xshaydi. 
Akril plastmassali protezlardan kelib chiqadigan allergiya plastmassa tar-
kibidagi ortiqcha qoldiq (0,2%) monomer ta’siridan kelib chiqadi. Bundan 
tashqari akrilat plastmassasi tarkibiga kiruvchi bo`yoqlar (Sudan –IV) ham kam 
hollarda (0,01%) allergiya chaqirishi mumkin. Plastmassa tarkibiga kiruvchi 
boshqa qo`shimchalar allergiya chaqirmaydi.
Akril plastmassasidan kelib chiqqan allergiyada bemorlar protez ostida 
tilda, labda va alveolyar o`simtada doimiy qizish bo`lganligi sababli olinuvchi 
protezlarni ishlatish qiyinligiga yoki ishlatib bo`lmasligiga, og`iz qurishiga, 
so`lakning quyuqligiga va (giposalivatsiyaga) so`lakning kam ajralishiga shikoyat 
qiladilar. 
Protez maydonini ko`zdan kechirganimizda, protez bazisning ichki tarafi 
tegib turuvchi shilliq qavatda aniq ifodalangan yallig`lanish (qizarish) bo`lishi yoki 
bo`lmasligi ham mumkin. Bunday bemorlarda o`ziga hos shikoyatlardan yana biri 
– lunj, til, lab, yumshoq tanglay va yutqinlarning shilliq qavatining shishib ketish-
idir. (Kvink shishi) natijada bemor yutishga, ayrim hollarda nafas olishga qiyna-
ladilar. Til og`izga sigmay qoladi va tez-tez uni tishlab olinadi. 
Akril plastmassalarga allergiya bo`lganda qon tarkibida ham bir qancha 
o`zgarishlar bqlib, ular quyidagicha bo`lishi mumkin: leykoplakiya, limfotsitoz, 
monotsitoz, teridagi plastmassaga nisbatan – «teri-allergik», sinamasining ijobiy 
natijalari. 


19 
Immunologik o`zgarishlarni ko`radigan bo`lsak, bu holatda «T» va «V» 
limfatsitlarning kattalashishi, igA miqdorining kamayishi – lizatsim va boshqa bi-
ohimik o`zgarishlar kelib chiqishi mumkin. 
Allergik holatda bemorda turli hil shikoyatlari va o`zgarishlari kelib chi-
qishi mumkin. Ular mahalliy va umumiy bo`lishi mumkin. 
Bunday bemorlarni davolashda avval darhol bemor og`zidan protezni 
yechib olinadi. So`ngra ma’lum bir dori-darmonlar tavsiya qilinadi. Allergiya hola-
ti o`tgandan so`ng bemorga protezni boshqa bazis plastmassasidan tayyorlab beri-
ladi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin