16
BEMORGA OLIB QO`YILADIGAN TISH PROTEZINI
ISHLATISH HAQIDA KO`RSATMALAR
Og`iz bo`shlig`i gigiyenasi va protezni taqib yurish qoidalari:
SHifokor bemorga protezni qanday ishlatish haqida tushuncha bermog`i
lozim. Bemor issiq va sovuq ovqatlarni (gusht, non,
sabzavotlar, mevalar va
boshk.)
bemalol istemol qilishi mumkin, lekin ko`p chaynov kuchini talab qi-
ladigan, qattiq ovqatlarni (yong`oq, qand, quritilgan non) yemasligi kerak.
Gaplashish va ovqatlanish
vaqtida protezni yechmaslik, protezga
o`rgandan keyingina kechasi yechishi mumkin. Har kuni sovuq suvda sovun bilan,
keyin tish pastasi va tish cho`tkasida yaxshilab tozalashini tushuntirishi kerak.
Protezni og`izdan tashqari vaqtida mahsus moslangan qutida, quruq holda saqlash
kerak. Agar og`riq paydo bo`lsa, uni yechish kerak
va shifokorga murojaat qi-
lishdan oldin 3-4 soatga yana taqib olishi kerak. SHunda shifokorni og`riq sababini
ko`rishi va aniqlashishi oson bo`ladi.
Bemor protezni o`zicha to`zatmasligi, yiliga 1-2 marta klinikaga kelishi
kerak.
Agar protez darz ketsa yoki sinsa, og`iz bo`shlig`i yumshoq to`qimalarni
jarohatlanmasligi uchun uni taqmasdan, shifokorga murojaat qilishi kerak. 3-4 yil-
dan so`ng protezni yangilash kerak.
Dostları ilə paylaş: