Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib


 FANLAR VA FAN ICHIDAGI BOG`LIQLIK



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
5. FANLAR VA FAN ICHIDAGI BOG`LIQLIK 
Quyidagi mavzuni o`qitish talabalarning normal anatomiya, gistologiya,
normal fiziologiya va biofizika, ximiya, fizika fanlari bo`yicha olgan bilimlariga 
asoslanadi. Mashg`ulot davomida olgan bilimlarini ichki kasalliklar, umumiy jar-
roxlik, terapevtik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, LOR kasalliklarida va 
boshqa klinik yo`nalishlardagi kafedralarida tish qatorlarida kelib chiqadigan 
o`zgarishlarni davolash kerak bo`ladi. 
6. MASHG`ULOTNING MAZMUNI 
6.1. NAZARIY QISM 
SUN’IY TISHLARNI TANLASH VA
TERISHNING KLINIK ME’ZONLARI 
Tish qatorlarining nuqsonlarida yo`qotilgan tishlarni, olib qo`yiluvchi 
plastinkasimon protezlarga sun’iy tishlar o`rnatib, nuqson tiklanadi. Sun’iy tishlar 
plastmassadan, chinnidan, metalldan tayyorlanishi mumkin. Asosan plastmassali 
tishlar qo`llaniladi. Sun’iy tishlarni tanlashda asosi qolgan tishlarning shakliga
rangiga, yuz shakliga, teri rangiga, jinsiga, sochiga va ko`zning rangiga ahamiyat 
beriladi.
Sun’iy tishlarni terish ma’lum qoidalarga asoslangan holda olib borilishi 
kerak. Hamma tishlar (yuqori frontal tishlardan tashqari) alveolyar o`siqning 
o`rtasiga moslangan holda terilishi zarur. YUqorigi frontal tishlar esa alveolyar 
o`sig`ining cho`qqisiga nisbatan olinganda, tishlarning 2/3 qismi vestibulyar 
tomonga, 1/3 qismi esa tanglay tomonga surilgan bo`lishi kerak. Tishlarning bun-
day holatidagi joylashuvi chaynov bosimining to`g`ri taqsimlanishiga va protez-
ning o`z joyidan noto`g`ri harakatlanishiga olib kelmaydi. 
Bemorning yuqori jag` frontal tishlari bo`lmagan holda vrach markaziy 
okklyuziya holatini aniqlagan vaqtida: qoziq tishlar orasidagi masofa bo`yicha 
tishlarni joylashuvini aniqlaydi. Qo`lgi chizig`i va okklyuzion bolishchalar 
o`rtasidagi masofaga qarab tishlarni balandligi aniqlanadi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin