11
Protez tuzilmasidagi oldin ko`rsatilgan kamchiliklar tekshirilib bartaraf
etilgandan so`ng model okklyudator bilan birga tish tehnigi laboratoriyasiga yubo-
riladi. Tish tehnigi protez asosiga ishlov berishga kirishadi.
Qizitilgan shpatel bilan suyuq mum yordamida asos protez model che-
garasi bo`yicha to`ldiriladi, qizitilgan shpatel sim joylashgan sohasiga bir necha
marta kiritiladi va sim olib tashlanadi, lekin mum asos bo`zilmasligi kerak. Qizitil-
gan skalpeli bilan tishlar orasidagi ortiqcha mum olib tashlanib, tish qismigacha
ochilib, ovalsimon shakl beriladi.
Skalpel bilan ilgaklar mumdan tozalanadi, tish benzinga botirilgan paxta
bo`lagi bilan artiladi. Agarda suyak torusi va ekzostozlari bo`lsa, ular ajratiladi. Bu
jarayon protezni muhim turishi, yotoq yaralari hosil bo`lmasligi va og`riq hissini
sezmasligi uchun qilinadi. Ekzastaz va torus shaklini vrach gipsli modelda
kimyoviy kalam bilan belgilaydi va ajratish taglik qalinligini ko`rsatadi.
Izolyatsiya qilish uchun qalinligi 0,2-0,4 mm qo`rhoshinli, qalayli zar-
ralardan foydalaniladi. Modelda suyak bo`rtmalari o`lchamidagi zarlar orqali mod-
elga kley bilan yopishtiriladi.
Keyin asosni shakillantirish zar yuqorisidan mum bilan davom ettiriladi.
Protez polimerizatsiyasidan so`ng zar asosning ichki yuzasida qoladi. Uni protez
yaltiratilgandan so`ng olinadi, botiq qirg`oqlari yaxshilab tekislanadi.
Dostları ilə paylaş: