Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
VAZIFALAR 
Talaba bilishi kerak: 
- Qisman olib qo`yiluvchi plastinkali tish protezlarida ishlatiladigan 
sun’iy tishlarning turlarini va ularga qo`yiladigan talablarni; 
- Mum tuzilmalik olib qo`yiladigan plastinkali tish protezlarini plastmas-
saga almashtirish laborator bosqichlarini; 
- Mum asosli protez tuzilmasini bemorda tekshirish vaqtida uchraydigan 
klinik, tehnologik hato va kamchiliklarni aniqlashni; 
- Tayyor bo`lgan olib qo`yiluvchi plastinkali tish protezini bemorga top-
shirish qoidalarini; 
- Bemorlarni qisman olib qo`yiluvchi plastinkali tish protezlariga 
ko`nikish jarayonidagi klinik holatlarni; 
- Qisman olib qo`yiladigan plastinkali tish protezidan foydalanish qoida-
larini. 
Talaba qila olishi kerak:
Amaliy ko`nikmalarni bajarishi – sun’iy tishlarni tanlay olish (sun’iy 
tishlar plastmassadan, chinnidan, metalldan bo`lishini tanlay olish). Protezning 
mumli tuzilmasiga yakuniy ishlov bera olishni; protezni model bilan birgalikda 
kyuvetaga joylashtira olishni (gips yordamida), bazis plastmassasini tayyorlay 
olishni va kyuvetaga joylashtirishni; tayyor bo`lgan protezni kyuvetadan ajratib 
olishni; ishlov berib, silliqlashni va pardozlab yaltiratishni; olib qo`yiladigan 
plastinkali tish proteziga (tayyor bo`lgandan keyin) sifatiga baho bera olishini 
bemorga protezni topshira olishni bajarishi kerak. 
4. MAVZUNI ASOSLASH 



Ortopedik stomatologiyada, tish qatorlarining qisman nuqsonlari keng 
tarqalgan o`zgarishlardan biri hisoblanadi. Bunday nuqsonlar turli hil protezlar 
yordamida ortopedik davolaniladi. Tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib 
qo`yiluvchi plastinkali tish protezlari bilan davolash katta ahamiyatga egadir. Bun-
day nuqsonlarni o`z vaqtida davolash (protezlash), tish-jag` tizimidagi, kelib chiqi-
shi mumkin bo`lgan o`zgarishlarini oldini oladi. Olib qo`yiladigan plastinkali tish 
protezlarini tayyorlashda laborator bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. La-
borator bosqichlarni o`zlashtirish, talabalarning bemorga tayyor tish protezlarini 
taqishda katta ahamiyatga egadir. Protezlarning olib qo`yiladigan plastinkalik 
tuzilmalarini, turli nuqsonlarda qo`llanishini, klinik va laborator jixatidan asoslab 
berish, talabalarning bilim darajasini oshirishda katta ahamiyatga egadir. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin