OLIB QO`YILUVCHI PLASTINKALI PLASTMASSADAN TAYYORLANGAN TISH PROTEZLARINING ASOSINI (BAZISINI) METALL BILAN QOPLASH (METALL KUKUNI) USULI Akril plastmassalaridan tayyorlangan protezlarda bemorlarda allergik ho-
lat ko`zatishganda, yuqorida aytilgan usullardan tashqari yangi usullar qo`llanishi
mumkin. Bu usul yordamida plastinkasimon tish protezlarining asosini (bazisini)
kimyoviy yo`l bilan metall kukuni qoplanadi. Buning uchun kimyoviy yo`l bilan
elektrolit eritmalari bo`lgan, kumush, oltin, palladiy elementlari ishlatiladi. Xi-
miyaviy reaksiyani olib borish uchun odatda kumush nitrat yoki uning aralash to`z
(AgNH
3
) NO
3
) qo`llaniladi.
Qaytaruvchi sifatida esa formaldegid yoki glyukoza ishlatiladi.
Kumushning plastmassa asos bilan birikish mexaniq jarayon bo`lib, metall bilan
qoplanuvchi yuza mayda gadir-budurlikka ega bo`lishi kerakdir, hamma yuza spirt
bilan yog`sizlantirilgan va toza yuvilishi kerakdir. Lekin kumush protez asosidan
2-3 hafta ichida yo`qolib ketadi. Natijada qayta metallash uchun bemor bir necha
bor qatnashiga to`g`ri keladi.
Akril plastmassali bazis protezlarining yuzasini oltin bilan qoplash ancha
samarali bo`lib, oltinning plastmassa bilan adgeziyasi yetarli darajada mustahkam
bo`ladi.
OLIB QO`YILADIGAN PLASTINKALI TISH PROTEZLARINING SINISH SABABLARI VA ULARNING TO`ZATISH USULLARI Olib qo`yiladigan plastmassali tish protezlarning sinish holatlari quyidagi sabablar orqali yuzaga kelishi mumkin: 1. Asos plastmassa hom-ashyosining fizik-kimyoviy xususiyatlarining
yetishmovchiligidan
2. Tish texnigining plastmassani tayyorlashdagi laborator bosqichlarini
noto`g`ri olib borishi natijasida
3. Bemorlarning protezni taqib yurishi vaqtidagi ehtiyotsizligi natijasida
4. Jag` suyagining atrofiyasi natijasida protez maydoni sohasining protez
asosiga mos kelmasligi natijalari orqali tish protezlari sinishi mumkin.
Qisman olinuvchi plastmassali plastinkasimon tish protezlarining sinishi,
tabiiy tishlar bor sohasiga to`g`ri keladi.