Toshkent tibbiyot akademiyasi tish qatorlarining qisman nuqsonlarini olib



Yüklə 434,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix20.12.2023
ölçüsü434,45 Kb.
#187282
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
LABORATOR USUL 
Laborator usuli bilan protez asosini tiklashda (perebazirovka), protezni 
tayyorlash yuqorida aytilgan usul bo`yicha tayyorlaniladi. Ana shu bemor taqib 
yurgan proteziga hususiy qoshiq sifatida foydalanib, selikonli qolip olinadi. 
Laboratoriyada texnik protezni qolip bilan birgalikda to`g`ri usulda kyu-
vetaga ko`madi. Kyuvetani ochgandan so`ng protez asosidagi qolip oluvchi hom-
ashyo olib tashlaniladi. SHundan keyin asos plastmassasi (Etakril, Ftoraks) tayyor-
lanib klip o`rni to`ldiriladi va polimerizatsiya bosqichi olib boriladi. Bu usulning 
afzalligi shundan iboratki, bunda protez asosi, o`zi tayyorlangan plastmassadan 
qayta tiklanadi, shilliq qavat bilan zich yopishadi. Tiklangan qavat asosidan ajralib 
turmaydi. Toksik ta’sir ko`rsatmaydi.
 
MASHG`ULOTDA QO`LLANILADIGAN YANGI
PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALAR 
 «Muammoni hal qilish», «Qora quticha»,
«Dumaloq stol atrofida» 
«MUAMMONI HAL QILISH» USULI 
Ushbu usul mashg`ulot davomida har bir talabaning faol qatnashishini 
ko`zda tutadi. Bu usul bo`yicha har bir talaba mavzuning ma’lum bir bo`lagini 
olib, mustaqil ravishda tayyorlanib, o`z javoblariga asoslangan holda, muammoni 
hal qiladi. Guruhga mavzuning qismlari bo`yicha vaziyatli muammo tarqatiladi. 
Masalan «qisman olib qo`yiluvchi tish protezlarida ishlatiladigan sun’iy tishlar», 
har bir talaba o`zining mavzusi bo`yicha javoblarini 5 daqiqa ichida yozadi. 
So`ngra yon qo`shnisi bilan maslahatlashadi va o`zining javob variantini aniqlaydi. 
Keyin yana bir qo`shni talaba bilan maslahatlashib, yana bir javob variantini 
aniqlaydi. Bu holatda har bir guruhda 3-tadan talaba ish olib boradi. Natijada tala-
balar guruh uchun ma’qo`l, to`g`ri bo`lgan javob variantini o`z daftariga yozadilar. 
So`ngra javoblar muhokama qiladi va to`ldiriladi. Usulning ohirida o`qituvchi 
berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faoliyatini aniqlaydi. 

Yüklə 434,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin