24
so`rovnomani oladilar. Surovnoma orqali har bir talaba, mavzuning o`ziga tegishli
qismini aniqlaydilar va daftarga yozib tayyorlanadilar. Talabaga tayyorlanishi
uchun 10 daqiqa beriladi.
So`ngra javoblar muhokama qilina boshlaydi. Muhokama qilinayotganda
talabalarning javob berishi, mavzuning ketma-ketligiga asoslangan holda olib bori-
ladi. Ketma-ketlik avvaldan tayyorlanib yozib qo`yiladi va hamma ko`radigan
holda qog`ozga yozilib, stol o`rtasidagi joylashtiriladi. YOzilgan ketma-ketlik aso-
sida talabalar javob bera boshlaydilar. Har bir mavzuning qismi boshqa talabalarn-
ing muhokamasi va o`qituvchining to`ldirishi bilan olib boriladi. Usulning ohirida
o`qituvchi ko`rilgan mavzuning har bir qismini muhokama qiladi va talabalarning
faolligini aniqlaydi. Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va
talabada
mustaqil fikrlash, mulohaza yuritishni shakillantiradi.
«DUMALOQ STOL ATROFIDA» USULI
Quyidagi usul orqali har bir talabaning bilim darajasini aniqlash bo`lib,
ularning mustaqil ravishda, mavzuni muhokamasida
faol qatnashishlarini
ta’minlaydi. Buning uchun talabalarga o`tilgan mavzu bo`yicha, tayyorlanish
uchun vaqt beriladi. Talabalar doira bo`lib, o`tiriladilar. Mavzu bo`yicha
qisimlarga bo`lib tayyorlangan so`rovnoma talabalarga tarqatilgan.
Avval
mavzuning boshlanishi va ketma-ketligiga ahamiyat bergan holda so`rovnoma
tarqatiladi. (masalan mavzu bo`yicha: «Tekshirish usullari», «Klinik o`zgarishlar»,
«Qisman olib qo`yiluvchi plastinkali tish protezini tayyorlash klinik bosqichlari va
h.k.).
Guruhda har bir talabaga alohida, alohida mavzu so`rovnomasi tarqati-
ladi. Talabalar o`z mavzusi bo`yicha javoblarni yozadilar
va keyingi talabaga
so`rovnomani o`tkazadilar. SHu tariqa hamma talabalar har hil mavzu
so`rovnomasi asosida o`z javoblarini daftarlariga yozib oladilar.
Natijada har bir
talaba nechta so`rovnoma tarqatilgan bo`lsa shuncha hil javoblarni o`z daftarlariga
yozadilar. SHundan so`ng har bir so`rovnoma bo`yicha muhokama olib boriladi va
daftarlarga yozilgan javoblar solishtirib, tekshiriladi. Noto`g`ri javoblar o`chiriladi.
SHu tariqa har bir talabaning butun dars mavzusi bo`yicha faolligi aniqlaniladi va
baholaniladi.
Dostları ilə paylaş: