portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
Gidroid poliplar metamorfozi Eng sodda metamorfoz gidroid poliplarda uchraydi. Gidrasimonlar
tuxumining po‘sti bolmaydi, shuning uchun ulardapostembrional rivojlanishning
boshlanishi shartli ravishda seloblastula hosil bo‘lishi bo‘lib, hujayralarning
xivchinlari bor. Bunday blastulasimon lichinka suzib yuradi, ammo oziqlanmaydi.
Uning tuzilishi murakkablashib boraveradi. Entoderma hujayralarining bir qismi
blastoselga migrasiya qiladi va uni to‘ldiradi. Bu lichinka parinximula deyiladi.
Keyin entoderma hujayralari blastoseldan tarqalib ketadi yoki qisman
regenerasiyaga uchraydi va gasdtrosel bo‘shligi paydo bo‘ladi, epiteliy hujayralari
ko‘payadi. Lichinkaning bu bosqichi planula deyiladi. Bu lichinkada nerv,
interstisial, bezli va otiluvchi hujayralar farqlanadi. Keyin planula oldingi qismi
bilan subtratga yopishadi va yassi shaklga keladi, undan yuqoriga poyachalar o‘sib
chiqadi. Poyachaning uchi kengayib, unda og‘iz, paypaslagichlar paydo bo‘ladi.
Ypsh polip oziqlanadi, o‘sadi va yangi koloniya hosil bo‘ladi (106-rasm).
106-rasm. Gidrasimonlar metamorfozi (I.I.Mechnikov, 1886 bo‘yicha).
A-Tiara leycostula blastulasi; B,V,G,-Slytia flavidulada parinximula hosil
bo‘lishi; B-, V-polyusli immaginasiya; G-parinximula; D-Clytia flavitula
planula lichinkasining substratga yopishishi; E,J-Clytia flavidula gidrantining
paydo bo‘lishi.
Metamorfoz davridagi gidroid poliplarda chuqur degenerative jarayonlar
sodir bo‘lmaydi, faqat paypaslagichlar yo‘qoladi. Asta- sekinlik bilab gavdasi
murakkablashib boradi. Ammo fiziologik jihatdan metamorfozning yuqori
cho‘qqisi planula lichinkasining substratga yopishish davri hisoblanadi. Shundan
keyin gidroid polip erkin yashashdan o‘troq holatga o‘tadi, faol ozqlana boshlaydi
va fiziologik holati o‘zgaradi. Parinximula va planula gavdasining biruchi bilan
oldinga suzib yuradi, o‘troq holatga o‘tgandan keyin qarama qarshi tomoni
(vegetative qutbi) faol holatga o‘tadi va unda og‘iz hosil bo‘ladi. Ba‘zan lichinka
yon tomoni bilan substratga yopishadi va tarmoqlangan gidroriza hosil bo‘ladi,
keyin undan yuqoriga qarab gidrantlar hosil bo‘ladi. A.A.Zaxvatkin (1949)
fikricha, gidroid poliplar metamorfozi organizmning vaqtincha depolyarizasiya
orqali sodir bo‘ladi.
Ko‘plab gidroid poliplar metamorfozining qisqarishi, ya‘ni blastula,
parenximula, ba‘zan planula bosqichlarining passiv embrional holatga o‘tishi
kuzatiladi.