226
qutbidan yoki brlamchi ichak devoridan ma‘lum hujayralarning ko‘chishi tufayli
mezenxima hosil bo‘ladi. Blastopor anal teshigiga aylanadi, uning qarama qarshi
tomonining qorin qismidan og‘z teshigi hosil bo‘ladi. Ana shundan keyin
xivchinlar hosil bo‘ladi. Bu lichinka diplevrula deyiladi (107- rasm).
107-rasm. Asterias vulgaris metamorfozi (E.Mak Brayd, 1914 bo‘yicha).
A-selom hosil bo‘lishi; B-diplevrula; V,G-uch haftalik biplanariya; 1- mezinxima;
2- selom paydo bo‘lishi; 3- kiprikli ip; 4-stomodeum; 5- qizilo‘ngach; 6-
oshqozon; 7-postoral kiprikli ip; 8- preoral kiprikli ip; 9- og‘iz10- selom; 11-orqa
ichak; 12-anal teshigi.
Lichinkaning bundan keyingi o‘sishi og‘iz atrofda chuqurchalar,
do‘ngliklar, o‘simtalar kiprikli iplar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Ninatanlilarning har bir sinfi uchun o‘ziga xos lichinkalar hosil bo‘ladi. Dengiz
yulduzlar rivojlanishi davrida biplanariya ,goloturiya uchun aurikuliariya, dengiz
tipratikani va ofiuritlar uchun pluteus, dengiz liliyalari uchun bochkasimon
lichinka xosdir. Ammo ninatanlilarning lichnkasi turli tuman va murakkab
tuzilganligiga qaramay, ikki tomonlama simmetriyaliligi bilan xarakterlanadi. Toq
selomik xalta 3 juft selom hosil qiladi va ular ichaklarning yon tomonlarida
joylashadi.
O‘ng tomondagi selomlar rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Chunki jinsiy
voyaga yetgan ninatanli paydo bo‘lishi uchun chap tomondagi selomlar katta
ahamiyatga ega. Jumladan chap tomondagi selomlarning o‘rtadagisidan gidrosel
xosil bo‘ladi.
Lichinkaning bilaterial segmentli tuzilishidan jinsiy voyaga yetgan hayvonning
radial simmetriyali tuzlishiga o‘tishi quyidagicha bo‘ladi. Gidrosel qizilo‘ngachni
o‘rab ba o‘g‘z oldi halqasiga kelib tugaydi. Gidrosel yuzasida 5 ta radial kanallar
paydo bo‘ladi .kanallarning yo‘llarida ambulakral oyoqlar hosil bo‘ladi. Dengiz
tipratikanlarida metamorfozning murakkablashishiga sabab barcha shakl hosil
qiluvchi jarayonlar amnion bo‘shlig‘da yig‘ilgan bo‘lib, organlar gidrosel sohasida
teri qavatining qatlamlanishidan paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, ninatanlilar metamorfozida radial simmetriya gidrosel
tuzilishiga ta‘sir etadi. Gidrosel organlar hosil bo‘lishida ―tashkilotchi‖ vazifasini
bajaradi. Dengiz tipratikani rivojlanishida ba‘zan plyteus lichinkasi paydo bo‘ladi.
Unda selom o‘ng va chap tomonlarida yaxshi rivojlangan bo‘lib, ikkita gidrosel,
ikkita amnion bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Natijada dengiz tipratikanining oral
qismidagi organlar ikki barobar ko‘p bo‘lib tug‘ma mayib individ paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: