229
Neyro secretor hujayralar trakal bezining faoliyatini kuchaytiruvchi
moddalar ishlab chiqaradi. Agar torakal bezi olib tashlansa, hasharot linka
xususyatini yo‘qotadi va bundan keyingi o‘sishi hamda rivojlanishi davom
etmaydi. Agar torakal bezi reinplantasiya qilinsa, linka jarayoni yana qaytadan
tioklanadi. Torakal bezi metamorfoz davrida o‘zining maksimal rivojlanishiga
yetadi. Imagoda torakal bezi degenerasiyaga uchraydi va shuning uchun imagoda
linka kuzatilmaydi. Yondosh tanadan ajralib chiqadigan secret yuvinil gormoni
deyiladi. Agar qonda yuvinil gormoni ma‘lum miqdorda bo‘lsa, lichinka linkadan
keyin katta morfa anatomic o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Metamorfoz oxirida
qonda yuvilgan gormonning miqdori kamayadi. Natijada gavda tuzilishi o‘zgarishi
sodir bo‘ladi va lichinkadan imago hosil bo‘ladi. Qandalalarda yondosh tana olib
tashlanganda, muddadidan oldin metamorfoz sodir bo‘lib, pakana jinsiy voyaga
yetgan qandala paydo bo‘lganligi tajr ibada aniqlangan. Agar oxirgi yoshdagi
lichinkaga birinchi yoshdagi lchinkaning yondosh tanasi transplantasiya qilinsa
unga bir qancha lichinkalik bosqichi qo‘shiladi, ya‘ni ortiqcha linka sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, hashartlar metamorfozi murakkab morfoanatomik o‘zgarishlar
amalga oshishi bilan boradigan jarayon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: