S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
тарихий грамматика

Ismlardan sifat yasovchi affikslar
. Ism turkumiga oid so’zlardan sifat 
yasashda quyidagi affikslar qo’llangan:
 
-lыg’/-lig,-luq/-lug’,-lүk/-lүk

Ushbu 
affiks 
variantlarining
ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha: 
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek, 
barcha yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq 
negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq 
negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi: 
ag’ыzlыq, yazlыq, bag’lыg’, 
tatlыq, yashlыq, qanlыq, biliglig, qorg’anlыq, atlыq, yarag’lыg’, evlik, 
yamag’lыq, kechәlik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda 
lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator 
variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi: 
boyluq, 
qayg’uluq, otluq, anduhluq, kүchlүk, yүzlүk, olturushluq, kөrklүk, tүrlүg, 
qutluq, otlug’, otluq, yamg’urluq, tүklүk, uyluk, yosunluq, sүtlүk, kүlgүlүk, 
kүchlүk, sүyүklүk. 
Ba’zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili 
negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari 
yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga 
qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi. 
-lы/-li,-lu/-lү.
Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan 
singarmonizm konuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq 
negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan: 
kendli, otlы, 
yag’lы, tatlы, meңizli, kerәkli, biligli, yaralы, yaqalыg’ 
kabi. Lablangan -lu/-lү 
variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm 
qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki 
so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli kattiq 


22 
negizlarga affiksning orqa kator variantlari, yumshoq negizlarga old qator 
variantlari qo’shilishi kerak bo’lgani holda, bu qonuniyatga mos ishlatilish 
siyrak kuzatiladi: 
otlu, tug’lu, kөzlү, yuzlu, kөrүklү 
kabi misollar kam uchraydi. 
Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga affiksning lablangan 
variantlari, aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan 
variantlari qo’shilib keladi: g’
amlu, namlu, bag’lu, yollыg’, qoylы, tug’lы, 
kөkli kөzli 
kabi. 
gi/-g’ы, -qы/-ki
affiksi qadimiy mahsuldor morfemalardan bo’lib, O’rxun-
enisey, qadimgi uygur yozuvi obidalari, XI—XIV asrlarga mansub yodgorliklar 
tilida ham ancha keng ko’llangan: 
Bayaqы yolg’a tegdilәr (QR). Javhar 
balchыqqa tushsa, burung’ы bikin nafis turur (SS). Astыndaqы azaqlarыna qara 
qushlarnы bag’ladы (QR). Bu elkindәki narsalar ne turur(NF). 
-dag’ы/-dәgi, -daqы/-dәki.
Bu affiks asosan otlarga qo’shilib, o’ringa va 
paytga mansublik ma’nosidagi sifat yasaydi: misol?
 
-sыz/-siz.
Bu affiks asosan otlarga qo’shilib o’zakdan anglashilgan 
narsaga, holatga, xususiyatga ega emaslik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi: 
Vasl noshi
dunyāda bolmas, Atāyi nishsiz(Atoiy). Qapug’ыn eshiki yarag’sыz 
turur(QR). 
Eski o’zbek tilida fors-tojik tilidan o’zlashgan quyidagi affikslar ham faol 
qo’llangan: 
-iy. 
Adabiyotlarda «yoyi nisbat» deb yuritiladi va nisbiy sifat yasaydi: 
SHah qыlыb xыl’atыnы rayhāniy, 
Rāst andaq ki sarvi bostaniy 
(Xamsa) 
-nāk. 
Otdan muayyan belgiga ega bo’lgan sifat yasaydi: ... 
la’li ātashnāk 
(Mahb.q), 
... kөңlүm g’amыdыn ul g’amnāk 
(Mahb.q). 
-gүn. 
Rang bildiruvchi sifat yasaydi: 
Subhыdam kim sipehri mināgүn 
Yerni bayzādыn etti bayzāgүn. 
(Xamsa). 
-vash. 
O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:...
shahzādayi parivash... 
(Mah.q.), ...
 māhvash sāqiy... 
(Mah.q.). 
-vār. 
O’xshatish ma’nosidagi sifat yasaydi:
 buzurgvār, umidvār. ... durri 
shāhvār үzүlүp yergә tүshti 
(Mah.q.). 
Bu affikslardan tashqari, 
-in, -fām, -āniy 
sifat yasovchi affikslari ham 
qo’llangan. 
 
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar

Fe’ldan sifat yasovchi affikslar unchalik ko’p 
emas. Ulardan faqat birgina affiks sermahsul bo’lib, qolganlari kammahsul va 
o’ta kammahsul affikslardir. 
Ular quyidagilar: 
-g/-g’,-q/-k(ыg’/-ig,-ыq/-ik,-ug/-үg’,-uq/-үk).
Affiks 
variantla- 
rining 
ko’pligi singarmonizm qonuni amalda bo’lganligidan dalolat beradi. Biroq 
yumshoqlik-qattiqlik va lab garmoniyasi qoidasining bir qadar buzilishi 
kuzatiladi, jarangli va jarangsiz undoshli variantlar ishlatilishida muayan 


23 
qonuniyat va fonetik sharoitni belgilash qiyin. CHunki ayrim manbalarda 
asosan jarangsiz undoshli variantlar ishlatilsa, ularning ko’pchiligida (hatto bir 
so’z doirasida ham) har ikkala variant baravar qo’llanaveradi. Lekin umumiy 
nisbatiga ko’ra jarangsiz unlili variantlar aksariyatni tashkil qiladi. 
Fe’dan sifat yasashda eng sermahsul bo’lgan bu affiks yordamida yasalgan 
sifatlarda o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq belgi-xususiyatga egalik 
tushunchasi ifodalanadi: 
Demasun qorqaq (SHN). Bu rud quruq ruddur, munda 
hargez suv bolmas (BN).
-n(-ыn -in

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin