Kөңlүmgә dәrd kelgәli...(Boburnoma). Elikkә meniң yashыm yeti (SH. turk) .
-a /-ә. Bu affikslar undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi. Lekin uning
qo’llanishi janrlar bo’yicha chegaralangan. Bu forma XIII- XIV she’riy asarlarda
ham, prozaik asarlarda qo’llangani holda, XV asr va undan keyingi davrlarda
asosan
she’riy
asarlarda
uchraydi:
Bashlarыnы qashыma yetkүrүңүz (SHayboniynoma). Kel, taqы yurtuңa egә bol (SH.tar.). Ne uchun avval өzүңә āshnā qqыldың meni (Otoiy). Yā rabb, ne ajab yāri jafākāra yoluqtum \\ Kөzi-yu qashы jādu-vu makkara yoluqtum (Lutfiy). Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan
–g’aru/-gәrү//-qaru/-kәrү//-ru/-rү affikslari
eski o’zbek tilida o’zining kelishik funksiyasini yo’qotgan. Ular keyinchalik eski
o’zbek tilida ham ravish yasovchilarga aylanib ketgan.
Qadimgi turkiy tilga oid bo’lgan
–ra/-rә affiksi «Tafsir»da uchraydi:
Ya Muhammad, tashra chыq. Biroq keyinchalik bu affiks ham ravish yasovchiga o’tib
ketgan:
ichrә (ichkari), asra (pastki, quyi). Jo’nalish kelishigining belgisiz qo’llanishi ham eski o’zbek tili uchun
xarakterli bo’lgan. Misollar:
Senki ul yan әzimәt etkүңdүr (Navoiy). Bir inisin yibәrүr boldы Hisār (SHayboniynoma). O’rin-payt kelishigi . Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari
uchraydi:
-da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:
Qayg’uda za’if boldы (QR). Yүzүңdә nurы tajallы, labыңda javhari ruh (Lutfiy). -ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shiladi:
Bu ishtә ixtыyarыm yoq turur (Atoiy). Tanыmaqta mәgәr yanыlmыsh-sen (Navoiy). O’rin-payt kelishigining
–ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa
asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham
–da/-dә affiksi
qo’shila bergan.