So’z turkumi – so’zlarning leksik- grammatik xususiyati bo’lib, so’z
ma’nosi, morfologik kategoriyalarga egaligi, sintaktik vazifasi jihatdan
guruhlanishidir.
Grammatik kategoriya – bir tizimdagi shakl (forma)lar jami, u odatda
shakllanmagan va shakllangan so’z shakllarining ziddiyatidan (oppozitsiyasidan)
hosil bo’ladi.
Kelishik kategoriyasi Reja: 1. Kelishiklar taraqqiyoti. 2. Eski o’zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari. 3. Eski o’zbek tilida jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklari. Kelishiklar gapda otning yoki otlashgan so’zning fe’lga, ba’zan boshqa so’z
turkumiga munosabatini ifodalaydigan formalardir. Eski o’zbek tilida hozirgi
o’zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Turkiy tillar taraqqiyotining
qadimgi davrlari uchun xarakterli bo’lgan vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga
oid yozma yodgorliklar tilida ham ma’lum darajada qo’llangan. XV asr va undan
keyingi davrlarda vosita kelishigining qo’llanishi ancha chegaralangan bo’lib,
o’zining grammatik xususiyatini yo’qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida
iste’moldan chiqqan. SHu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo’llangan
so’zlar ravish kategoriyasiga o’tgan yoki o’tish jarayonida bo’lib, payt, holat kabi
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:
Āh urub, faryād etәr-men sensizin \\ bu vujudыmdыn qalыbtur yalg’uz үn (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin , qыlg’ay fыg’ān (Atoiy). Bosh kelishik . Odatdagidek, bu kelishik maxsus ko’rsatkichga ega bo’lmaydi.
Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida kelishidir: