S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
тарихий грамматика

,o,e. 
3.
Quyi(keng
): a,ә,ā.

III. Lablarning ishtirokiga ko’ra: 
1.
 
Lablangan: 
u,ү,o,ө,ā. 
2.
 
Lablanmagan: 
a,ә,i,ы,e. 
Arab yozuvi asosidagi eski o’zbek yozuvida bu unlilarning har biri uchun 
alohida belgi bo’lmasa-da, so’zning o’zak va qo’shimchasi tarkibidagi q,g’ 
o’zakdagi unlining qattiqligiga, k,g esa yumshoqligiga ishora qilib keladi: 
atqa-
otga; etkә-go’shtga; tөrgә-to’rga, (yuqoriga). 
Hozirgi o’zbek adabiy tili talaffuzi va yozuvida old qator(yumshoq) va orqa 
qator(qattiq) unlilar keskin farqlanmaydi. Lekin eski o’zbek tilida bu farq katta 
ahamiyatga ega. Unlilarning qatori old, orqa ekanligi tilning gorizontal-tishlar yoki 
bo’g’iz tomonga harakati bilan belgilanadi. Tilning tishlarga yaqinlashgan holatida 
talaffuz etilganda, old qator unlilar hosil bo’ladi. Orqa qator unlilar talaffuz 
etilganda, tilning uchi milkdan ancha uzoqlashadi. 
Unlilarning qattiq-yumshoqligi hozirgi o’zbek tilidan boshqa barcha turkiy 
tillarda, shuningdek, eski o’zbek tilida ham juda katta ahamiyatga ega, unlilarning 
qattiq-yumshoqligi so’z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladi: 
olturdы-
o’tirdi,өlturdi-o’ldirdi;tөr-uyning to’ri, tor-to’r,tuzoq. 
O’zbek tili tarixida cho’ziq unlilar haqida so’z yuritilganda, uch masalani 
farqlash lozim: 
1.Arab va fors tillaridan eski o’zbek tiliga kirib kelgan so’zlarda cho’ziq va 
qisqa unlilarning o’zaro munosabati. 
2.
Turkiy so’zlardagi unlilarda birlamchi cho’ziqlik. 
3.
Turkiy so’zlardagi ikkilamchi cho’ziqlik. 
Arab va fors tillarida unlilar ikki xil- qisqa va cho’ziq bo’ladi. Bu tillardagi 
cho’ziq-qisqalikning farqi mustaqil fonologik farq bo’lib, cho’ziq va qisqa unliar 
alohida fonemalarni tashkil etadi. Lekin bu tillarda unlilarning qattiq-yumshoqligi 
farqlanmaydi. 
O’zbek tiliga arabcha va forscha so’zlar kirib kela boshlashi bilan bu 
so’zlarda cho’ziq va qisqa unlilarning ma’no farqlash vazifasi ham kirib keldi: 


12 
ā
dām- odam; adam-yo’qlik; a 
va ā bilan eski o’zbek tilida mavhum otlarning birlik 
va ko’plik formalari farqlanadi: 
adab-adab, ādāb-odoblar.
Turkiy so’zlardagi birlamchi cho’ziqlik masalasi juda murakkabdir. Olimlar 
taxminiga ko’ra juda qadimgi yozma yodgorliklari bizgacha etib kelmagan 
davrlarda (umumturkiy tilda)- turkiy so’zlarda cho’ziq va qisqa unlilar farqlangan.
Eski turkiy hamda eski o’zbek tilida cho’ziq va qisqa unlilarning farqlanishi, 
ularning fonologik ahamiyati haqida qarama-qarshi ma’lumotga egamiz. Mahmud 
Qoshg’ariy, Tole’ Hiraviy, Mirza Mahdiyxon va boshqa tilshunoslar cho’ziq a, 
ba’zan cho’ziq i unlisi haqida yozadilar. Mahmud Koshg’ariy a unlili so’zlarni ikki 
alif bilan keltirgan.
Mahmud Koshg’ariy turkiy so’zlarning unli tovushlarini tavsiflab shunday 
yozadi: «Unlilarni cho’ziq yoki qisqartirib talaffuz qilish so’zga zarar bermaydi» 
(MQ, I, 385). «Devon»ning boshqa bir joyida yana ham aniqroq qilib yozadi: 
yыg’āch 
deyish ham mumkin, 
yыg’ach 
deyish ham mumkin, 
tānuq
deyish ham, 
tanuq 
deyish ham mumkin. (MQ, II, 45).Mahmud Qoshg’ariyning bu so’zlaridan 
bitta xulosa chiqarish mumkin: XI asr adabiy tilida cho’ziq unlilar shu davr urug’-
qabila tillarida bir xil bo’lmagan, ya’ni u ayrim urug’-qabila tillari (shevalari)da 
mavjud bo’lgan va ayrimlarida esa qo’llanmagan. Ma’lumki, bu holat hozirgi 
o’zbek tilida ham shunday holatdadir. Birlamchi cho’ziq unlilar hozirgi o’zbek 
tilining Iqon, Qorbuloq, Forish kabi shevalarida saqlanib qolgan, boshqa 
shevalarda esa qo’llanmaydi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
qadimgi turkiy tilning barcha shevalarida birlamchi cho’ziqlik umumtil xarakteriga 
ega bo’lmagan. 
Alisher Navoiy eski o’zbek tilining fonetik imkoniyatlari, she’r tuzish va 
qofiyalashdagi qulayliklari haqida to’xtalib, bu tildagi unlilarning qisqa ham, 
cho’ziq ham talaffuz etilishi she’riyat uchun qulay ekanini ta’kidlaydi.Buyuk 
mutafakkir, jumladan, 
ara 
so’zini 
ara
sifatida talaffuz etib, forscha 
sara, dara 
so’zlari bilan ham, 
arā 
sifatida talaffuz qilib, cho’ziq unlili forscha 
sarā, darā 
so’zlari bilan ham qofiyalash mumkinligini uqtiradi (ML, 114). Alisher 
Navoiyning bergan ma’lumotlaridan ham qat’iy xulosa chiqarish mumkin: turkiy 
so’zlarda cho’ziq-qisqalik fonologik vazifani bajarmagan. 
Eski o’zbek tilidagi keyingi cho’ziqlik so’zning o’rtasi va oxirida 
g,g’, y, h 
tovushlarining tushib qolishi natijasida hosil bo’lgan: 
bi:z-bigiz; ki:z-kigiz; qы:n-
qiyin.
Alisher Navoiy 
biz-biz(
kishilik olmoshi

va 
bi:z-bigiz 
so’zlarini zid qo’yar 
ekan, mana shu keyingi cho’ziqlik haqida ma’lumot beradi(ML,114). 
 Unlilar uyg’unligi 
(
singarmonizm
- grekcha 
sin
-o’xshash, 
harmoni
- ohang) 
turkiy tillarning muhim fonetik xususiyatlaridandir. Unlilar uyg’unligi deb, 
so’zning o’zak va qo’shimchalaridagi tovushlarning o’zaro moslashishi, 
uyg’unlashishi, bir-biriga o’xshash bo’lishiga aytiladi.
 
Unlilar uyg’unligi 
tanglay(palatal-velyar) 
va 
lab(labial) 
kabi ikki turga 
bo’linadi. 
Tanglay uyg’unligi.
So’zning o’zagida orqa qator (a,ы,o,u,a) unli bo’lsa, 
qo’shimchada ham orqa qator unli, so’zning o’zagida old qator unli (ә,e,i,ү,ө,) 
kelsa, qo’shimchada ham old qator unli kelishi tanglay uyg’unligi 
deyiladi.Misollar: 
atnың, kelgәn,barg’an,ishlәr. 


13 
Eski turkiy va eski o’zbek tillaridagi tanglay uyg’unligining o’rta asr 
tilshunoslari tomonidan talqini ham diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg’ariy 
turkiy so’zlarni ikki guruhga 
q,g’ 
li qattiq o’zakli so’zlar, 
k,g 
li yumshoq o’zakli 
so’zlarga bo’ladi. 
Lab uyg’unligi.
So’zning o’zagida lablangan 
o,ө,u,ү
unlilardan biri kelsa
qo’shimchadagi unli tovushning ham o’zakdagi unli tovushga moslashib 
lablanishiga lab uyg’unligi deyiladi. Tanglay uyg’unligidan farqli o’laroq, lab 
uyg’unligi keng tarqalmagan.Misollar: 
qolum, kөzүm, yүzүm, tushtum. 
Singarmonizm qisman undoshlarga ham aloqadordir. Old va orqa qator 
unlilarninguyg’unlashib kelishi so’zlardagi undoshlar variantini tanlashga olib 
keladi. Masalan, 
boshlag’an, kelgәn
so’zlaridagi sifatdosh qo’shimchasining 
g’
va 
g
undoshlarda qatnashishi unlilar uyg’unligi tufaylidir. Bu, ayni zamonda, 
affikslarningvariantlarini ko’paytirishga xizmat qiladi (Bu haqda morfologiya 
qismida bahs qilinadi). 
 
Undoshlar taraqqiyoti.
Eski o’zbek tilidagi undoshlar tavsifi Mahmud 
Koshg’ariy tomonidan berilgan. Lekin bu tilshunos olim ko’rsatgan undoshlar to’la 
emas. CHunki u eski o’zbek tiliga arab va fors tillar ta’siri ostida o’zlashgan 
f, x, h, 
j
tovushlarini va ayrim boshqa tovushlarni o’z sirasiga qo’shmagan. Eski o’zbek 
tili undoshlari qadimgi turkiy til undoshlari bilan solishtirilganda, eski o’zbek tilida 
yangi undoshlar- lab-tish 
v
va 
f
, lab-lab 
v
, lab-tish 
z
, sirg’aluvchi
 j
, chuqur til orqa 
sirg’aluvchi 
x
, bo’g’iz undoshi 
h
paydo bo’lganini ko’rish mumkin. Demak, eski 
o’zbek tilida quyidagi undoshlar amalda bo’lgan: 
b, p, f, v, m, t, d, s, z, n, r, l, sh, ¥, 
j, ch, k, g, q, g’, ң, y, x, h, ‘ 
Eski o’zbek tili undoshlarini hozirgi o’zbek tili undoshlari bilan solishtirish 
shuni ko’rsatadiki, o’zbek tili tarixida undoshlar keskin sifat o’zgarishlariga 
uchramagan. Undoshlarga oid o’zgarishlar, asosan, yangi undoshlarni o’zlashtirish 
va tovush almashinishlari bilan chegaralanadi, bu esa o’zbek tili tarixida undoshlar 
unlilardan ko’ra barqaror bo’lgan, deb xulosa chiqarish mumkin. 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Old qator va orqa qator unlilarni sanang. 
2.
 
Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar qanday tasnif qilinadi?
 
3.
 
CHo’ziq unlilar haqida gapiring.
 
4.
 
Qadimgi turkiy tilga xos bo’lmagan undoshlarni sanang.
 
5.
 
Manbalardagi arab va fors tilidan o’zlashgan undoshlar qatnashgan 
so’zlarni topib, lug’at tayyorlashga kirishing.
 
Tayanch tushunchalar: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin