14
Palatal singarmonizm
– unlilarning tanglay (old qator-orqa qator)
uyg’unligiga asoslangan singarmonizmning turi.
Unlilarning birlamchi cho’ziqligi
– turkiy so’zlarning birinchi bo’g’inida
qayd qilinadigan unlilarning tabiiy cho’ziqligi.
Unlilarning ikkilamchi cho’ziqligi
– so’zdagi
biror undosh tovushning
kuchsizlanishi va tushib qolishi hisobiga yuz beradigan cho’ziqlik.
Morfologiya. Ot so’z turkumi
Reja:
1.
Morfologiya haqida umumiy ma’lumot.
2.
Grammatik son kategoriyasi.
3.
Egalik kategoriyasi.
Hozirgi o’zbek tilida bo’lganidek, eski o’zbek tilida ham so’z turkumlarining
yirik uch guruhi qayd qilinadi. Bular mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar va
undovlar. Lekin bu so’z turkumlarining ichki
kategoriyalari uzoq davrlar
mobaynida o’ziga xos ravishda taraqqiy etib keldi. Professor SH.SHukurov bu
tarixiy taraqqiyotni uch bosqichga ajratadi:
Birinchi bosqich. Bu bosqichni XIV asrning oxirigacha bo’lgan
davr tashkil
etadi. Bu davr eski o’zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo’lib, bu davr tilida
qadimgi turkiy tilga oid ko’pgina formalar yangi formalar bilan parallel qo’llanib
kelgan hamda yozma yodgorliklarda dialektal hodisalar ko’plab aks etgan.
SHuningdek, bu davr tilida boshqa turkiy tillarga oid bo’lgan so’z
formalari ham
iste’molda bo’lgan.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqich XIV asrning oxiri va XIX asrning 2-
yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda eski o’zbek
adabiy tili
vujudga keldi va ma’lum darajada adabiy me’yorga ega bo’ldi.
Uchinchi bosqich. XIX asrning 2-yarmidan boshlanadi.
Uning xarakterli
xususiyatlari adabiyotda demokratik oqimning paydo bo’lishi,
vaqtli matbuotning
vujudga kelishi, kitoblarning nashr etilishi va shularning
natijasida esa adabiy til
bilan xalq so’zlashuv tilining yaqinlasha borishidir. Demak, o’zbek adabiy tili xalq
jonli so’zlashuv tili hisobiga boyib bordi.
Dostları ilə paylaş: