S. Ashirboev, I. Azimov O’zbek tilining tarixiy grammatikasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/67
tarix21.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#187611
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
тарихий грамматика

islom, Vә hazrat SHayxnың «Mahzanul asrar»ig’a javab aytыbtur (Navoiy, MN).
Arab va fors tillaridagi aniqlovchi-aniqlanmishning joylashuvi bilan o’zbek 
tilidagi aniqlovchi-aniqlanmishning o’rinlashuvi o’rtasida jiddiy farq mavjud. 


64 
Arab va fors tillarida avval aniqlanmish keyin aniqlovchi kelsa, o’zbek tilida 
avval aniqlovchi so’ng aniqlanmish keladi. 
Gap bo’laklari. 
Ma’lumki, gap bo’laklari gapni tashkil qiluvchi so’z 
shakllari, birikmalari va boshqa sintaktik birliklarning tarkibiy va ma’no 
xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Bunda tarkibiy xususiyat tushunchasi gap 
bo’laklarining ifodalanishi, ularning gapdagi boshqa sintaktik hodisalar bilan 
bog’lanishiva sintaktik mavqe tushunchalarini o’zida birlashtiradi, ular ma’lum 
bir ma’noni tashishga xizmat qiladi. 
Bosh bo’laklar.
Ma’lumki, ega fikr ob’ektini, nutq predmetini ko’rsatuvchi 
bosh bo’lakdir. An’anaviy tilshunoslikda gapning hokim bo’lagi ega deb e’tirof 
etiladi. «Ega ikki sostavli gapning bosh bo’laklaridan biridir: u hoqim sostavning 
grammatik markazi, shu sostavdagi bo’laklarga, shuningdek, tobe sostavdagi 
bosh bo’lakka – kesimga ham hokimdir. Ega absolyut hokim holatdagi bo’lakdir. 
U gapdagi fikr, hukm o’ziga qaratilgan predmetning – nutq predmetining 
nomidir. Ega harakatni bajaruvchi yo qabul qiluvchi shaxsdir yoki kesim 
ifodalagan holat, yo belgi qarashli predmet» (G’ulomova A., Asqarova M. 
Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili. Sintaksis. T., 1987, 77).
 
Keyingi yillarda gapning shakliy tomoni bilan bir qatorda, uning mazmuniy 
tomonini o’rganishga ham jiddiy e’tibor berilmoqda, ya’ni tilshunoslikda 
mazmuniy sintaksis degan yangi yo’nalish yuzaga keldi. Bu borada A.Berdialiev, 
R.Sayfullaeva, 
A.Nurmonov, 
N.Mahmudov, 
A.Ahmedov, 
S.Solixo’jaeva, 
M.Abuzalova va boshqalarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tish joiz. Bu 
tadqiqotlarda gapning bosh bo’laklari xususida ham yangicha qarashlar paydo 
bo’ldi. Bu, ayniqsa, N.Mahmudov, A.Nurmonov, M.Abuzalovalarning ishlarida 
o’z ifodasini topdi. Bu qarash bo’yicha o’zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni 
uyushtiruvchi va shakllantiruvchi bo’lak kesimdir. Kesim gapning markaziy 
bo’lagi bo’lganligidan butun tavsifi – grammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik, 
shaxs, zamon, kommunikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab belgilanadi. 
Kesim gap qurilishida uyushtiruvchilik rolini o’ynaydi. To’g’ri, kesim haqidagi 
bunday fikr-mulohazalar an’anaviy tilshunoslikda ham bor. Jumladan
A.G’ulomov shunday yozadi: «Kesim ega bilan o’zaro bog’langan bo’lib, gapning 
uyushtiruvchi markazlaridan biridir: u hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy 
belgilarini (modallik, zamon va shaxsni) – predikativlikni ko’rsatuvchi eng muhim 
bo’lak bo’lganligidan gapning mazmunini, strukturasini, xarakterini belgilashda 
katta rol o’ynaydi, ega nutq predmetini-temani (gapning nima to’g’risida 
borishinigina) bildiradi, shu haqda nima deyilishini, xabarni, xarakteristikani kesim 
bildiradi» (G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi zamon o’zbek tili. Sintaksis. T., 
1987, 84). Olim hatto kesimning gapdagi eng zaruriy bo’lak ekanligini e’tirof 
etadi. Gapning shakllanishida kesim muhim rol o’ynashini aytadi: «Gapni 
maydonga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda 
kattadir: u kommunikatsiyada (aloqa – aralashuv, xabar berishda) asosiy vazifani 
bajaradi. Gapda kesimning ayrim bo’lak sifatida ifodalanmay qolishi kuchli sezilib 
turadi. Demak, gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan juda zich bog’langandir. 
Predikativ aloqaning ko’rsatkichlari, odatda, kesimda bo’ladi» (G’ulomov A., 
Asqarova M., yuqoridagi asar, 1987, 84). 


65 
Ma’lumki, gapning xarakterli belgilaridan biri predikativlikdir. Demak, kesim 
predikativ aloqaning muhim ko’rsatkichi, gap tushunchasi bilan juda zich 
bog’langan ekan, u gapda hokim bo’lak hisoblanishi kerak.
Ega quyidagi ma’no xususiyatlarini bildiradi: 
1.
Harakat, holat va belgini bildiradi: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin