165
Boshqalari esa tarixiy nomga yoki fiziologik ta’siriga
asosan
guruhlanishi mumkin.
Kimyoviy tuzilishiga ko’ra quyidagilar sinflanadi: fenollar,
terpenlar, steroidlar. Fenollar tuzilishi haqida organik kimyo kursidan
yetarli ma’lum otga ega bo’linadi.
Terpenlar qatoriga izopren birligi tutuvchi birikmalar kiritiladi.
Steroid turkumiga siklopentanopergidrofenantren skeleti tutgan
moddalar kiritiladi.
Alkaloidlar sinfi “al qali” arabcha so’zidan fanga kirib kelgan
va ishqoriy ma’noni bildiradi. Kimyoviy tuzilish nuqtai nazaridan
ular turli bo’ladi, lekin, barchasi azot tutgan
fiziologik faollikka ega
bo’lgan tabiiy asoslardirlar. Yuqorida sanab o’tilgan tabiiy
birikmalarning qolgan sinflarining nomlari ularning fiziologik
faolligiga bog’liq ravishda ishlatiladi.
Tabiiy birikmalarni tirik organizmda bajaradigan vazifalari
turlicha. Bundan tashqari, ularning inson
tomonidan aniqlangan va
tibbiyotga kashf qilingan xossalari ham ma’lum .
Steroid birikmalar ichida jinsiy gormonlar, buyrak usti bezi
gormonlari(kortikoidlar), hasharotlarning metamorfoz gormonlari,
yurak glikozidlari, ko’pik hosil qiluvchi moddalar.
Alkaloidlarning barcha funktsiyalari hali to’liq aniqlanmagan.
Ular
kislorod tashuvchi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok
etuvchi, himoya qiluvchi, ayrim guruhlari kofermentlar tarkibiga
kiruvchi vazifalarni bajaradilar. Ko’p guruh birikmalarining fiziologik
faolligi ularning nomida aks ettirilgan: vitamin, antibiotik va hokazo.
Tabiiy birikmalarni xomashyodan ajratib olish uchun turli
usullar ishlab chiqarilgan. Ularni ikkita
katta guruhga sinflash
mumkin.
1.
Ma’lum sinf moddalarni maqsadli olish uchun
Dostları ilə paylaş: