Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


–1850- yillardagi xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
1815–1850- yillardagi xalqaro munosabatlar.
Napoleon armiyasi tor-mor 
qilingandan va Fransiyada I imperiya qulatilganidan keyingi dastlabki yillar 
feodal-zodagonlar reaksiyasining hukmronlik davri bo’ldi. Feodal-aristokratlar 
reaksiyasi esa umumyevropa tusini oldi. “Muqaddas ittifoq”ning siyosati o’sha 
vaqtda eng kuchli bo’lgan Napoleon imperiyasi ustidan qozonilgan g’alabalarning 
ko’pgina samaralaridan Yevropa xalqlarini mahrum etdi. Bu siyosatning 
chinakam asosi, avvalo, hukmron doiralarning dvoryan-sulola manfaatlaridan 


84 
iborat edi. Avstriya kansleri knyaz Metternix buning asosiy ilhomlantiruvchilari- 
dan biri bo’ldi. 
Metternix tagidan zil ketgan ko’p millatli Gabsburglar monarxiyasini va 
Germaniya ustidan Avstriya zulmini saqlab turish maqsadida 1815- yildan 
boshlab milliy-ozodlik harakatlarini ta’qib qilishni kuchaytirdi hamda Avstriya 
imperiyasidagi turli millatlarni idora etish osonroq bo’lishi uchun ularni doimiy 
ravishda bir-birlariga qarshi qilib turdi. “Metternix tizimi”ning mohiyati ana 
shundan iborat edi. Avstriya hukumati Bolqon xalqlarining milliy uyg’onishi 
Avstriya imperiyasidagi mazlum millatlarining ozodlik harakatiga bir turtki 
bo’lishidan qo’rqib, Bolqon xalqlarining Turkiya zulmidan ozod bo’lishiga har 
qanday yo’llar bilan qarshilik ko’rsatishga harakat qildi. Avstriya hukumati 
Germaniyada ustun bo’lib, uning tarqoqligini saqlab qolishga intildi hamda 
Germaniyadagi ozodlik va demokratik harakatning hamma ko’ripishini ta’qib 
qildi. 
Milliy-birlashtiruvchilik harakatiga dushman bo’lgan Prussiya qiroli va 
yunkerlari Metternixning siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etdilar. 
Rossiyada arakcheyevchilik rejimi hukm surar va erkin fikrlashinng har qanday 
ko’rinishlarini ta’qib qilardi. Bu krepostnoylikni hamda podsho mutlaq 
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat edi. Angliyada reaksiya burjua-
zodagonlik xarakterida bo’lsa ham lekin ko’p hollarda qit’adagi ahvoldan 
qolishmas edi. 
Yevropaning hamma yerida ilg’or matbuotga senzura ta’qiblari kuchaydi, 
universitetlar hamda maktablardan liberal professorlar va o’qituvchilar haydalar 
edi. Reaksiya mafkuralarining burjua “ma’rifat falsafasi”ga va XVIII asrdagi 
fransuz burjua inqilobi g’oyalari bilan bog’liq bo’lgan hamma narsaga hujum 
qilishi bilan birga, reaksion-kosmopolitik qarashlar targ’ib qilinar, absolyutizm, 
papalik, o’rta asrlar davri maqtalar edi. 
Ispaniyada monastrlar va inkvizitsiya qaytadan tiklangan, Neapol 
qirolligida cherkov sudlari va senzura qaytadan yo’lga qo’yilgan edi. Rim papasi 
iyezuitlar ordenini tiklab, faqat Italiyadagi reaksiyaninggina emas, balki Yevropa 


85 
reaksiyasining ham bosh arboblaridan biri sifatida maydonga chiqdi. Hamma 
yerda feodal tartiblarni tiklash uchun zo’r berib harakat qilindi. Fransiyada 
Burbonlar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida shafqatsiz aksilinqilobiy terror 
qo’llandi, favqulodda sudlar otishga va surgun qilishga hukm chiqarar edi. Shu 
tariqa reaksiya butun Yevropaga yoyildi. 
1818- yilda Axenda To’rtlar ittifoqidagi davlatlarning kongressi bo’lib 
o’tdi. Bu vaqtga kelib Fransiya o’z ustiga yuklatilgan kontributsiyaning katta 
qismini to’lab bo’lgan edi, ittifoqchilar Fransiyadan o’z askarlarini muddatidan 
oldin olib chiqib ketishga va Napoleonni yenggan to’rtta ittifoqchi davlat 
kengashlariga Fransiyaning ham teng huquqli bo’lib ishtirok etishi uchun yo’l 
qo’yishga qaror qildilar. Shunday qilib, tetrarxiya, ya’ni to’rt ittifoqchining 
hukmronligi o’rniga Yevropada Fransiyaning ishtiroki bilan besh buyuk davlat 
tizimi vujudga keldi. Ana shu yon berishlar evaziga Fransiya saroyi 1815- yildagi 
shartnomalarni quvvatlash va ularga rioya qilish majburiyatini oldi. Bu keyingi 
sharoit fransuz burjuaziyasining Burbonlarga nisbatan yomon ko’z bilan qarashini 
kuchaytirdi, xolos; fransuz burjuaziyasining anchagina qismi Napoleon I ning 
istilochilik siyosatiga qaytishni orzu qilardi. Biroq, Fransiyadagi rejimning 
o’zgarishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida Angliya, Rossiya, Avstriya va 
Prussiyadan iborat “To’rtlar ittifoqi” 1818- yildan qaytadan tiklandi. 
1819- yilda Germaniyada yangidan-yangi tadbirlar ko’rildi. Metternix va 
Prussiya qiroli Fridrix-Vilgelm III nemis davlatlaridagi inqilobiy harakatlarga 
qarshi birgalikda kurashish to’g’risida Teplitsada bitim tuzdilar. Shu maqsadda 
1819- yilda Karlsbad (Karlovi-Vari)da nemis hukumatlari vakillarinhig 
konferensiyasi bo’lib, unda matbuotga, universitetlar va talabalarga qarshi 
shafqatsiz choralar ko’rishga qaror qilindi. Germaniya ittifoqi seymi tarkibidan 
saylanadigan besh a’zodan iborat komissiyaga hamma vositalarni ishga solib, 
hatto qurolli kuchlarni ishlatib bo’lsa ham, “qonuniy tartib”ni saqlash vazifasi 
yuklatilgan edi. Hamma universitetlar maxsus kuratorlar nazorati ostiga olindi, bu 
kuratorlar talabalarnigina emas, balki professorlarni ham qamrab olar edi. 
Talabalarning 
“burshenshaftlar” 
deb 
atalgan 
o’rtoqlik 
jamiyatlari 


86 
(zemlyachestvolari) va to’garaklari taqiqlandi, ularnning a’zolari kelajakda davlat 
xizmatida biron lavozimni egallash huquqidan mahrum etildi. Har bir hukumat 
Germaniya ittifoqidagi boshqa davlatlardan inqilobiy va hatto muholifatchi 
yozuvchilarni va ularning asarlarini nashr qilib chiqaruvchilarni ta’qib qilishni 
talab eta olar edi. Lekin, shunga qaramay, Metternix Karlsbadda ham janubiy 
Germaniya davlatlarining konstitutsiyalarini bekor qildirishga erisha olmadi. 
Reaksiyaning zo’rlik yo’li bilan absolyutizm tartiblari umrini uzoqqa 
cho’zish uchun urinishlari oqibat-natijada muvaffaqiyatsizlikka mahkum etilgan 
edi. 1820- yillardayoq feodal-monarxiya tuzumiga qarshi yangi inqilobiy to’lqin 
ko’tarildi. 
Kapitalizm taraqqiyoti hamda burjuaziya va xalq ommasining feodal 
reaksiyasiga qarshi kurashi ayrim mamlakatlarning ichki tarixidagina emas, balki 
1815–1850- yillardagi xalqaro munosabatlarda ham kuzatish mumkin. 
Burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlanish bilan birga, 
uning tashqi siyosatga ta’siri ham kuchaydi. Angliya va Fransiyaning o’sib borgan 
burjuaziyasi tovarlar sotiladigan yangi tashqi bozorlarni va xom-ashyo 
manbalarini bosib olish uchun tobora faolroq mustamlakachilik siyosatini amalga 
oshirishni talab etdi. Savdo-sanoat va siyosiy jihatdan ustun bo’lish uchun 
kurashda buyuk davlatlar o’rtasidagi ziddiyatlar keskinl’ashib bordi. Yevropa 
qit’asida chor Rossiyasi va Avstriya boshliq eng yirik monarxiyalar hali ham 
ustun edi. Yevropa reaksiyasining asosiy tayanchi bo’lgan chorizmning ta’siri 
asta-sekin kuchaya bordi. Biroq, kapitalizm rivoji, ijtimoiy taraqqiyot muqarrar 
suratda yangi inqiloblarga olib kelar edi, Yevropa va Amerikada yangi, burjua 
millatlarining tarkib topish jarayoni esa yangi mustaqil milliy davlatlar barpo etish 
uchun kurashning kuchayishiga olib kelmoqda edi. Shuning uchun Yevropada 
xalqaro munosabatlarning asosiy jarayoni shundan iborat bo’ldiki, 1820-
yillardanoq reaksion “1815- yildagi Vena tizimi” burjua inqiloblari va milliy-
ozodlik harakatlarining zarbalari ostida, eng yirik davlatlar o’rtasidagi 
ziddiyatlarning keskinlashishi ta’siri natijasida asta-sekin yemirilib bordi. 


87 
Italiyadagi inqilobni bostirish maqsadida 1820- yil kuzda Troppau 
(Opava)da “Muqaddas ittifoq” qatnashchilariniig kongressi ochilib, keyinchalik 
bu kongress Laybax (Lyublyana) shahriga ko’chirildi. Milliy-ozodlik harakatining 
o’sishi, Italiyadagi, Ispaniyadagi inqiloblar va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy 
chiqishlar (jumladan, Rossiyada 1820- yilda Semenov polki qo’zg’olon ko’targan 
edi) Yevropada hukumatlarini qo’r qitib yubordi. 
“Muqaddas ittifoq” aksilinqilobiy siyosatining ilhomchisi va rahbari 
Metternix Neapol qirolligidagi inqilobni bostirish uchun ayniqsa, qat’iy harakat 
qildi. Avstriya hukumati Italiyani chet el zulmidan ozod qilish harakatining 
ertami-kechmi Avstriyaning Lombardiya va Venetsiyadan haydalishiga olib 
kelishidan qo’rqar edi, shuning uchun u italyan xalqi milliy-ozodlik 
intilishlarining ashaddiy dushmani edi. 
Troppaudagi kongress majlislari vaqtida Avstriya va Rossiya imperatorlari 
hamda Prussiya qiroli deklaratsiya e’lon qildilar. Bu deklaratsiyada dvoryanlar 
hokimiyatini va monarxiya hokimiyatini tiklash maqsadida har qanday 
mamlakatga ham aksilinqilobiy interventsiya qilishga podsholarning “huquqi bor” 
deb e’lon qilindi. Bu deklaratsiya burjua inqiloblariga qarshi hamda XVIII asr 
fransuz burjua inqilobi ilgari surgan “millat idora etishi” tamoyiliga qarshi 
qaratilgan edi. 
Kongress Italiya jandarmi bo’lish rolini Avstriyaga topshirdi va 1821- yilda 
Avstriya 
qo’shinlari 
Neapol 
hududiga 
bostirib 
kirdi. 
General 
Pepe 
qo’mondonligidagi Neapol armiyasi tor-mor qilindi. Regent shahzoda rahbarlik 
qilgan konstitutsiyaviy monarxiya hukumati xalq ommasining kurashga 
aralashuvidan qo’rqdi va interventlarga ortiq qarshilik ko’rsatmadi. 23- martda 
Avstriya qo’shinlari jang qilmay, Neapolini ishg’ol qildilar. 1820- yilda e’lon 
qilingan konstitutsiya bekor qilindi. Mamlakatda reaksiya va terror rejimi hukm 
sura boshladi. 
1821- yil aprelida Avstriya qo’shinlari P’yemontdagi inqilobni ham 
bostirdi. Inqilobiy harakat arboblari o’lim jazosiga hukm qilindi, lekin ular chet 


88 
elga qochib yashirinishga muvaffaq bo’ldilar. Avstriyaning 12 ming askari 
P’yemontni egalladi. 
Ispaniyaga aksilinqilobiy intervensiya uyushtirish uchun 1822- yil kuzda 
Erona shahrida “Muqaddas ittifoq” podsholarining yangi kongressi to’plandi. 
Fransiya, Avstriya, Prussiya va Rossiya hukumatlarining Ispaniyada monarxiyani 
tiklash to’g’risida qaror qabul qildilar. Ispaniyada inqilobni bo’g’ib tashlash 
Fransiyaga topshirildi. Fransiyaning geografik o’rni uning interventsiya qilishini 
osonlashtirardi, fransuz Burbonlari esa qo’shni mamlakatda reaksiyani qo’llab-
quvvatlashdan ayniqsa manfaatdor edilar. Fransiyaning kongressdagi vakili 
Sxatobrian aksilinqilobiy intervensiyanhig o’ta ketgan tarafdori edi. Ammo 
Fransiya hukumati Ispaniyaga interventsiya qilish Fransiyada liberal va radikal 
burjuaziyaning noroziligiga sabab bo’lishidan qo’rqar edi. Shuning uchun u 
“Muqaddas ittifoq”ni qo’llab-quvvatlashidan o’zining maqsadlari yo’lida 
foydalanib, faqat o’z manfaatlarinigina ko’zlab va tamomila mustaqil ravishda 
harakat qilayotganday qilib ko’rsatmoqchi bo’ldi. Lyudovik XVIII hukumati 
Ispaniya jandarmi rolida chiqar ekan, faqat Pireney yarim orolidagina emas, balki 
Fransiyaning ichkarisida ham dvoryanlar reaksiyasini mustahkamlashni o’z oldiga 
maqsad qilib qo’ydi. 
Italiya karbonariylari va fransuz inqilobi qatnashchilari Ispaniya 
konstitutsiyaviy hukumatiga yordam berish uchun ko’ngillilar otryadi tuzdilar. 
Lekin 1823- yil bahorda 100 ming kishilik fransuz qo’shini Lyudovik XVIII ning 
jiyani gersog Angulemskiy qo’mondonligida Ispaniyaga bostirib kirdi. Fransuz 
armiyasi jiddiy qarshilikka uchramasdan, Kadis shahrigacha butun Ispaniyani 
bosib o’tdi. 1820- yilgi konstitutsiya bekor qilindi. 
Italiya va Ispaniyadagi intervensiyalar Muqaddas ittifoq ziddiyatlarini 
kuchaytirdi. Fransiyaning hukmron doiralari Avstriyaning Pyemontni va Neapol 
qirolligini bosib olishlari natijasida Italiya davlatlarida Avstriya ta’sirining 
kuchayishidan norozi edilar. Shuning uchun Fransiya 1820- yilda Troppaudagi 
kongressda qabul qilingan uch davlat deklaratsiyasiga qo’shilmadi. 


89 
Verona kongressi vaqtida Angliya Muqaddas ittifoq siyosatidan qaytdi. 
Rasman Angliya ilgari ham ittifoq a’zosi emasligi, lekin inqilobiy harakatlarni 
bo’g’ib tashlash maqsadida uni amalda qo’llab kelar edi. Biroq, Pireney yarim 
orolidagi hukmron ta’sirga ega bo’lish uchun kurashda Angliya-Fransiya 
o’rtasidagi ziddiyatlar keskinlashganligidan Angliyada 1822- yilda “Muqaddas 
ittifoq” 
siyosati 
va 
Fransiyaning 
Ispaniyaga 
intervensiya 
qilishga 
tayyorlanayotganligidan norozilik kuchaydi. Angliya burjuaziyasi ingliz 
tovarlarini sotish uchun muhim bozor bo’lgan Ispaniyada Fransiya mavqeining 
kuchayishini istamas edi. Angliya hukumati fransuz qo’shinlarining Madridga 
kirishini istamaganligi uchun, Ispaniyada intervensiya uyushtirishga tayyorgarlik 
ko’rishdan o’zini chetga tortdi. Biroq, kuchli armiyaga ega bo’lmagan va 
Ispaniyada inqilobning chuqurlashib ketishidan qo’rqqan Britaniya kabineti 
shahzoda Angulemskiyning yurishiga to’sqinlik qilish uchun ham hech qanday 
chora ko’rmadi. Angliya hukumati Lotin Amerikasida Ispaniya hukmronligini 
tiklash maqsadida Yangi dunyoda intervensiyani kengaytirish loyihasiga qarshi 
e’tiroz bildirib chiqqanidagina, Angliyaning “Muqaddas ittifoq” tamoyillaridan 
qaytganligi batamom ravshan bo’ldi. Angliya flotining dengizda hukmronligi 
bunday rejalarni amalga oshirishga imkon bermasdi, shuning uchun 1820-
yildanoq bu rejalarning hech qanday ahamiyati qolmadi. 
1822- yildagi Verona kongressida Avstriya, Rossiya va Prussiya yunon 
qo’zg’olonchilarini o’zlarining “qonuniy podshosi” – Turkiya sultoniga qarshi 
isyon ko’targan isyonchilar deb hisoblashlarini e’lon qildilar. Lekin keyinchalik 
Yevropa davlatlarining bu masalaga munosabati o’zgardi. Britaniya hukumati 
greklar qo’zg’olonidan Gretsiyada o’z ta’sirini mustahkamlash va ingliz savdosini 
kengaytirish maqsadida foydalanish umidida edi, shuning uchun u yunonlarni 
urushuvchi tomon deb e’tirof etdi. Gretsiyada o’zining Bolqondagi ta’siri uchun 
tayanch vujudga keltirmoqchi bo’lgan Fransiya ham yunonlar masalasidan 
manfaatdor ekanligini ko’rsatdi. Rossiya ham Turkiyani zaiflashtirish, o’z ta’sirini 
mustahkamlash va yangi bosqinchiliklar qilish maqsadida greklar qo’zg’olonidan 
foydalanishga qaror qildi. 


90 
Rossiyaning yunonlar masalasidagi pozitsiyasi shu bilan belgilandiki, rus 
pomeshchiklari va Nikolay I boshliq rus hukumatining o’zi Dunay knyazliklarida 
va Konstantinopolda Rossiyaning hukmron ta’sirini o’rnatishni hamda yangi 
hududlar egallab olishni istar edilar. Turkiya hukumati Bosfor va Dardanelli 
bo’g’ozlari orqali dengizlardan o’tib savdo qilish erkinligi haqida Rossiya bilan 
tuzilgan shartnomalarni buzganidan keyin, Rossiya–Turkiya munosabatlari juda 
ham keskinlashib ketdi. Turkiyaning Qora dengiz bo’g’ozlarini bekitib 
qo’yganligidan va asosan yunon savdo kemalarida tashiladigan rus g’allasining 
chetga olib chiqilishini to’xtatib qo’yganligidan Rossiya hukumati va rus 
pomeshchiklari norozi edilar. Podsho Nikolay I yunonlar harakati va Turkiyaga 
qarshi kurashni qo’llab-quvvatlash yo’liga o’tdi, bu hol Rossiyaning Bolqondagi 
ta’siri kuchayishini istamagan Avstriya bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlarni 
nihoyatda keskinlashtirib yubordi. 
1826- yilda Yevropa hukumatlarining yunonlar masalasiga aralashuvi 
kuchaydi. Rossiya Yaqin Sharqda o’z mavqelarini mustahkamlash uchun 
yunonlar qo’zg’olonidan foydalanishga intilgan Angliya va Fransiya bilan 1826-
yilda yunonlar masalasi yuzasidan bitimni imzoladi; bu hol Avstriya hukumatini 
g’oyatda g’azablantirdi. 1827- yilda bu uchala davlat yunonlar foydasiga 
birgalikda diplomatik yo’l bilan aralashish to’g’risida konventsiya tuzdi va 
Yunonistonga o’zini-o’zi idora qilish huquqi berishni sultondan talab qildi. Biroq, 
sulton hukumati Buyuk Britaniya va Fransiyaning Turkiya bilan urushmasligini 
bilar edi, shuning uchun bu talabini rad etdi. 
1827- yilda yunon xalqi halokat yoqasida qoldi. Navarin ko’rfaziga Misr 
podshosining floti yetib keldi. Misr va Turkiya qo’shinlari qirg’oqqa tushib, 
qo’zg’olonchilarni qirib tashlamoqchi va ilgarilari Moreyaning ayrim qismlarida 
Yevropaning hamda Egey arxipelagidagi orollarda qilganlaridek, butun 
Gretsiyaga o’t qo’yib va aholini qilichdan o’tkazib chiqmoqchi edilar. Bunga 
javoban Rossiya, Angliya va Fransiyaning birlashgan eskadrasi Navaringa yetib 
keldi va 1827- yil 20- oktyabrdagi mashhur Naparin jangida Turkiya floti 
batamom yakson qilindi. Yunon xalqi dahshatli qirg’indan saqlab qolindi. 


91 
Yevropaning ilg’or jamoatchilik fikri rus floti hal qiluvchi rol o’ynagan Navarin 
g’alabasini zo’r shodlik bilan qarshi oldi. 
Angliya va Fransiya hukumatlari Navarin jangidan keyin Rossiyaning 
Bolqon va G’arbiy Yevropadagi mavqei tez kuchayib ketishi mumkin, deb 
xavotirlana boshladilar. Shuning uchun ular sultonga yuz bergan voqeadan 
“afsuslanayotganliklari”ni izhor etdilar va ishni Turkiya bilan urush chiqishigacha 
olib bormoqchi emasliklariga ishora qildilar. Sulton hukumati Gretsiyaga o’zini-
o’zi idora qilish huquqi berishdan bosh tortdi va Rossiyaga qarshi urushga 
tayyorlana boshladi. Ishni urush chiqishiga olib borgan podsho va rus 
pomeshchiklari, o’z navbatida, Gretsiyada o’zining ustunlik ta’sirini mustahkam- 
lash, Turkiyani kuchsizlantirish, Dunayning dengizga quyilish joylarini egallash, 
sulton hukumatini Dunay knyazliklari va Bosfor va Dardanelli bo’g’ozlari 
borasida ilgarigi bitimlarga rioya qilishga majbur etish va Zakavkaz’e hamda 
Shimoliy Kavkazda yangi yerlarni bosib olish maqsadida greklarga yordam 
bermoqchi edi. 
1828- yilda Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi, bu urush rus 
qo’shinlarining g’alabasi hamda 1829- yildagi “Adrianopol sulhi” bilan tugadi. 
Dunay deltasidagi orollar, Shimoliy Kavkaz sohillari hamda Turkiyaga qaragan 
arman viloyatlarining bir qismi Rossiya qo’liga o’tdi. Turkiya Gretsiyani mustaqil 
deb tan olishga, Rossiyaning talabi bilan Serbiya uchun o’zini-o’zi idora qilish 
huquqini kafolatllashga va Dunay knyazliklarining muhtoriyatini kengaytirishga 
majbur bo’ldi. Ammo Bolqon xalqlarining Turkiya zulmidan batamom ozod 
bo’lishiga hali ancha bor edi. Rossiya o’zining maqsadlari uchun jon kuydirdi va 
shu maqsadlarini amalga oshirishga yordam beradigan darajadagina Turkiyaga 
qarshi Bolqon xalqlarini qo’llab-quvvatladi. Faqat Yevropa inqilobigina Bolqon 
xalqlarining ijtimoiy va milliy jihatdan batamom ozod bo’lishi uchun birdan-bir 
najot bo’lishi mumkin edi. 
Rossiya–Turkiya urushi vaqtida Angliya bilan Avstriya rasman betaraf 
turgan bo’lsalar ham, lekin Rossiyaning xatti-harakatlaridan va uning Bolqonda 
mavqei kuchayishidan norozi edilar. Metternix Yevropa davlatlarini Rossiyaga 


92 
qarshi birlashtirishga urindi. Rossiya va Avstriya siyosatining ilgarigi 
birdamligidan asar ham qolmagan edi. Rossiya hukumati Prussiya saroyi bilan 
mustahkam hamkorlikni saqlashga har qanday yo’llar bilan harakat qilgan bo’lsa-
da, lekin “Muqaddas ittifoq”ning buzila borganligi ochiq ko’rinib turardi. 
Fransiyada Burbonlar sulolasi va legitimistlar “Muqaddas ittifoq”ni saqlab 
qolishdan manfaatdor edilar. Polinyak hukumati Yevropa reaksiyasini saqlash 
manfaatini ko’zlab hamda Angliyaning xalqaro ta’sirini kuchsizlantirish uchun 
chor Rossiyasi bilan yaqinlashishga intildi. 1823- yildan keyin Madridda Fransiya 
ta’sirining ustunlik qilishidan Angliya burjuaziyasi norozi edi. Karl X o’z 
hukmronligining 
oxirlarida 
mustamlakalar 
bosib 
olish 
bilan 
Fransiya 
burjuaziyasining urushqoq kayfiyatdagi doiralari orasida Burbonlar obro’sini 
ko’tarish uchun Jazoir istilosini boshlashga qaror qildi. 1830- yilda fransuz 
qo’shinlarining Jazoirni bosib olishi O’rta Yer dengizida Fransiya mavqeining 
kuchayishini istamagan Britaniya hukumatini tashvishga solib qo’ydi. Buning 
ustiga Polinyak Turkiyani bo’lib olish hamda Fransiyaning Misrni bosib olishi 
to’g’risida podsho bilan kelishib olish orzusida edi, bu esa Britaniya siyosatining 
manfaatlariga sira ham to’g’ri kelmas edi. 
Fransiyadagi voqealardan keyin Belgiyada Gollandiya hukmronligiga 
qarshi inqilob boshlanganida, podsho yanada ko’proq vahimaga tushdi. 
Bel’giyaliklar o’z mamlakatining Gollandiyadan ajralib chiqqanligini e’lon 
qildilar. Lui Filipp Belgiyaga qurolli yordam berdi: u Belgiya taxtiga o’g’li gersog 
Nemurskiyning saylanishiga erishmoqchi bo’ldi. Bu hol Belgiyada Fransiya 
ta’sirining ustun bo’lishiga olib kelar edi, Angliya esa buning ro’y berishidan 
doim xavfsirar edi. Shuning uchun Lui Filippning niyatlari faqat Nikolay I ning 
noroziligiga sabab bo’libgina qolmay, balki Angliyani ham qattiq tashvishga solib 
qo’ydi. Prussiya rus qo’shinlarini Belgiyaga o’tkazadi deb ishongan edi. Biroq, 
1830- yil 29- noyabrda boshlangan polyaklar qo’zg’oloni chorizmning kuchlarini 
Belgiyadagi voqealardan chetga tortdi. 
Polyaklar qo’zg’oloni Rossiyaga, shuningdek, Prussiya va Avstriya 
reaksiyasiga qarshi kurashga katta munosabati ilg’or ahamiyatga ega edi. Ammo 


93 
dehqonlarning krepostniklikka qarshi qaratilgan va yer olish to’g’risidagi talablari 
qo’zg’olonga rahbarlik qilgan shlyaxtaga yot edi va hali uncha o’smagan polyak 
burjuaziyasi bu talablarni qattiq qo’llab-quvvatladi. 
Polyak dehqonlari keng ommasining qo’llab-quvvatlashidan o’zlarini 
mahrum etgan qo’zg’olon rahbarlari Yevropa hukumatlari va hammadan oldin 
Angliya va Fransiya hukumatlari yordam beradi, degan puch umidda edilar. Ular 
Angliya va Fransiyaning hukmron doiralari polyaklar taqdiri bilan chinakamiga 
qiziqadi, deb ishongan edilar. Biroq, bu mamlakatlarning hukmron doiralari va 
hukumatlari polyaklar masalasi bilan faqat bu masala Rossiyani qanchalik 
zaiflashtira olishiga qarab qiziqar edilar. Iyul inqilobidan keyin Fransiya bilan 
Rossiya o’rtasidagi munosabatlar keskinlashgan vaqtda, Fransiya vazirlari agar 
qo’zg’olonchilar g’alaba qozonguday bo’lsa, qaytadan tiklangan Pol’sha 
Fransiyaning ittifoqchisi bo’ladi va Fransiya qo’lida qurol bo’lib qoladi, degan 
umidda edilar. Lekin, ayni bir vaqtda, Fransiya burjuaziyasining Pol’shani 
talashib Rossiya bilan urushishga istagi ham, kuchi ham yo’q edi. Lui-Filipp 
hukumati o’z mamlakatida ishchilar harakatining ko’tarilishidan qo’rqar va 
polyaklar ishiga aralashish bilan o’z ahvolini mushkullashtirib qo’yishni istamas 
edi. Fransiyadagi demokratik doiralargina polyaklarga samimiy xayrixoh edilar, 
ammo o’z mamlakatining siyosatiga ularning jiddiy ta’siri yo’q edi. 
Polyaklar qo’zg’oloni tor-mor qilinishi bilan “Yevropaning asosiy 
jandarmi” bo’lgan chorizmning roli yanada kuchaydi. Varshavaning olinganligi 
xabari Parijga ma’lum bo’lgach, radikal doiralar hayajonga tushdi. Fransiyaning 
deputatlar palatasida chor Rossiyasiga qarshi urushga da’vat qilgan nutqlar 
so’zlandi. Ammo o’sha vaqtdagi vazirlar kabinetining boshlig’i Kazimir Pere 
Nikolay I bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikni afzal ko’rdi. Tashqi ishlar 
vaziri general Sebastyan Varshavada tartib hukm surayotganligini surbetlik bilan 
aytdi. Angliya ham polyaklarga hech qanday yordam bermadi. Angliya hukumati 
og’izda o’zini reaksiyaning dushmani va ozodlik himoyachisi qilib ko’rsatar, 
amalda esa Angliya inqilobiy harakatlarning bostirilishini bir necha marta qo’llab-
quvvatlagan va ma’qullagan edi. Garchi Palmerston boshqa mamlakatlardagi 


94 
liberal islohotlarni quvvatlaganda ham, buni inqiloblarning oldini olish uchungina 
qilar edi. Radikallar va inqilobchilar tamomila asosli ravishda uni reaksiya va 
aksilinqilobning himoyachisi deb bilardilar. Zamondoshlar Angliya hukumati, 
jumladan, uning tashqi ishlar vaziri lord Palmerston faoliyatining ana shu 
tomonini, chorizmning inqilobiy harakatlarii bostirishga qaratilgan siyosatiga 
Angliya hukumatining yordam berayotganligini ayniqsa g’azab bilan fosh qilar 
edilar. 
Polyaklar qo’zg’oloni Nikolay I ni Belgiyaga intervensiya boshlash 
imkoniyatidan bira to’la mahrum etdi va bu bilan Belgiya mustaqilligining 
mustahkamlanishiga yordam berdi. Angliya hukumati Belgiyaning Fransiyaga 
qaram bo’lib qolmasligi sharti bilan Niderlandiya qirolligining bo’linib ketishiga 
aslo qarshi emas edi. Lui Filipp Fransiyaning Angliya bilan yaqinlashuvi 
manfaatini ko’zlab, Belgiya taxtiga o’tkazmoqchi bo’lgan o’z o’g’lining 
nomzodidan voz kechdi va Angliyaning ko’nglidagi odam, Angliya qiroli 
xonadonining qarindoshi gersog Leopold Saksen-Koburgskiyning nomzodini tan 
olishga rozi bo’ldi. 
Rossiya hukumati Belgiya ustidan Niderlandiya qirolining hukmroiligini 
tiklash mumkin emasligiga ko’ngach, Fransiyaning Belgiyaga daxl qilmasligini 
kafolatlashga harakat qila boshladi; bu Angliyaning va boshqa davlatlarning 
manfaatlariga mos kelar edi. Rus diplomatiyasining faol ishtirokida 1831- yilda 
Londonda besh buyuk davlat elchilarining konferentsiyasi bo’lib, unda 
Belgiyaning “abadiy” betarafligi to’g’risida bayonnoma imzolandi. 
Iyul inqilobidan keyin hokimiyat tepasiga chiqqan fransuz moliya 
burjuaziyasi xalqaro vaziyatning murakkabligidan o’zining “antantasi”ni chetga 
tortishga harakat qildi. Tinchgina boyib yotish va mamlakat ichida inqilobiy 
harakatni bostirish – Fransiyani 1830- yildan 1848- yilgacha idora qilgan moliya 
aristokratiyasi asosan ana shuning g’amini yer edi. Lekin, 1847- yildagi inqiroz 
natijasida budjeti taqchilligi 247 million frankni tashkil qildi. 
Angliyaga yoqish uchun Fransiyaning Jazoirdagi bosqinchiliklarini 
to’xtatgan va Belgiya masalasida yon bergan Lui Filipp Ispaniya ishlarida ham 


95 
Angliyaga yordam berdi. “Karloschilar” urushi borayotganda Avstriya bilan 
Fransiya, ispan “karloschilarni”, ya’ni don Karlos tarafdorlarini qo’llagan edilar. 
Angliya hukumati “kristinachilar”ga, yani qirolicha Kristina tarafdorlariga 
yordam berib, bular yenggandan keyin Ispaniyani xo’jalik va siyosiy jihatdan 
Angliyaga qaram qilib qo’yish umidida edi. Lui Filipp ham Angliyaga xushomad 
qilib, don Karlosga dushman bo’ldi va “kristinachilar”ga yordam berishga tayyor 
turdi. Bunda u Ispaniyada ustunlik ta’siriga ega bo’lishni Angliyaga berib qo’ydi. 
1834- yilda Palmerston Angliyaning Ispaniya va Portugaliya bilan ittifoqini 
yashirincha tayyorladi. Ispaniya butun o’n yil davomida Angliyaga qaram bo’lib 
qoldi va asoratli shartlar bilan undan qarz olib turdi. Fransiya esa ikki qo’li bo’sh 
qola berdi. 
Ikkala mamlakatda ham “samimiy inoqlik” (yentente cordiale) deb nom 
olgan Angliya-Fransiya yaqinlashuvi Ispaniya masalasida va mustamlakalar bosib 
olish sohasida Angliya bilan Fransiya o’rtasidagi keskin ziddiyatlarni mutlaqo 
istisno qilmas edi. Fransiya burjuaziyasi Misr ustidan o’z nazoratini o’rnatmoqchi 
edi; Misrga ayni bir vaqtda Angliya kapitalistlari ham ochko’zlik bilan qarar 
edilar. Yaqin Sharq Angliya-Fransiya o’rtasidagi keskin raqobat maydoni edi. 
Fransiya burjuaziyasi anchadan beri Turkiya bilan katta savdo olib borar edi, u 
Misr va Suriyada ustunlik mavqeida bo’lib, Gretsiya bozorlarida mustahkam 
pozitsiyalarni egallagan edi. 
Beqaror, ichki ziddiyatlar mavjud bo’lgan Angliya–Fransiya “antantasi” 
tarkib topib borgan bir vaqtda podsho Nikolay I, Prussiya qiroli va Avstriya 
imperatori uch monarx ittifoqiga birlashdilar. 1830- yilda konvensiyalari shu yilgi 
Lion voqealaridan keyin Rossiya, Avstriya va Prussiyaning hukumatlari polyaklar 
qo’zg’olonidan va uning takrorlanishi mumkinligidan ayniqsa ko’proq qo’rqa 
boshladilar. 
Feodal tuzumni saqlash va bu davlatlarning Pol’shadagi yer-mulklarini 
o’zaro kafolatlash uchun va ayniqsa polyaklarning ozodlik harakatini bostirish 
uchun 1833- yilda Gratsda Avstriya bilan Rossiya o’rtasida va Berlinda Rossiya 
bilan Prussiya o’rtasida ikkita bitim imzolandi. Bu konvensiyalar uch davlat 


96 
o’rtasida 1815- yilda belgilangan chegaralarni kafolatlagan edi. Berlinda 
imzolangan alohida, uchinchi bitimda uchala podsho o’zaro bir-birlariga yordam 
berishga va, agar manfaatdor hukumat iltimos qilsa, inqiloblarni bostirish uchun 
birgalikda aralashishga va’da berdilar. Bu uzog’i bilan 1833- yildagi bitim 1820-
yilda Troppauda kafolatlagan edi. Yevropa davlatlari va Sharq masalasi 
kongressida qabul qilingan deklaratsiyadan farq qilar edi; u deklaratsiyada hech 
kimning roziligisiz inqiloblarni bostirish uchun boshqa mamlakatlarning ichki 
ishlariga aralashish e’lon qilingan edi. Yevropaning boshqa davlatlari 1833- 
yildagi bitimga qo’shilmadilar, shunday qilib, Muqaddas ittifoqni qaytadan 
batamom tiklab bo’lmadi. 
Rossiya imperiyasi Rossiya–Turkiya urushidan keyin zaiflashgan 
Turkiyaga nisbatan status-kvoni (mavjud vaziyatni) saqlab qolish yo’lini 
tutganligi 1833- yilda Avstriyaning Rossiya bilan yaqinlashuvini osonlashtirgan 
edi. Rossiya siyosatidagi bu burilish rus hukumatining Turkiyani zaiflashtirib, uni 
o’z ta’siriga bo’ysundirishni va uni kuchsiz va itoatli qo’shniga aylantirishni umid 
qila boshlaganligi faktidan kelib chiqqan edi. Turkiyada va Avstriya imperiyasida 
yashagan xalqlarning batamom ozod bo’lishi to’g’risidagi fikr chorizmni 
dahshatga solar edi, chunki Rossiyaning o’zi “xalqlar turmasi” edi. 
1829- yilda rus hukumati yaqin vaqt ichida o’tkazadigan siyosatni, ya’ni 
Turkiyaning “hududiy birligi”ni saqlashdan iborat tamoyilga va Konstantiponolda 
rus ta’sirini mumkin qadar ustun qiladigan bir darajada Turkiya bilan 
yaqinlashishga asoslangan siyosatni belgiladi. Podsho va uning vazirlari 
Dardanella va Bosfor bo’g’ozlar to’g’risida Turkiya hukumati bilan foydali bitim 
tuzishga erishmoqchi edilar. 1830- yildagi inqilobdan keyin qo’zg’olonlar va 
milliy-ozodlik harakatidan qo’rqish bunday yo’l tutishni yanada ko’proq taqozo 
qildi; bu yo’l 1830- yildagi inqilobidan keyin ochiq ko’rinib qolgan va XIX 
asrning 30- yillarida rus hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlangan edi. 
1830- yilgi inqilobidan keyin Yevropa siyosatida Sharq masalasi birinchi 
o’ringa 
qo’yildi; 
bunda 
Yevropa 
diplomatlari 
Turkiyaning 
taqdiri, 
Konstantinopolga ta’sir qilish, Qora dengiz bo’g’ozlari va Turkiya imperiyasining 


97 
chekka o’lkalarida yashagan xalqlarning ozodlik harakati to’g’risidagi masalani 
tushunar edilar. Sharq masalasida eng zo’r raqobatchilar Angliya bilan Rossiya 
edi. 
Misrni talashib Angliya–Fransiya o’rtasida chiqqan ziddiyatlar ham jiddiy 
ahamiyatga ega edi. Rossiya hukumati bulardan o’z manfaatlari yo’lida 
foydalanmoqchi bo’ldi. 
Turkiya imperiyasining xususiyati shunda ediki uning chekka o’lkalari – 
Misr va Bolqon yarim oroli yerlari - iqtisodiy jihatdan turklarning Kichik 
Osiyodagi viloyatlariga qaraganda ko’proq taraqqiy qilgan edi. Bu hol 
Usmoniylar imperiyasidagi turk bo’lmagan ko’p sonli aholi ustidan Turkiya 
hukmronligini g’oyatda reaksion xarakterdagi hukmronlikka aylantirgan edi. Bu 
imperiyadagi chekka o’lkalarning xo’jalik va madaniy jihatdan ustunligi turk 
bo’lmagan xalqlar yashagan bu viloyatlarda ayirmachilik harakatining, qisman esa 
milliy-ozodlik harakatining ham yoyilishiga yordam berdi. 
Muhammad Ali (Mehmed Ali) poshsho idora qilgan Misrda kuchli 
ayirmachilik intilishlari avj olgan edi, Muhammad Ali o’z armiyasi va flotini 
qaytadan tuzgan iste’dodli va jasur islohotchi bo’lib shuhrat qozongan edi. U 
Suriyani idora qilishni o’z qo’liga olishga harakat qildi, sulton hokimiyatidan 
ozod bo’lishga va mustaqil podsho bo’lib olishga intildi. Uning talablari rad 
qilingan taqdirda, Muhammad Ali o’z armiyasini Konstantinopolga yubormoqchi, 
Turkiya poytaxtini ishg’ol qilmoqchi va sultonni o’z talablarini qondirishga 
majbur etmoqchi edi. 
Fransiya burjuaziyasi va hukumati Misrni o’z ta’siriga bo’ysundirish uchun 
ko’pdan beri harakat qilar edi. Ular Misr podshosining niyatlariga xayrixohlik 
bildirdilar va uni pul hamda qurol-yaroq bilan taminlab, o’zlarining 
qo’g’irchog’iga aylantirmoqchi bo’ldilar. Fransiya Muhammad Aliga ofitserlar va 
pul bilan yordam berdi. Bu Misrni o’z mustamlakasiga aylantirish umididan 
qaytmagan fransuz burjuaziyasining XVIII asr oxiridan boshlab olib borayotgan 
siyosatining davomi edi. 


98 
Muhammad Ali sultonga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, 1833- yilda Turkiya 
armiyasini tor-mor keltirdi. Misr qo’shinlari Konstantinopolga qarab yurdi. 
Rossiya podshosi oldida Misr podshosining to’la g’alaba qilishi, Turkiya 
imperiyasining chekka o’lkalarida Fransiya ta’siri ostida kuchli davlat vujudga 
kelishi va hatto sultonning taxtdan ag’darilib, Konstantinopol taxtida Muhammad 
Alining podsholik qilishi mumkinligi xavfi tug’ildi. Sulton Mahmud II 
Muhammad Alining niyatlari va uning Fransiya bilan aloqalarini xush ko’rmagan 
Angliyaga yordam so’rab murojaat qildi. Ammo, qo’l ostida desant tushirish 
uchun quruqlikdagi qo’shinlari bo’lmagan va Rossiyani Fransiya bilan 
to’qnashtirishga umid qilgan Angliya kabineti sustkashlik qildi. Mahmud II noiloj 
ahvolda qolishi bilanoq rus hukumati undan yordam to’g’risida yozma 
iltimosnoma talab etdi va shundan keyin 14 ming rus askaridan iborat otryad Misr 
armiyasining yo’lini to’sish uchun Bosforga kirish yaqinida Kichik Osiyo sohiliga 
kelib tushdi. Rus qo’shinlarining paydo bo’lishi Muhammad Alini sulton bilan 
sulh tuzishga majbur etdi, lekin shunday bo’lsa-da, sulton Muhammad Aliga juda 
katta yon berib, Suriya, Kilikiya va Kritni idora qilishni unga topshirishga majbur 
bo’ldi. 
Misr poshosi sultonning nomigagina vassali bo’lib qoldi va Fransiyaning 
yordamidan foydalanishni davom ettirdi, bu hol Misrning Fransiya yarim 
mustamlakasiga aylanishini istamagan Angliya burjuaziyasini qattiq tashvishga 
soldi. 
Muhammad Alining sultonga qarshi bosh ko’tarib, 1833- yilda rus 
qo’shinlari Bosfordaligi vaqtida sulton hukumati Rossiya bilan shartnoma tuzdi, 
bu shartnoma Kichik Osiyo sohilida, Bosforga kirish yaqinida, Unkiar-Iskelessi 
degan bir qishloqchada imzolandi. Shartnomaning shartlarida sultonning iltimosi 
bilan podshoning unga qurolli yordam berishi ko’zda tutilgan edi. Bu va’da 
evaziga sulton hukumati shartnomaga alohida, maxfiy modda qo’shdi. Bu 
moddaga ko’ra, Turkiya hukumati Dardanelli bo’g’ozini boshqa davlatlarning 
harbiy kemalari uchun bekitib qo’yish, ularning hech qanday vajlar bilan ham bu 
bo’g’ozga kirishiga yo’l qo’ymaslik majburiyatini olgan edi. Shartnoma yeti yilga 


99 
tuzildi. Bu shartnomaning imzolanishi XIX asrda Turkiyada Rossiya ta’sirining 
eng yuqori cho’qqisi bo’ldi. 
Unkiar-Iskelessi shartnomasining ikki tomonlama ahamiyati bor edi. 
Birinchidan, shartnomaga muvofiq Dardanellining chet el kemalari uchun yopiq 
bo’lishi, ingliz va fransuz flotlarining o’sha vaqtlarda Rossiyaning eng zaif 
tomoni bo’lgan Qora dengizdagi rus sohiliga qarshi harakat qilish uchun 
bo’g’ozlardan bemalol o’tib kelish imkoniyatini yo’q qilar edi. Unkiar-Iskelessi 
shartnomasi Angliyaning o’z flotini Qora dengizga yuborib, har vajdan Rossiyaga 
tahdid solishiga xalaqit berar edi. Ikkinchidan, bu shartnoma sulton hukumatining 
birdan-bir “himoyachisi” bo’lib chiqqan Rossiya podshosining Turkiyada ustunlik 
mavqeini o’rnatar edi. 
Rossiyaning Misr podshosiga qarshi chiqishi va Nikolay I Turkiyaning 
yashashini qo’llab-quvvatlashi tufayli Sharq masalasida Avstriya-Rossiyaning 
yangidan vaqtincha yaqinlashuvi mumkin bo’ldi. Metternix Rossiya podshosining 
bundan keyin Bolqondagi qo’shib olishlardan va milliy-ozodlik harakatlarini 
qo’llab-quvvatlashdan voz kechganligidan manfaatdor edi. 1833- yil 6- 
sentyabrda Myunxengretsda Avstriya va Rossiya hukumatlari konvensiya 
imzoladilar; bu konvensiyaga ko’ra, ikkala tomon ham Fransiya va Misr 
podshosining niyatlariga qarshi ish ko’rish hamda Turkiya imperiyasiga nisbatan 
statusni saqlash majburiyatini oldilar. Bu bitim “Muqaddas ittifoq” siyosati ruhida 
feodal-absolyutistik reaksiyani qo’llab-quvvatlash prinspini Turkiyada amalda 
joriy qilishni bildirar edi. 
Angliya burjuaziyasi Rossiyaning Bosforda, Fransiyaning esa Nil vodiysida 
mustahkamlanib olishiga qanday qilib bo’lsa ham yo’l qo’ymaslik uchun harakat 
qilardi. Angliya hukumati Konstantinopolda Rossiya ta’sirining kuchayishidan va 
ingliz flotining Qora dengizda paydo bo’lib Rossiyaga tahdid solish imkoniyati 
yo’qligidan norozi edi. Palmerston shartnoma Nikolay I ning Turkiya ustidan 
“protektorati”ni o’rnatadi, deb chiqdi va uni bekor kilishni talab eta boshladi. U 
hamma choralarini qilib ko’rdi: do’q qilib ham, aldab ham, va’dalar berib ham 
ko’rdi, lekin Turkiya sultoni Misr podshosidan shu qadar qo’rqar va Rossiya 


100 
podshosi qo’shinlarining yordamiga shu qadar muhtoj ediki, 1840- yildagi o’z 
kuchini yo’qotishi kerak bo’lgan shartnomani bekor qilishga jur’at yetmasdi. 
Unkiar-Iskelessi shartnomasi Rossiya diplomatiyasining Yaqin Sharqdagi 
katta muvaffaqiyati ekanligini tushungan Palmerston Rossiyaning bo’g’ozlardagi 
mavqeiga putur yetkazish va u yerda Turkiya ustidan davlatlarning “kollektiv 
homiyligi” niqobi ostida Angliyaning ustunligini o’rnatish uchun butun kuchini 
sarf qildi. Angliya kabineta o’zining bosqinchilik maqsadlarini niqoblash uchun 
Sharq masalasida go’yo birdan-bir bosqinchi Rossiyadir, degan tuhmatlarni 
tarqatdi. 
Palmerston va ingliz publitsitslari, Angliyaning Yaqin Sharqdagi va 
Osiyodagi siyosati Hindistonni Rossiyaning hujumidan “himoya qilish” 
zaruratidangina kelib chiqadi, deb isbotlashga urindilar. Hatto Hindistondagi 
Panjobni bosib olishni ham ingliz publitsistlari u yerga rus qo’shinlarining 
“bostirib kirish” xavfi bo’lganligidan deb “oqladilar”. Haqiqatda esa Rossiya 
Sharqda birdan-bir bosqinchi ham, hatto eng kuchli bosqinchi ham emas edi. 
Angliya burjuaziyasi Sharqning bu mamlakatlarida o’zining siyosatini yanada 
qattiqroq va ancha katta natijalarga erishgan holda olib borar, bu mamlakatlarni 
o’zining mustamlakachilik hukmronligiga bo’ysundirishga intilar edi. 
Britaniyaning mustamlakalar bosib olishi 1830–1840- yillarda ayniqsa, 
keng avj oldi. 1839–1842- yillarda Angliya hukumati Afg’onistonga qarshi urush 
boshladi; lekin bu urush u mamlakatga bostirib kirgan Britaniya qo’shinlari 
otryadining batamom yo’q qilib yuborilishi bilan tugadi. 1840–1842- yillarda 
Xitoyga qarshi birinchi afyun urushi olib borildi, bu urush Gonkongni bosib olish 
va Xitoyga noteng Nankin shartnomani qabul qildirish bilan tugallandi. 1840-
yilda Hindiston istilo qilib bo’lindi. 1839- yildan 1849- yilgacha o’tgan o’n yil 
ichidagina Angliya aholisi 8,5 million kishi bo’lgan mustamlakalarni bosib oldi. 
Britaniya burjuagaziyasi O’rta Osiyo xonliklarini, Yaqin Sharqda esa Turkiyani 
o’z hukmronligiga bo’ysundirish niyatida edi. 
Rossiyaning Turkiyadagi va O’rta Osiyodagi ta’siriga qarshi bo’lgan 
Angliya hukumati rus siyosatiga aslo Turkiya imperiyasining “bir butunligi” va 


101 
“daxlsizligi”ni himoya qilish uchungina qarshilik ko’rsatmasdi, Angliyaning o’zi 
Turkiyaga qaram bo’lgan Adanni (1839) va Permni (1842) bosib oldi. Turkiya 
imperiyasini “himoya qilish” deb nom chiqargan “himoya” ingliz 
burjuaziyasining Turkiyani asoratga solish, undan Rossiyaga qarshi platsdarm 
sifatida foydalanish va Fransiyaning Misrdagi mavqeiga putur yetkazish 
niyatlarini qoplar edi, xolos. 
Britaniya burjuaziyasining ana shunday sharoitda harbiy-feodal Usmoniylar 
imperiyasining bu imperiya qullikka solgan xalqlar ustidan zulmini saqlab 
qolishga 
intilishi 
reaksion 
xarakterga 
ega 
edi: 
bu 
intilish 
ingliz 
mustamlakachilarining bosqinchilik rejalarini niqoblar va qo’l ostidagi mazlum 
xalqlarni qon-qahshatayotgan hamda ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini 
to’xtatayotgan turk feodallarining zulmini abadiylashtirishga qaratilgan edi.
Sharq masalasida Angliya siyosati Rossiyaning siyosati bilangina emas, 
balki Fransiya burjuaziyasi bilan ham to’qnashar edi. 1838- yilda Buyuk Britaniya 
va Fransiya Turkiyadan chet el mollari kiritilishidan olinadigan bojni ularning 
qimmatidan 5 foiz hisobida olishgacha kamaytirish to’g’risida savdo shartnomasi 
tuzishga majbur etdilar. Ammo Fransiyaning kuchsiz sanoati Yaqin Sharqda o’z 
tovarlarini sotishda ingliz sanoati bilan raqobatlasha olmas edi. Shuning uchun 
Misr podshosi Fransiyaga xushomad qiib, Angliya raqobati Fransiyaning savdo 
kompaniyalarig zarar yetkazmasin deb, 1838- yildagi savdo shartnomasi 
shartlarini o’z qo’l ostidagi viloyatlarda joriy qilishni istamadi. Bu hol 
Palmerstonni ancha tashvishga solib qo’ydi. Bundan tashqari, Palmerston, agar 
Misr podshosi o’z mavqeini saqlab qolgunday bo’lsa, sulton undan qo’rqib, 1840-
yilda Rossiya bilan ittifoq bo’lish to’g’risidagi Unkiar-Iskelessi shartnomasini 
yangidan tiklaydi, deb xavfsirar edi. Angliya hukumati sultonga itoatsiz, Misr 
podshosining tezroq ta’zirini berishni maslahat berdi. 1839- yilda Palmerston 
sultonni Muhammad Aliga hujum qilishga ko’ndirdi. Biroq, Misr qo’shinlari 
Turkiya armiyasini batamom tor-mor keltirdi. Turkiyaga darhol yordam berish 
masalasi yana kelib chiqqanda, Britaniya kabineti sultonning yordam so’rab 
birgina Rossiya podshosiga emas, balki barcha buyuk davlatlarga murojaat 


102 
etishini talab qildi. Bunda Palmerston Rossiyaning Turkiyadagi mavqeini 
kuchsizlantirmoqchi, 
Fransiyani 
yakkalab 
qo’ymoqchi 
va 
davlatlarning 
Muhammad Aliga qarshi birgalikda qiladigan intervensiyasida Angliyaning 
rahbarlik rolini o’ylashini ta’minlamoqchi edi. 
Palmerston Rossiya podshosiga, agar u Unkiar–Iskelessi shartnomasini 
yangidan tiklashni qattiq turib talab etadigan bo’lsa, Fransiya bilan til 
biriktiramiz, deb do’q qildi. Nikolay I bu shartnomaning muhlatini cho’zish 
fikridan voz kechdi va Misr podshosiga qarshi to’rt davlatning birgalikda 
intervensiya qilishiga rozi bo’ldi. Turkiya imperiyasining parchalanisini Avstriya 
xohlamas edi,chunki bu hol slavyan xalqlarining Avstriya zulmidan ozod 
bo’lishiga olib kelar edi.Shu sababli Avstriya Palmerston rejaini quvvatladi. 
Prussiya esa o’z obro’sini saqlab qolish va Fransiyani kamsitish uchun bu 
davlatlarga qo’shildi. Palmerston Fransiyani yakkalab qo’yib, 1840- yilda 
Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya tomonidan London konvensiyasining 
imzolanishiga erishdi; bu konvendiyaga ko’ra, Turkiya imperiyasi ularning 
birgalikda “homiyligi”ga olingan edi. Fransiya bu safar “Yevropa konserti”dan 
chetga chiqarib qo’yilgan va unga qarshi 1814–1815- yillardagi “To’rtlar ittifoqi” 
qayta tiklanganday edi. 
Rossiyaning Unkiar-Iskelessi shartnomasini qayta tiklay olmaganligi 
Nikolay I siyosatining katta mag’lubiyati edi. Turkiya ishlariga ta’sir etishda 
ustunlik Angliyaga o’tdi. 
Angliya bilan Avstriya Misrda intervensiyani amalga oshirishni o’z 
zimmalariga oldilar, Angliya va Avstriya floti Muhammad Alining kemalarini 
bosib oldi. Muhammad Ali Suriyani bo’shatib berishga majbur bo’ldi. U idora 
qiladigan viloyatlar chegaralari qisqartirildi. Fransiya Muhammad Aliga qurolli 
yordam berishga jur’at etmadi va Misr hamda Suriyada o’zining ustunlik mavqei 
qo’ldan ketishiga ko’nib qo’ya qoldi. 
G’arb davlatlarining harbiy kemalari uchun Bosfor va Dardanelli 
bo’g’ozlari orqali o’tish yo’li ochilgan, bu esa Qora dengizdagi rus qirg’oqlarini 
jiddiy xavf ostida qoldirgan edi. Rus diplomatiyasi bu xavfni kamaytirish uchun 


103 
1841- yilda Londonda ikkinchi konvensiyaning imzolanishiga muvaffaq bo’ldi. 
Ko’rfazlar to’g’risidagi konvensiya deb ham ataladigan bu konvensiya tinchlik 
vaqtida hamma davlatlarning harbiy kemalari uchun bo’g’ozlarning yopiq 
bo’lishini ta’minlar edi, urush vaqtida esa kemalarning o’tishi sultonning qaysi 
pozitsiyada ekanligiga bog’liq edi. Angliya hukumati bo’g’ozlarning yopiq 
bo’lishi uchun rozilik berishi evaziga Fransiyaning 1841- yildagi konvensiyasida 
ishtirok etishiga va Turkiya ustidan buyuk davlatlarning birgalikda “homiylik”ga 
kiritilishini talab etdi. Fransiyaning Misrda hukmronlik qilish imkoniyati bartaraf 
qilingandan so’ng va Fransiya kamsitilganidan keyin, Palmerston Angliya-
Fransiya “antantasi”dan Rossiyaga qarshi foydalanish uchun bu “antanta”ni 
yangidan jonlantirmoqchi edi. 1841- yildagi konvensiyasini besh buyuk 
davlatning hammasi imzoladi. G’arb davlatlari Qora dengiz bo’g’ozlarining 
xalqaro-huquq rejimiga aralashish imkoniga birinchi marta ega bo’ldilar. Shu 
tariqa, davlatlarning Turkiyaga “kollektiv homiyligi” niqobi ostida 1840- yildan 
boshlab Angliya va Fransiyaning hukmron ta’siri o’rnatildi. Angliya va Fransiya 
harbiy flotlari uchun Qora dengiz bo’g’ozlarining bekitilishi esa faqat qog’ozdagi 
hujjatda – 1841- yildagi konvensiyasidagina kafolatlagan edi. 1840- yildan 
boshlab, ya’ni Unkiar-Iskelessi shartnomasining muhlati tamom bo’lgan hamda 
Konstantinopolda Angliya va Fransiyaning hukmron ta’siri o’rnatilgan vaqtdan 
etiboran, chorizm yana Turkiyani taqsimlash loyihasiga qaytdi. Nikolay I 
Usmoniylar imperiyasini o’zining ichki illatlaridan yaqinda halok bo’ladigan 
“kasal odam” deb hisoblardi, shuning uchun uni taqsimlab olish to’g’risida 
Angliya va Avstriya bilan oldindan kelishib olmoqchi edi. 
Shunday qilib podsho Bosfordan Qora dengizga chiqish joyini bosib olishni 
ko’zda tutgan edi. 1844- yilda Nikolay I Angliyaga bordi va bu masalada torilar 
vazirlari bilan muzokaralar olib borishga harakat qilib ko’rdi, bunda ularga Misrni 
egallab olishni, Rossiyaga esa Bosforda tayanch punkti berishni maslahat berdi. 
Britaniya hukumati podshoning Turkiyani taqsimlashni va Misrni egallashni 
ko’pdan beri da’vo qilgan Fransiya bilan aloqani uzishni Angliyaga taklif 
qilayotganligini tushundi va bu takliflarga hech qanday javob bermadi. Turkiyada 


104 
o’zlarining ustunlik mavqeyini o’rnatib olgan Angliya va Fransiya burjuaziyasi 
o’sha vaqtda Turkiyani taqsimlashdan manfaatdor emas edi va umuman butun 
Usmoniylar imperiyasida o’zlarining kuchaygan ta’sirlarini saqlab qolish va 
mustahkamlashni afzal ko’rar edi. 
Yevropada o’sib borgan inqilobiy harakat Yaqin Sharqda Angliya-Rossiya 
ziddiyatlarining yangidan keskinlahuvini keyinga surdi. Buning ustiga XIX asr 
40- yillarining ikkinchi yarmida Jazoirni talashib va Ispaniya ishlari yuzasidan 
kelishmovchiliklar tufayli Angliyaning Fransiya bilan munosabatlari yana keskin 
suratda yomonlashdi. 
Angliya uchun bir tomonlama foydali bo’lishli bilan yaqinlashish uzoqqa 
bormadi. Birinchidan, Fransiyada inqilobiy harakatning o’sishi Lui-Filippni 
feodal-absolyutistik reaksiyaning asosiy tayanchlaridan biri bo’lgan Avstriyadan 
yordam so’rashga majbur qildi. Ikkinchidan, fransuz burjuaziyasining keng 
doiralari Jazoirda va Misrda mustamlakachilik siyosatini zo’r berib olib borishni 
talab etdiki, bu hol Angliya bilan munosabatlarni muqarrar keskinlashtirar edi. 
Angliya va Fransiya sanoatlarining raqobati ham “samimiy inoqlik”ka putur 
yetkazar edi. Fransiyaning sanoat burjuaziyasi Iyul monarxiyasining tashqi 
siyosatini keskin tanqid qilar, haqli suratda uni Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 
ehtiyojlariga muvofiq emas, deb hisoblar edi. Fransuzlar egallagan Taiti orollarida 
mahalliy aholini fransuzlarga qarshi qo’zg’atgan Angliya elchisi Pritchardning 
o’sha vaqtda ko’p shov-shuvga sabab bo’lgan ishiga 1844- yilda Fransiya 
hukumati bo’sh qaraganida, oppozitsiya Gizo vazirligini mustamlakalarni 
mensimaslikda va Fransiyaning milliy manfaatlariga xiyonat qilishda aybladi. 
Vazirlik tarafdorlariga “pritchardchilar” degan laqab berildi. 
Shundan keyin ko’p o’tmay, Angliya-Fransiya munosabatlari yanada 
yomonlasha boshladi. 1846- yilda Lui Filipp va uning vaziri Gizo Ispaniyada 
Fransiyaning ustunlik ta’sirini tiklash uchun urinib ko’rdilar. Ular bu maqsadga 
g’irt o’rta asr usullari – sulolali “Ispaniya nikohlari” vositasida erishmoqchi 
bo’ldilar. 1846- yilda Fransiya xukumati Lui Filippning o’g’li gersog Monpaseni 
Ispaniya qirolichasi Izabellaning singlisi Luizaga uylantirishga muvaffaq bo’ldi; 


105 
bu hol Angliyada qattiq dushmanlik bilan qarshi olindi. London gazetalari 
“Ispaniya merosi” uchun urushni eslatib do’q qildilar. Angliya-Fransiya 
“antantasi”ning umri tugadi. Fransiyaning 1847- yilda Jazoirda yangi yerlarni 
bosib olish, bu mamlakatning fransuz qo’shinlari tomonidan batamom istilo 
qilinib bo’lishi Angliya bilan Fransiya o’rtasidaqa munosabatlarni yanada ko’proq 
keskinlashtirdi. 
Fransiyani diplomatik jihatdan yakkalangan bir ahvolga tushirib qo’ygan 
Gizo reaksion vazirligi Avstriya bilan yanada yaqinlashish yo’lini tutdi, 
Avstriyada hali ham hokimiyat tepasida Metternix turar edi. Gizo kabineti 
Yevropada inqilobiy burjua-demokratik harakatlarni bostirishda Metternixga 
yordamlasha boshladi. U Italiyada Avstriyaning italyan milliy-ozodlik harakatiga 
qarshi qaratilgan reaktsyon siyosatini quvvatladi, 1846- yilda, ya’ni Krakovda 
polyaklar qo’zg’olonini Avstriya qo’shinlari bostirgandan keyin Avstriyaning bu 
erkin shaharni bosib olishini amalda qo’llab-quvvatladi. 1847- yilda 
Shveytsariyada fuqarolar urushi boshlangan vaqtda, Gizo hukumati Avstriya bilan 
birgalashib, Vatikan tomonidan tuzilgan qoloq kantonlarning Zonderbund deb 
atalgan 
reaksion 
ittifoqi 
foydasiga reaksion 
intervensiyaning bevosita 
tashkilotchisi bo’lib chiqishga urindi. 
Gizoning tashqi siyosati o’zining doimo muvaffaqiyatsizliklarga uchrashi 
bilan Fransiyaning obro’sini to’kar, tobora kuchayib borgan reaksionligi bilan 
unga isbod keltirar, o’sib borayotgan fransuz burjuaziyasi keng doiralarining 
talablariga javob bermas va Yevropadagi barcha ilg’or demokratik kuchlarning 
qattiq nafratiga sabab bo’lar edi. 
Polyaklar harakatiga qarshi kurashda uch monarxning hamjihatliklariga 
qaramay, Nikolay I ning Avstriya imperatori arafasida uch monarx Prussiya qiroli 
bilan 1834- yilda tuzgan ittifoqi 1840- yildan keyin Avstriya va Rossiyaning 
Prussiya bilan munosabatlari yomonlashganligi tufayli zaiflashdi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, 1840- yildan e’tiboran nemislarning milliy-
birlashtiruvchilik harakati markazi janubiy Germaniya davlatlaridan Prussiyaga, 
jumladan, 1815- yildan buyon Prussiyaga qarashli Reyn viloyatiga ko’cha 


106 
boshladi. Prussiya burjuaziyasi orasida Germaniyada gegemonlik qilish va 
Germaniyani konstitutsiyaviy monarxiyaga aylantirish sharti bilan Prussiyaning 
Gogensollernlar monarxiyasi hukmronligi ostida birlashtirish harakati kuchayib 
bordi. Bu yangi faktlar podshoni va Metternixni tashvishga solib qo’ydi, ularning 
tashvishga tushishlarining sababi shunda ediki, 1840- yilda Prussiya taxtiga 
o’tirgan qirol Fridrix-Vil’gel’m IV konstitutsiyachilikka qanchalik nafratlanib 
qaramasin, liberallarni o’sib borgan inqilobiy harakatiga qarshi kurashga tortish 
niyatida ba’zan ularga tilyog’lamalik qilar va yunkerlar Prussiyasini 
mustahkamlash hamda Germaniya davlatidagi boshqa nemis davlatlari ustidan 
Prussiyaning gegemonligini o’rnatish uchun milliy g’oyadan foydalanishga 
harakat qilar edi. Metternix va podsho Prussiya qirolidan hech qanday liberal yon 
berishlarga ko’nmasliklari bir necha marta talab qildilar. 
Rossiya bilan Prussiya o’rtasidagi savdo munosabatlari ham keskin suratda 
yomonlashdi. Rus hukumati XIX asrning 40- yillarda Rossiyaning ilgari Pol’sha 
podsholigiga kirgan guberniyalarida prus tovarlari uchun belgilangan hamma 
bojxona imtiyozlarini bekor qilishga kirishdi. 
Prussiyaning Germaniyaga bosh bo’lib olish uchun urinishlariga birgalikda 
qarshilik ko’rsatish va absolyutizm asoslarining tamomila mustahkam holda 
qolishini birgalikda himoya qilish uchun Nikolay I 1848- yil inqilobi arafasida 
Avstriya bilan tobora ko’proq yaqinlasha bordi. Podsho 1846-yilgi Krakov 
qo’zg’olonini bostirishda va keyin Avstriya yerlariga qo’shib olingan Krakov 
respublikasini tugatishda ham Avstriyani batamom qo’llab-quvvatladi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin