3
K
IRISH
“Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi”
fani Jahon tarixining eng
qadimgi davrlaridan to bugungi kunga qadar bo’lgan davriy chegara oralig’ida
mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar tarixini
o’rganadi. Turli davrlarda mavjud bo’lgan davlatlar o’rtasidagi diplomatik
munosabatlar va elchilik aloqalari tarixini yoritish kursning asosiy maqsadi
hisoblanadi.
Ma’lumki, iqtisodiy asosi qulchilik munosabatlarini o’z ichiga olgan
qadimgi dunyoda diplomatiya davlatlarning tashqi siyosatga
doir masalalarini hal
etuvchi muhim omilga aylangan. Quldorlik tuzumi taraqqiyotdan to’xtab
qolmagan. U bosqichma-bosqich bir nechta jarayonlarni boshdan kechirgan.
Urug’-qabilaviy munosabatlardan butkul qutilib ulgurmagan ilk quldorlik
jamiyatlari Qadimgi Misr, Ossuriya, Xett podsholigi, Qadimgi Xitoy,
Qadimgi
Hindiston kabi davlatlarning shakllanishiga muhim turtki berdi. Ushbu diniy-
harbiy boshqaruvga asoslangan davlatlarning tashqi siyosati asosan bosqinchilik
xarakteriga ega edi. Yangi yerlarni bosib olish, qullar va chorva mollarini qo’lga
kiritish, boyliklarni talash maqsadida tez-tez urushlar sodir bo’lar edi. Bunday
urushlar xalqaro masalalarni hal etishning yagona yo’li hisoblangan. Quldorlik
tuzumining asta-sekin mustahkamlanib borishi bilan davlatlar o’rtasida diplomatik
munosabatlarga ehtiyoj sezilgan. Qadimgi Sharqning yirik hukmdorlari ba’zi
o’zaro masalalarni diplomatik yo’l bilan hal etishga alohida e’tibor
qarata
boshlaganlar. Nikoh diplomatiyasi xalqaro munosabatlarda o’z o’rniga ega bo’lib
bordi. Lekin bosqinchilik urushlari Qadimgi Sharq dunyosida xalqaro masalalarga
yechim topishda asosiy vosita bo’lib qolavergan.
Tovar-pul munosabatlariga asoslanuvchi rivojlangan quldorlik jamiyatlari –
Qadimgi Yunoniston va Rimda xalqaro munosabatlar hamda diplomatiya yangi
bosqichga qadam qo’ygan. O’z yerlarini kengaytirish, qullarni qo’lga kiritish,
bozorlarga egalik qilish maqsadida tashqi siyosat olib boruvchi ushbu davlatlar o’z
maqsadlariga erishishi yo’lida ittifoqlar tuzganlar, turli siyosiy diplomatik
o’yinlarni amalga oshirganlar. Bunday
diplomatik jarayonlar ayniqsa, Yunon–
4
Eron, Rim–Karfagen munosabatlarida yaqqol namoyon bo’lganligini ko’rish
mumkin.
Yunon–Rim jamiyatida zamonaviy elchilikning dastlabki kurtaklari
shakllangan, diplomatik munosabatlarni tartibga soluvchi alohida davlat
tashkilotlari vujudga kelgan, professional diplomatlar yetishib chiqqan,
diplomatiga oid bilimlar takomillashib borgan. Elchilarning daxlsizligini
ta’minlashga
qaratilgan, ularning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi dastlabki
qonun hujjatlari yaratilgan. Yunon-Eron, Peleponess, Puni urushlari davomida
nafaqat harbiy kuch-qudrat,
shuningdek, diplomatiya ham urushlar taqdirini hal
qiluvchi muhim kuchga aylanganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Ayniqsa, Rim
diplomatiyasiga oid bilim va tajribalar asosida o’rta asrlar so’ngida zamonaviy
diplomatiya shakllangan. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi yangi
me’yorlar, tamoyillar, qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. “Bo’lib tashla va
hukmronlik qil” deb nomlangan Rim tamoyili keyingi
davrlarda ham eskirmagan
holda dunyoga hukmronlikni da’vo qiluvchi yirik davlatlarning asosiy tamoyiliga
aylangan.
Yangi va eng yangi davrga kelib xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda
diplomatiya yagona yechim sifatida tan olinadigan bo’ldi. Birinchi va ikkinchi
jahon urushi davrida, “sovuq urush” munosabatlari avj olgan yillarda va yadro
urushi xavfi susaymagan bugungi kunda ham diplomatiyaga bo’lgan ehtiyoj
o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Insoniyat jamiyatining saqlanib qolishi va
kelgusida ham mavjud bo’lishi xalqaro
munosabatlardagi muammo va
kelishmovchiliklarni faqat va faqat diplomatiya yo’li bilan hal etishga bog’liq
bo’lib qolganligi bugun hech kimga sir bo’lmay qoldi.
Hozirgi kunda jahon siyosatida ro’y berayotgan keng qamrovli va murakkab
jarayonlarni to’liq anglab etish uchun xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixiga
oid bilimlarga ega bo’lish zarur. Shu nuqtai nazardan, taqdim etilayotgan o’quv-
uslubiy qo’llanma qadimgi davrdan to hozirgi kungacha xalqaro munosabatlar va
diplomatiyaga oid tarixiy jarayonlarni tahlil etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: