18
to’plangan xazinani himoya qilish, uni maqsadli sarflash, diniy qoidalarni
buzganlarni jazolash kabilardan iborat edi. Amfiktoniyalardan eng yirigi Fermopil
– Demetra ibodatxonasi bo’lib, u 12 ta qabilani o’zida birlashtirgan. Har bir qabila
2 tadan ovozga ega bo’lgan. Tashkilotning bosh organi umumiy yig’in hisoblanib,
yig’in raisi iyeremnemon deb atalgan. Umumiy yig’in yilda 2 marta: bahorda va
kuzda chaqirilgan. Iyeremnemon qabila boshliqlari orasidan ovoz berish yo’li bilan
saylangan. Amfiktoniyaning har bir a’zosi unga kirishdan oldin qasamyod qabul
qilgan. Qasamyod matni quyidagicha edi: “Amfiktoniyaga qarashli hech bir
shaharni vayron qilmayman. Uning suvlarini o’zboshimchalik bilan egallab
olmayman. Qasamyodni buzganlarga qarshi hamma bilan birgalikda urush e’lon
qilaman, uning shaharlarini vayron qilaman. Xudoning xohishiga qarshi
borganlarni shafqatsiz jazolayman”.
Amfiktoniyalar miloddan avvalgi V–IV asrlarda Yunoniston siyosiy
hayotida qudratli ta’sirga ega bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: