Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Qadimgi Ossuriya. 
Miloddan avvalgi I ming yillikda Yaqin Sharq xaritasi 
va undagi kuchlarning o’zaro nisbati tubdan o’zgargan. Xalqaro maydonda 
yetakchilik uchun yangi da’vogar davlatlar shakllangan. Ular ichida Ossuriyani 
alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 
Miloddan avvalgi VIII asrning birinchi yarmi Ossuriya uchun chuqur inqiroz 
va tushkunlik davri bo’ldi. Inqiroz holati uning xalqaro mavqeiga ham salbiy ta’sir 
ko’rsatgan. Ossuriya davlatining tashqi siyosiy qudrati Tiglatpalasar III (mil. avv. 
745–727-yy.) davrida tiklangan. U asosiy e’tiborni G’arb mamlakatlariga qaratdi. 
Janubda ham unga omad kulib boqdi. Xaldey qabilalari ustidan g’alaba qozondi. 
Tiglatpalasarning o’zi Pulu nomi bilan Bobilda toj kiygan.
Sinaxxerib (mil. avv. 705–681-yy) o’z hujumlarini asosan ikki yo’nalishda 
(G’arbiy va janubiy) olib bordi. G’arbda Ossuriyaga qarshi ittifoq tuzilgan bo’lib, 


11 
Sinaxxerib uni jangda mag’lubiyatga uchratgan. Ittifoq ishtirokchilari birma-bir 
jazolangan va ularning hududi Ossuriyaga qaram bo’lib qolgan. Hukmronligining 
butun davri davomida Sinaxxeribning o’y-fikrlari Bobilga qaratilgan. Ossuriyaga 
qarshi Bobil - Elam- Dengizbo’yi (O’rta Yer dengizi) arablar ittifoqi mavjud edi. 
Miloddan avvalgi 689- yilda Sinaxxerib Bobilni shafqatsizlarcha yakson qilib 
tashlagan. Sinaxxeribning o’g’li podsho Asarxaddon (mil. avv. 681–669-yy.) ham 
"Bobil masalasi"ni hal etishni tashqi siyosatning birinchi galdagi vazifasi deb 
hisoblagan. Sharqiy yo’nalishda ham Ossuriya uchun xavfli vaziyat yuzaga kelgan. 
Miloddan 
avvalgi 
674–673-yillarda 
Ossuriyaning 
Kashtariti 
(Fraort) 
boshchiligidagi qo’zg’olonni bostirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 
Natijada mustaqil Midiya podsholigi barpo etilgan va midiyaliklar Ossuriyaga 
qarshi tuzgan ittifoq tuzganlar. Bu ittifoqqa manneylar, kimmeriylar, skiflar va 
boshqalar kirgan. Biroq Ossuriya diplomatiyasi ittifoq a’zolarini bir-biridan ajratib, 
ularni yengishga muvaffaq bo’lgan. Miloddan avvalgi 674 va 671- yillarda Misr 
zabt etilgan, ammo Ossuriyaning Misr ustidan hukmronligi mustahkam bo’lmagan 
va uzoqqa cho’zilmagan. 
Asarxaddon o’g’li Ashshurbanapal (mil. avv. 668–626-yy.) davrida qarshilik 
ko’rsatuvchilar va qo’zg’olonchilar ustidan shafqatsiz jazolar evaziga hamda 
josuslik faoliyatining mohirona tarzda yo’lga qo’yilganligi va tajribali diplomatik 
harakatlar tufayli Ossuriya gegemon maqomini vaqtinchalik saqlab qolgan. Bunga 
kimmeriylar va skiflar bilan tuzilgan ittifoq ham yordam bergan. Miloddan avvalgi 
VII asr o’rtalarida mamlakatda siyosiy inqiroz avj olgan. Ossuriyaga qarshi yangi 
ittifoq shakllanib, elamliklar, xaldey-aramey knyazliklari va O’rta Yer dengizi 
bo’yi qabilalari, Suriya, Finikiya va Ossuriyaning viloyatlarida keng ko’lamli 
qo’zg’olonlar avj olgan. Ossuriya, ittifoqchilarning o’zaro ziddiyatlaridan 
foydalanib, bu safar ham qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirishga erishgan. 
Biroq, ich-ichidan yemirilgan Ossuriya Bobil va Midiyadan iborat qudratli 
ittifoqqa qarshi dosh berolmagan va parchalanib ketgan.


12 
Ossuriya diplomatiyasi tarixiga oid manbalarda talaygina va rang-barang 
ma’lumotlar mavjud. Manbalar ichida eng yirigi qadimgi Nineviya harobalaridan 
topilgan Ashshurbanipalning ulkan kutubxonasi hisoblanadi.
Ossuriya va unga qaram bo’lgan davlatlar o’rtasida shartnomalar og’ishmay 
bajarilishi lozim edi. Shartnomani tuzish marosimi sexr-jodu va turli amallar, 
xudolarni o’rtaga qo’yib qasam ichishlar bilan amalga oshirilgan. Shartnomani 
buzish eng tabarruk qoidalaridan xatlab o’tishni anglatgan va shafqatsizlarcha 
jazolangan. Lekin shartnomalar ossuriyaliklarning o’zlari tomonidan tez-tez 
buzilishi oddiy hol hisoblangan. 
Turli davlatlar bilan do’stona munosabatlarni qadrlagan Ossuriya podsholari 
sulolaviy nikoh va hukmron xonadonlar bilan qarindoshlik aloqalarini o’rnatishga 
alohida e’tibor qaratganlar. Ossuriya davlati hukmronligi davrida garovga olish 
amaliyoti tinchlik munosabatlarini kafolatlash, imzolangan shartnomalarga rioya 
qilish, Ossuriya hokimiyatiga bo’ysunish elementlaridan biri sifatida ko’p bora 
qo’llangan. Tobe podsholar o’z o’g’illarini, yaqin qarindoshlarini sodiqlik kafolati 
sifatida Ossuriya hukmdorlari saroyiga yuborishga majbur bo’lganlar. Boshqa 
davlatlardan kelgan shoh nasliga oid qochoqlar hukmdor tomonidan juda yaxshi 
qabul qilingan va saroyda ushlab turilgan. Ulardan siyosiy o’yinlar vaqtida 
foydalanganlar. 
Ish yuritish Ossuriya davlatida ikki tilda – akkad tilining ossuriya shevasida 
va aramey tilida olib borilgan. Davlat nomidan muzokaralarni podsholar, 
shahzodalar, taxt vorislari, podsho amaldorlari olib borganlar. Oliy tabaqaga 
mansub elchilar “abarakku”, “rabshaku”, oddiy choparlar “mar shipri” deb 
nomlangan. Ossuriyada josuslik xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu ish bilan taxt 
vorisi shug’ullangan.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin