9
Al-Amarna arxivida saqlangan xatlarning aksariyatini Misrga maxsus
elchilar va choparlar yetkazganlar. Elchilar va choparlarni ikki toifaga bo’lish
mumkin:
1. Alohida ishonchga ega bo’lgan shaxslar (ular orqali fir’avnlarning
mustaqil davlatlar podsholari bilan munosabatlari ta’minlangan).
2. Mansabdor xizmatchilar (ular orqali Falastin, Suriya va Finikiyada
joylashgan ko’plab shahar-davlatlarining hokimlari bilan aloqalari amalga
oshirilgan).
Fir’avnning har bir elchisi o’zi yuboriladigan mamlakatnining urf-odatlari,
madaniyati, yo’llari va geografik xususiyatlarini yaxshi bilishi shart bo’lgan.
Undan mohir diplomat bo’lish bilan birga kuchli jangchi bo’lishi ham talab etilgan.
Elchilarning aksariyati o’zlari yuboriladigan mamlakatning tilini ham yaxshi
bilganlar, aks holda ularga tarjimon hamrohlik qilgan.
Elchilarning shaxsiy daxlsizligi, diplomatik immuniteti huquqiy jihatdan
kafolatlanmagan bo’lib, u yoki bu podshoning huzuriga yetib kelgan elchining
taqdiri hukmdorning to’la ixtiyorida bo’lgan.
Dostları ilə paylaş: