25
hisobot berganlar. Faqat ayrim xollardagina xalq yig’inida (Forum) ham ularning
hisobotlari tinglangan.
Miloddan avvalgi III–II asrlarda boshqa davlat elchilarini qabul qilish
bo’yicha maxsus tartib joriy etilgan. Do’stona aloqadagi davlatlar yoki
dushmanlarcha munosabatdagi davlatlar elchilari turlicha kutib olingan.
Do’stlik aloqalari mustahkam bo’lgan davlat elchilari Rimdan tashqaridayoq
tantana bilan kutib olingan. Tantanali ziyofatdan so’ng
elchilar Rimdagi eng
shohona bezatilgan binolardan biriga joylashtirilgan. Rim shahrida kechqurunlari
tashkil etiladigan turli ko’ngilochar bazmlar, bayram dasturxonlarida elchilar
senatorlar va boshqa oliy darajadagi zodagonlar bilan yonma-yon joylashganlar,
ularga qimmatbaho in’omlar berilgan. Dabdabali kutib
olingan bu elchilar ertasi
kuni imzolanadigan bitimlar Rim foydasiga hal etilishiga jiddiy qarshi ko’rsata
olmaganlar.
G’anim davlat elchilari ancha sovuq kutib olingan. Ularni Rimdan
tashqarida joylashgan oddiy binolarga joylashtirilgan. Ular umuman shaharga
kiritilmagan. Ular joylashgan hudud qat’iy tarzda qo’riqlangan. Senat a’zolari
elchilarni shahar chetidagi ibodatxonada qabul qilganlar. Agar muzokaralar Rim
uchun muvaffaqiyatli kechayotgan bo’lsa, muzokaraning
yakunlovchi kuni Rim
shahriga ko’chirilgan hamda elchilar sharafiga ziyofat tashkil etilgan. Aksincha
hollarda esa elchilarga Rim hududini tark etish uchun qisqa muddat belgilanib,
kech qolgan elchi shafqatsiz jazolangan. Dushman elchilari faqat Rim
hududidagina qo’riqchilar tomonidan himoyalangan bo’lsa, do’st
davlat elchilari
o’z yurtlariga qadar kuzatib qo’yilgan.
Imperiya davrida Rimda diplomatik aloqalar shaxsan imperator va uning
konselariyasi nazoratida bo’lgan. Klavdiy imperatorligi davrida (41–54)
o’tkazilgan islohotlar jarayonida xalqaro aloqalarni tartibga solishga alohida
e’tibor qaratilgan. Unga ko’ra, imperatorga bo’ysunuvchi maxsus kotib lavozimi
joriy etilib, u Rimning xalqaro munosabatlarida asosiy mas’ul hisoblangan.
Rimning mashhur advokatlaridan biri hisoblangan
Pamponiyning yozib
26
qoldirishicha, Klavdiy davrida elchilarning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha
alohida chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Imperiya davrida Rim diplomatiyasi ikki xil ko’rinishga ega bo’lgan:
1) Tashqi diplomatik aloqalar – Rim hukmronligi doirasidan tashqaridagi
davlatlar bilan xalqaro munosabatlar.
2) Ichki diplomatik aloqalar – Rim ta’siri ostidagi davlatlar bilan xalqaro
munosabatlar.
Rim ta’siri ostidagi davlatlar avtonomiya huquqiga va iqtisodiy, siyosiy,
diniy jihatdan ma’lum vakolatlarga ega bo’lganlar. Ular Rimga elchilar jo’natib,
o’z manfaatlarini Senatda himoya qila olganlar.
Vispasian davrida qo’shni davlatlarda faoliyat
olib borayotgan elchixona
vakillari 3 nafargacha (ilgari o’n nafar bo’lgan) qisqartirilgan. Asosiy maqsad
elchixonalar uchun ajratiladigan mablag’ni cheklash bo’lgan.
Domitsian davrida (81–96) elchixonalarni mablag’ bilan ta’minlash deyarli
to’xtatilgan. Elchilik mansabini fahrli deb hisoblagan aristokratiya vakillaridan
elchilar tayinlana boshlangan.
Imperiya davrida patritsiylar orasidan yetuk
diplomatlarni tayyorlash
maqsadida maxsus maktablar faoliyat ko’rsatgan. Ularga huquq, diplomatiya,
ritorika, falsafa kabi fanlar chuqur o’rgatilgan.
Dostları ilə paylaş: