Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Gugo Grotsiy o’zinig “Urush va tinchlik huquqi to’g’risida” nomli asarida 
elchilik munosabatlari haqida qanday ma’lumotlar mavjud?
2. Salib yurishlarini xalqaro munosabatlarga ta’siri nimadan iborat? 
3. Yevropa davlatlarida absolyut monarxiyani qaror topishi diplomatiyaga 
qanday ta’sir ko’rsatdi? 
4. Lyudovik XI diplomatiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
5. “Diplomatiya ustaxonasi” qaysi davlatga tegishli? 


42 
O’RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARINING XALQARO 
MUNOSABATLARI VA DIPLOMATIYASI 
REJA: 
1. Abbosiylar diplomatiyasi. 
2. Turk xoqonligi xalqaro munosabatlar tizimida. 
3. O’rta asrlarda Xitoyning xalqaro aloqalar tizimida tutgan o’rni.
4. Usmoniylar diplomatiyasi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
“Devon ar-risolat”. Xorun ar-Rashid. Bag’dod. 
“Siyosatnoma”. Turk xoqonligi. Eftallar. Sosoniylar. Vizantiya. Ipak. Buyuk ipak 
yo’li. Suy sulolasi. Tan sulolasi. Li Shamin. Sun imperiyasi. Usmon. Murod I. 
Bolqon. Boyazid Yildirim. Amir Temur. Konstantinopol. Sulaymon Qonuniy. 
Fransisk I. 
 
Abbosiylar diplomatiyasi. 
VII asrning 30- yillarida ulkan davlatga asos 
solgan arablar bosib olgan hududlar Rim imperiyasini ham ortda qoldirgan. 
Pireney yarim orolidan G’arbiy Hindistongacha, Kavkaz va O’rta Osiyodan 
Yaman va Afrika hududlarigacha bo’lgan ulkan hududlarni o’ziga bo’ysindirgan 
arablar davlatida xalqaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Muhammad alayhissalomning vafotidan so’ng arablar keng miqyosdagi 
istilolarni amalga oshirdilar. 661- yilda hokimiyat tepasiga Ummaviylar sulolasi 
hukmronligi davrida qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlar asosan harbiy 
to’qnashuvlar tusini kasb etgan.
Abbosiylar hukmronligi davri (750–1258)da xalqaro munosabatlarda 
diplomatiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat boshqaruvida devon alohida 
ahamiyat kasb etib, uning tarkibida tashqi ishlar bilan shug’ullanuvchi vazir 
(devon-ar-risolat) lavozimi joriy etilgan. Uning qo’l ostida elchilik bilan 
shug’ullanuvchi ko’plab mulozimlar faoliyat ko’rsatgan. Diplomatik munosabatlar 
yaxshilangan davlatlar hududida doimiy elchiliklar tashkil etilb, aynan ma’lum 
maqsadni ko’zlovchi vaqtinchalik elchiliklar ham mavjud edi.


43 
Abul Fazl Bayhaqiy (995–1077)ning yozishicha, qo’shni davlatlarga 
yuboriladigan elchilar ikki kishidan iborat bo’lgan. Ulardan biri nufuzli 
zodagonlardan, ikkinchisi esa o’qimishli mullalardan saralab olingan. Elchilarga 
ikkita turli xatlar berilgan. Birinchi xat qo’shni davlat hukmdoriga atalgan bo’lib, 
xat boshida albatta, Qur’ondan sitata keltirilgan va hukmdor sha’niga hamdu-
sanolar o’qilgan. Shundan so’ng asl muddaoga o’tilgan va asosiy maqsadlar bayon 
etilgan. Xatda yuborilgan elchilarning vakolatlari va vazifalari ham ko’rsatib 
o’tilgan. Xat oxirida elchilarni uzoq ushlab qolmaslik va zudlik bilan qaytarib 
yuborish so’ralgan. Ikkinchi xat esa qo’shni davlatda doimiy faoliyat yuritayotgan 
elchiga yuborilgan. Xat “O, bizning ishonchli og’amiz” degan so’zlar bilan 
boshlanib, elchiga muzokaralar o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilgan.
Favqulodda vaziyatlarda elchiga keng vakolatlar berilgan bo’lib, ayrim 
muzokaralar chog’ida o’z bilim va tajribalariga tayangan holda ish olib borganlar. 
Davlatlar o’rtasidagi shartnoma imzolab bo’lingach, har ikki hukmdor yaqinlari va 
qarindoshlarini o’rtaga qo’yib qasam ichganlar. Qadimgi Hindiston, Xett va 
Ossuriyada bo’lgani singari garovga olish va nikoh diplomatiyalaridan ham 
samarali foydalanganlar. Ayrim qaltis masalalarni hal etish jarayonida muzokarada 
ishtirok etuvchi davlat masala hal etilgunga qadar hukmdorning o’g’illari yoki 
yaqin qarindoshlaridan biri Abbosiylar saroyida yashab turishi shart bo’lgan. 
Bundan tashqari, o’zaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida qo’shni 
davlatlarga malikalarni kelinlikka berilgan yoki o’z o’g’illarini qo’shni davlat 
malikalariga uylantirganlar. 
Abbosiylar saroyiga tashrif buyurgan elchilarga dastlabki uchrashuv 
chog’idanoq sovg’a-salomlar ulashilgan. Ularning missiyasi yakunlangach, masala 
ijobiy hal etilgan bo’lsa, yanada qimmatbaho sovg’alar ulashilgan. Xalifa saroyida 
sovg’a ulashuvchi alohida lavozim mavjud bo’lgan. 
XI asrga oid Nizomilmulkning “Siyosatnoma” asarida arablar saroyidagi 
elchilik munosabatlariga bag’ishlangan alohida bob mavjud. Unda yozilishicha, 
mamlakat hududiga kirib kelgan elchilar xoh do’st, xoh dushman mamlakatdan 
bo’lsin, ularga yuqori darajada e’tibor ko’rsatilgan. Elchilar alohida qo’riqchilar 


44 
otryadi, oziq-ovqat, yotoqxona va kiyim-kechaklar bilan ta’minlangan. Elchidan 
bir vaqtning o’zida mohir ayg’oqchi bo’lish ham talab etilgan. Elchi o’z tashrifi 
chog’ida tashrif buyurgan mamlakatning tabiiy sharoiti, daryolari, soylari, ko’llari, 
tog’ va adirlari, qo’shin soni, uning harbiy intizomi, saroydagi muhitning sog’lom 
yoki nosog’lom ekani, shahzodalarning o’zaro munosabatlari, nizolari, 
ziyofatlarning tashkil etilishi sifati, hukmdorning shaxsiy qusur va fazilatlari, 
bilimli yoki savodsizligi haqida ham yetarli darajada ma’lumot to’plashi shart edi. 
Bularning barchasidan ko’rinib turibdiki, Vizantiya va Sosoniylar Eroni 
diplomatiyasi an’analari Sharqda yanada gullab yashnadi. G’arb mamlakatlari va 
Qurdoba xalifaligi o’rtasida o’rnatilgan ko’plab aloqalar, salib yurishlari davomida 
bo’lib o’tgan to’qnashuvlar va muzokaralar orqali Sharqning ta’siri orqada qolgan 
va madaniyatsizroq bo’lgan G’arbga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Frank 
tarixchilarining asarlarida Buyuk Karl (768–814) va Bag’dod xalifasi Xorun ar-
Rashid (786–809) o’rtasida elchilik aloqalari, o’zaro xat yozishmalari, bir-biriga 
yuborgan tuhfalar haqida ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Biroq Sharq tarixchilari 
asarlarida Buyuk Karl huzuriga yuborilgan elchiliklar haqida hech qanday 
ma’lumotlar uchramaydi. Shunday bo’lsada, Sharqdan Franklar davlatiga 
savdogarlar, ayniqsa yahudiylar tez-tez o’zlari bilan noyob mollar olib borganlar. 
Bir kuni keltirilgan fil shunchalik katta shov-shuvga sababchi bo’lganki, frank 
solnomalarida uning vafot etgan yili qayd etilgan. Balki Sharq savdogarlarining 
ushbu tashriflari xalifa yuborgan elchiliklar to’g’risidagi afsonaga zamin 
yaratgandir. 
Xalifalik Sharq va G’arbning barcha mamlakatlari bilan savdo aloqalariga 
ega bo’lgan. Arab savdogarlari Hindiston, Indoneziya, Xitoyga dengiz orqali 
ko’plab safarlarni amalga oshirganlar va bu yerlarda musulmon savdogarlarining 
yirik faktoriyalari (savdo-sotiq manzilgohlari) paydo bo’lgan. Qizg’in savdo 
aloqalari shimoliy mamlakatlar bilan ham yo’lga qo’yilgan. Arab savdogarlari o’z 
mollarini Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillarigacha yetkazib borganlar.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin