Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Fransuz diplomatiyasi.
O’rta asrlar Yevropasidagi eng muhim voqealardan 
biri hisoblangan “Yuz-yillik urush” Fransiyaning siyosiy jihatdan rivojlanishida 
muhim rol o’ynagan.
1328- yilda kapetinglar sulolasi tugatilib, taxtga Filipp VI Valua (1328–
1350) o’tirgach, Angliya qiroli Eduard III (1327–1377, u Filipp IV Chiroylining 
nabirasi edi) ham Fransiya taxtiga da’vogarlik qila boshlagan. Shu sababli Angliya 
Fransiyaga qarshi urushga harbiy jihatdan katta tayyorgarlikni boshlab yuborgan. 
Ushbu voqea doirasida Yevropada murakkab diplomatik o’yinlar boshlangan. Bu 
o’yinga kuchli diplomatik ta’sirga ega bo’lgan Papa, german imperatori, 
Shotlandiya, Sitsiliya, Kastiliya qirollari hamda ko’plab yirik gersoglik va 
grafliklar aralashganlar.
Papa, Flandriya grafi va Shotlandiya qiroli Fransiyani jiddiy qo’llab-
quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirganlar. Papa Filipp VI ni din himoyachisi 
deb bilsa, Flandriya grafi fransuz qirolidan qarzdor bo’lgan. Chunki fransuzlar 
Flandriya shaharlarining grafga qarshi qo’zg’olonini bostirishda katta yordam 
berganlar. Shotlandiya esa azaldan Fransiyaning ittifoqchi bo’lgan. Fransuzlar 
shotlandlarning inglizlarga qarshi kurashida Filipp IV Chiroyli davri (1285–
1314)dan beri yordam berib kelganlar.


39 
Angliya qiroli Eduard III ham o’z atrofiga ittifoqchilar to’play boshlagan. 
Dastlab moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan german imperatoriga 
300 ming florin miqdorida ulkan qarz berilgan. Xuddi shunday yo’l bilan 
Gennagaus, Zeland, Brabant kabi uncha katta bo’lmagan knyazliklar Angliya 
ittifoqchilariga aylangan. Flandriya ta’siri ostidagi ushbu knyazliklar graf zulmidan 
qutilish uchun Angliyani qo’llab-quvvatlashga rozi bo’lganlar.
Yuz-yillik urushda Angliya ustidan qozonilgan g’alabada fransuzlarning 
vatanparvarlik jasoratlari bilan bir qatorda, yuksak darajada olib borilgan 
diplomatiyaning ham munosib o’rni bor. 
Zamonaviy tadqiqotchilar fransuz qiroli Lyudovik XI (1461–1483)ni 
“zamonaviy diplomatiyaning otasi” sifatida tan olganlar. U chindan ham mohir 
diplomat edi.
Lyudovik XI ritsarlik shon-shuhratini tan olmas, urushlarni esa umuman 
yoqtirmas hamda diplomatiyani o’zining asosiy quroli deb bilardi. U ayyorlikni 
kuchdan ustun qo’yar, ko’plab dushmanlari bilan munosabatlar paytida har doim 
yuzma-yuz janglardan o’zini olib qochishni uddalardi. O’sha davr tarixchilaridan 
biri Komminning yozishicha, Lyudovik XI ertayu-kech yangi g’oyalar yaratish 
bilan mashg’ul bo’lgan. O’z raqiblarini bir-biri bilan urishtirib qo’yish, eng kerakli 
vaziyatda ularni yarashtiruvchi sud’ya rolini o’ynash, tinchlik o’rnatish orqali o’z 
manfaatlarini ham himoya qilish fransuz qirolining asosiy taktikasi edi. U davlatni 
boshqarish sohasidagi barcha ikir-chikirlarni erinmay surishtirar, o’z vaqtining 
asosiy qismini turli toifadagi dvoryanlar bilan tanishishga, ular haqida ma’lumot 
to’plashga, o’zi bilan yaqin deb hisoblagan dvoryanlar bilan yozishmalar olib 
borishga sarflardi. Komminning ta’kidlashicha, bu qadar ko’p odamlar bilan 
tanishuvchi, odamlarni bu qadar ko’p tinglovchi, bu qadar ko’p ma’lumot 
to’plovchi kishi butun Fransiyadan boshqa topilmagan. Haqiqatdan ham Lyudovik 
XI Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Burgundiyadagi barcha taniqli davlat 
arboblari hamda yuqori darajali dvoryanlar bilan shaxsan tanish edi. Shu bilan 
birga ular haqidagi ko’plab qimmatli ma’lumotlarga ega ediki, yuqori tabaqa 


40 
vakillari ishtirokidagi nizolar va tortishuvlar qanday yakunlanishini oldindan 
bexato aytib bera olardi.
Lyudovik XI ning o’z diplomatlari bilan ish olib borish uslubi ham o’ziga 
xos ko’rinishga ega bo’lgan. Qirol ularga faoliyat yuritishlarida barcha 
yerkinliklarni berib qo’ygandek o’zini tutar, ulardan doim maslahat so’rar, aslida 
esa barcha ishlarni zimdan kuzatib borardi. U o’z diplomatlaridan biriga shunday 
maslahat bergan: - “Agar ishlar ko’ngildagidek ketayotgan bo’lsa, meni har 
zamonda habardor qilib turishing kifoya, aks holda, senga yordam berishim uchun 
barcha ma’lumotlardan ipidan-ignasigacha meni habardor qilishing shart”. 
Lyudovik XI o’z elchilariga imkon qadar ko’proq tarafdorlarni sotib olishni 
maslahat berardi. Ularga qarata: “ko’ryapsanlarmi, ular sizni aldamoqda, mayli, 
lekin sizlar ko’proq aldanglar” degan so’zlarni ko’p ishlatardi. Bunday qonun-
qoidalar Lyudovik XI diplomatiyasining asosiy mazmunini anglatardi. Uning qo’l 
ostidagi 70 dan ortiq diplomatlarning nomlari butun Yevropada mashhur bo’lgan. 
Komminning yozishicha, diplomatlarining birortasi ham qirolga xiyonat qilishni 
xayollariga ham keltira olmaganlar. Chunki, har bir diplomat orqasida, albatta, 
alohida qirol ayg’oqchisi bo’lgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin