Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Birinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar. 
Imperializm 
davridagi xalqaro munosabatlar kapitalistik davlatlarning tashqi siyosatida 
kapitalistik monopoliyalar va moliya oligarxiyasining manfaatlari hukmronlik 
qilishi bilan, dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bu davlatlar o’rtasida kurash 
borishi bilan xarakterlanadi. Ayni bir vaqtda kapitalistlarning ittifoqchilari, ya’ni 
yirik monopolistik birlashmalar o’rtasida dunyoni bo’lib olish, mol sotish 
bozorlarini, xom-ashyo manbalarini taqsimlash uchun kurash olib borildi.
Imperializm davrida kapitalistik mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan notekis rivojlanishining keskin ravishda kuchayishi imperialistik davlatlar 
o’rtasidagi muvozanatning tez-tez izdan chiqib turishiga olib keladi. Ayrim 
imperialistik mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy qudratining nisbati o’zgarib turishi 
natijasida ularning amaldagi kuchi mustamlakalar, bozorlar uchun yetmas edi. 
Tezroq o’sayotgan davlatlar o’z monopolistlariga bozor va xom-ashyo manbalarini 
to’la egallash, mustamlakalarni ekspluatatsiya qilish yo’li bilan juda katta ustama 
foyda olishlarini ta’minlash uchun boshqa davlatlar hisobiga o’z mustamlakalarini 
kengaytirishga intildilar. “Bo’sh”, ya’ni hech qaysi kapitalistik davlat tomonidan 
egallanmagan territoriya qolmagandan so’ng, bu intilish mustamlakalar va ta’sir 
doiralarini qayta bo’lish uchun urinib ko’rishga olib keldiki, bunda qurolli kuch 
ishlatishdan ham tap tortilmaydi. Shunday qilib, imperializm muqarrar suratda 
kapitalistik davlatlar o’rtasida ziddiyatlarning keskinlashishiga va urushlarni 
keltirib chiqaradigan iqtisodiy zaminning yaratilishga olib keladi. Bunda zo’r berib 
qurollanish va urushlarning o’zi kapitalistlar uchun ustama foyda olish manbai 
bo’lib qoldi. Imperializmga qarshi kuchlar va avvalo butun dunyo ishchilar sinfi, 
shuningdek ezilgan millatlarning ozodlik harakati yetarli darajada kuchli va 
uyushgan bo’lmagan bir davrda, imperialistik urushlarning bo’lishi muqarrar edi. 
XIX asrning keyingi o’n yilligi AQShning faol ravishda mustamlakachilik 
siyosati maydoniga chiqishi bilan xarakterlanadi. Amerika ekspansiyasi ikki asosiy 
tomonga Uzoq Sharqqa va Lotin Amerikasiga tomon rivojlanib bordi va AQSh 
1893- yilda Gavay orollarini bosib oldi. AQShning G’arbiy qirg’og’idan Xitoy 


120 
qirg’oqlarigacha bo’lgan yo’lning qoq yarmida joylashgan bu orollar AQShning 
Tinch okean markazidagi muhim tayanch punktiga aylandi. 
1898- yilda AQSh Ispaniyaga qarshi urush boshlab, uning ustidan osongina 
g’alaba qozondi. Ispaniya Filippin orollarini, Puerto-Riko va Kubani AQShga 
berishga majbur bo’ldi. Ispaniya Amerika urushi bir kapitalistik davlat 
(AQSh)ning ikkinchi imperalistik davlat (Ispaniya)ga qarshi, Ispaniya davlatining 
mustamlakalarini egallash uchun olib borilgan urush bo’ldi. Bu dunyoni qayta 
taqsim qilish uchun olib borilgan birinchi urush, birinchi imperialistik urush edi.
AQShning Uzoq Sharqdagi ekspansiyachilik siyosatining markaziy ob’ekti 
Xitoy bo’lib qoldi. AQShning hukmron doiralari Xitoyga Amerika kapitalining 
kelajakdagi muhim bozor sifatida qarardilar. Ammo Xitoy boshqa yirik davlatlar 
ta’siriga allaqachon tushib qolgan edi. Shuning uchun AQSh 1899- yilda davlat 
sekretari Xey orqali Xitoyda “Ochiq eshik” doktorinasi deb atilgan doktorinani, 
ya’ni Xitoyga iqtisodiy sohada erkin kirib borish va barcha millatining kapitali 
faoliyati uchun teng sharoit tug’dirishni e’lon qildi. O’zining iqtisodiy kuch-
qudratiga ishongan Amerika kapitali Xitoydagi barcha konkurentlarini yenga 
olishga umid bog’ladi. AQSh hukumati Rossiyani o’zining Xitoydagi asosiy raqibi 
deb hisoblab, shuning uchun AQSh hukumati, ingliz hukumati kabi Rossiyaga 
qarshi Yaponiyani qo’llab-quvvatladi.
Ilgaridan mavjud bo’lgan xalqaro ziddiyatlar imperializm davriga ham o’tib 
keldi. Monopolistik kapitalning davlatlar tashqi siyosatiga ta’siri bo’lgan sharoitda 
bu ziddiyatlar yanada keskinlashib bordi. Masalan, Elzas va Lotaringiya masalasi 
bo’yicha Fransiya bilan Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarni Lotaringiya temir 
rudasi uchun german kapitaliga qarashli qudratli Reyn-Rur monopoliyalarining 
fransuz og’ir sanoat monopolistlariga qarshi olib borgan kurashi yanada 
keskinlashtirib yubordi. Bunda fransuz imperializmi Elzas va Lotaringiyaning 
1871- yilda Germaniya bosib olgan qismini qaytarib olmoqchi bo’lsa, german 
imperializmi Fransiya qo’lida qolgan Brie va Longvi havzalarini bosib olmoqchi 
bo’ldi. German imperialistlarining Fransiyaga qarshi kurashi shu bilan birga 
Germaniyaning Yevropada gegemonlik qilish uchun kurashi bo’ldi.


121 
1873- yildagi iqtisodiy inqirozdan keyin Germaniyaning savdo sohasidagi 
konkurensiyasi Angliyaning ta’bini xira qila boshladi. Shu bilan birga, german 
imperiyasining yuksalishi kit’ada Germaniyaning gegemonligi o’rnatilishidan 
qo’rqqan Angliyani xavfga solib qo’ydi.
Keyingi o’n yillikda Angliya bilan Germaniya o’rtasidagi munosabatlarni 
yanada keskinlashtirgan faktorlarga mustamlakalar uchun kurash qo’shildi. 90-
yillarning o’rtalarida juda katta mustamlakasi imperiyani tuzish Germaniya tashqi 
siyosatining asosiy vazifasi bo’lib qoldi. Shu davrdan boshlab, ingliz-german 
ziddiyatlari g’oyat keskinlashib ketdi va xalqaro siyosatdagi ahamiyati juda katta 
bo’ldi. Bu ziddiyatlarning keskinlashuviga shu narsa sabab bo’ldiki, ular 
Yevropadagi sanoati eng kuchli bo’lgan davlatlar edi, buning ustiga bu davrda gap 
“bo’sh” yerlarni bo’lib olish haqida emas, olgan hududni qayta taqsimlash ustida 
borardi. Yosh german imperializmi juda qat’iy turib dunyoni butunlay yangidan 
qayta bo’lish masalasini qo’ya boshladi. Angliya bilan Germaniya o’rtasidagi 
ziddiyatlarning o’sib borishi munosabati bilan, do’stona munosabatlar 90-
yillarning o’rtalariga kelib tez keskinlashib ketdi. Germaniya imkoni bor joyda 
Angliyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi harakat qila boshladi. Raqobat 
qilish hududlaridan biri Janubiy Amerika bo’lib qoldi, u yerda Germaniya 
Angliyaga va uning Bur respublikalaridagi ta’siriga qarshi kurash boshladi. 
Jensonning Transvaalga qilgan (1895) muvaffaqiyatsiz hujumidan so’ng 1896- yil 
yanvarda Vil’gel’m II namoyishkorona prezident Kryugerga tabrik telegrammasi 
yubordi. Transvaalni o’z mulki deb hisoblagan Angliyada Kayzerning bu 
telegrammasi ig’vogarlikdan iborat qadam deb kutib olindi. Yaqin va o’rta Sharq 
ham o’sha davrdagi ikki imperialistik yirtqichning raqobat doirasidan chetda 
qolmagan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida kapitalistik dunyo mustamlakachilik 
zulmiga qarshi qaratilgan kuchli xalq harakatiga duch keldi. 1900- yilda Xitoyda 
xalq qo’zg’oloni boshlandi. Qo’zg’olonchilar Pekinni bosib olib, “elchixonalar” 
kvartalini qamal qila boshladilar. Qo’zg’olonni bostirish uchun xalqaro jazo 
korpusi yuborilib, uning sostavida barcha yirik kapitalistik davlatlar bor edi. 1900-


122 
yil 15-avgustda xalqaro “jazolovchilar” Pekinni ishg’ol qildilar. Qo’zg’olon misli 
ko’rilmagan sxavfqatsizlik bilan bostirildi. Pekindagi saroylar va ibodatxonalar 
chet el ofitserlari tomonidan talandi. Xitoyning imperator hukumati imperialistik 
davlatlarning hukumatlari bilan muzokara boshlashga va yakunlovchi protokol deb 
atalgan shartnomaga qo’l qo’yishiga majbur bo’ldi. Xitoy hukumati Xitoyning 
milliy iftixorini oyoqosti qilgan turli xil shartlarni qabul qilishdan tashqari, 
imperialistik davlatlarga “qo’zg’olon natijasida chet elliklarning ko’rgan zarari 
evaziga” anchagina kontributsiya to’lashga, shuningdek, Xitoyga qurol olib 
kirishni man qilishga rozilik berdi. Qo’zg’olon paytida Rossiya o’z qo’shinlari 
bilan Man’chjuriyaning bir qismini bosib oldi. Angliya Xitoyni asoratga solishda 
chet el kapitalining faol ish ko’rayotgan asosiy markazi bo’lgan Shanxayni bosib 
oldi. Ingliz imperializmi Shanxayni egallab turishi va Yanszi daryosi vodiysida 
kuchli ta’sirga ega bo’lishga qoniqmay, chor Rossiyani Manchjuriyadan siqib 
chiqarmoqchi bo’ldi. Ingliz hukumati shu maqsadda Germaniyadan foydalanishga 
urinib ko’rdi, lekin bundan hech nima chiqmadi. Rossiyaga qarshi ittifoq 
to’g’risida Germaniya bilan olib borilgan muzokaralar mutaffaqiyatsiz tugadi. 
Biroq ingliz imperialistlari Rossiyaga qarshi chiqishga tayyor turgan ittifoqchi 
sifatida Yaponiyani tayyorladilar. Yaponiya Koreya bilan Manchjuriyani bo’ysun-
dirib, ekspansiyasini yana davom ettirish uchun platsdarm tayyorlamoqchi edi.
1902- yilda tuzilgan ittifoqchilik shartnomasiga muvofiq, bu davlatlarning 
birontasi uchinchi davlat bilan urush holatiga tushib qolsa, ikki tomon ham kat’iy 
betaraflikka rioya qilishga va’da berdilar. Agar ittifoqdagi bir tomonga ikkita 
davlat bilan urishishga to’g’ri kelib qolsa, ikkinchi tomon betaraf turishi emas, 
balki qurol bilan yordam berishni va’da qilgan edi. Shartnomadagi bu qarorlar, 
amalda, agar Rossiya bilan Yaponiya o’rtasida urush chiqib qolsa, Angliya boshqa 
davlatlarni masalan, Fransiyani bu urushga aralashtirmaslik uchun Yaponiyani 
kafolatlaydi, degan gap edi. Ittifoq haqidagi shartnomadan tashqari, Yaponiya 
Angliyaning moliyaviy yordami bilan ta’minlandiki, busiz Yaponiya Rossiyaga 
qarshi Yaponiyani qo’llab, AQSh ham faol diplomatik va moliyaviy yordam berib 
turdi. Ingliz-yapon ittifoqi tuzilishi bilan ingliz imperialistlari Xitoyda ingliz 


123 
manfaatlarini boshqalar orqali ta’minlab turish imkoniyatiga ega bo’lib qoldi. 
Bundan, tashqari, 1902- yilda ingliz imperializmining kuchini band qilib turgan 
ingliz-bur urushlari tamom bo’lgan edi. Shu vaqtga kelib, mustamlakachilik 
sohasidagi janjalli muammolarni hal qilish yuzasidan ingliz-fransuz muzokaralari 
boshlangan edi, mustamlakachilik sohasidagi bu jaljallar Fashod inqirozi kunlarida 
(1898- yil kuz) ingliz-fransuz urushini chiqarishga olib kelgan edi. XX asrning 
dastlabki-yillaridagi strategik vaziyat ham Fransiya hukmron doiralarini Angliya 
bilan yaqinlashishga undadi. Fransiyaning ittifoqchisi bo’lgan Rossiyaning qurolli 
kuchlari va mablag’larining anchagina qismi 90- yillarning oxiridan boshlab Uzoq 
Sharqqa jalb qilingan edi. Bu yerdagi rus ekspansiyasini Germaniya atayin 
rag’batlashtirib Yaponiya bilan urush olib borishga undamoqda edi. Kuchlarning 
Uzoq Sharqda jalb kilinishi Rossiyani Yevropada zaiflashtirar, Fransiya esa 
Germaniya bilan urush boshlangan taqdirda yetarli kuchga ega bo’lmay qolardi.
To’g’ri, Fransiya Uchlar ittifoqini zaiflashtirib, o’z mavqeini bir muncha 
mustahkamlab olishga muvaffaq bo’lgan edi. Bu maqsadda u Italiya bilan 
yaqinlashish yo’li bilan erishdi. Italiya esa o’z navbatida Fransiya bilan olib 
borilgan savdo urushida juda katta zarar ko’rdi. Iqtisodiy jihatdan yaqinlashgandan 
so’ng Fransiya bilan Italiya o’rtasida yana ikkita bitim tuzildi. 1900- yildagi 
bitimga muvofiq, Fransiya Tripolitaniyada manfaatdor emasligini, Italiya esa 
Marokashda manfaatdor emasligini bayon qildilar. Biroq Italiyaning betarafligi 
taminlangan bo’lsa xam, bu betaraflik Fransiya uchun kurash bo’lgan taqdirda 
Rossiya bilan harbiy ittifoqning vaqtincha bo’lsa ham o’rnini bosa olmas edi. Bu 
vaziyat ingliz-fransuz muzokaralari uchun qulay sharoit yaratdi.
Keyingi voqealar Fransiyaning german agressiyasidan qo’rqishi bejiz 
emasligini ko’rsatdi. 1904- yil oxirida german hukumati Rossiyaning Uzoq 
Sharqda mag’lubiyatga uchraganligidan foydalanib, faqat Germaniyaning o’zi 
uchun qulay bo’lgan savdo shartnomasini tuzishga rus hukumatini majbur qildi. 
Vil’gel’m II bu bilan cheklanmay Nikolay II bilan Rossiya va Germaniya o’rtasida 
ittifoq tuzish haqida shaxsiy muzokaralar boshlab yubordi. Germaniya hukumati 
mavjud ahvolni hisobga olib, ingliz-fransuz Antantasiga qarshi chiqdi. Kansler 


124 
Byulov Fransiyani qo’rqitishga va uni Angliya bilan hamkorlik qilishdan voz 
kechdirishga hamda Fransiyaning Marokashda mustahkamlanib olishga yo’l 
qo’ymaslikka urinib ko’rdi. Byulov Marokashning mustaqilligini himoya qilish 
niqobi ostida uni Germaniya ta’siridagi davlatga aylantirib qo’ymoqchi bo’ldi. 
Germaniya hukumati ig’vo va qo’rqitish yo’li bilan ish ko’rdi. 1905- yil 31- 
martda Vil’gel’m II namoyishkorona ravishda Marokashning Tanjer portiga bordi 
va u yerda nutq so’zladi. U o’z nutqida Marokashning “mustaqil” ekanligini 
ko’rsatish bilan, Germaniya bu mamlakatda boshqa davlatlar bilan bir qatorda teng 
“huquqqa” ega bo’lishni talab qilayotganligini ta’kidladi.
Buning ketidan Germaniya hukumati xalqaro konferensiya chaqirishni talab 
qildi. Ushbu konferensiyadan Marokash haqidagi ingliz-fransuz bitimini bekor 
qilish uchun foydalanishni nazarda tutardi. Agar Fransiya Germaniyaning 
talablarini qabul qilmasa, u bilan urushish xavfi ostida qolardi. Marokash masalasi 
bo’yicha xalqaro konferensiya 1906- yilning boshida Ispaniyaning Alxesiras 
shahrida bo’lib o’tadi. Marokashning ingliz va fransuz mustamlakachilari kelishib 
allaqachon belgilab qo’ygan taqdirini xalqaro konferensiyada ko’rishga, 
Fransiyaning rozi bo’lishi Germaniyaning yutug’i bo’ldi. Bu konferensiyaning 
natijalari 
uning 
mag’lubiyatga 
uchraganligini 
ko’rsatdi. 
Konferensiyada 
Germaniya yakka bo’lib qoldi. Angliya, Rossiya va hatto Germaniyaning rasman 
ittifoqchisi bo’lib qolgan Italiya ham konferensiyada Fransiyani faol qo’llab-
quvvatladi. AQSh ham Fransiyani qo’llab-quvvatladi.
Marokash kriizisining oqibatlaridan biri shu bo’ldiki, ingliz hukumati faqat 
mustamlakachilik ekspeditsiyalarida emas, balki katta Yevropa urushida ham 
ishtirok etish maqsadida Fransiya va Belgiyaga jo’natish mumkin bo’lgan quruqlik 
qurolli kuchlari tashkil qilishga qaror qilganligi bo’ldi. 1905- yilda Angliyada 
yangi tipdagi bronenosets kemasi qurila boshladiki, u kuchi va suzish tezligi bilan 
bundan oldingi kemalardan ancha ustun turardi.
Shu xildagi birinchi kemaning nomi bilan yangi tipdagi kemalar dretnout 
(inglizcha dreadnouht – qo’rqmas degani) deb atala boshladi. Drednoutlar paydo 
bo’lgandan so’ng bir linkorni qurishga ketadigan xarajatlar ikki marta ko’paydi va 


125 
zo’r berib qurollanishning og’irligi borgan sari ko’proq xalq zimmasiga tusha 
bordi. 1908- yildan 1912- yilgacha Germaniyada har yili to’rttadan drednout qurish 
mo’ljallangan edi.
Ingliz hukumati Germaniya hukumatiga yangi harbiy kemalar qurishni 
cheklashni bir necha marta taklif qildi. Biroq, shu tarzda bitimga kelish faqat 
Angliyagagina foydali edi. Agar kemalar qurish cheklab qo’yiladigan bo’lsa, 
Angliya, o’zining dengizdagi mavjud ustunligini saqlab qolgan bo’lardi. 
Germaniya bu taklifni rad etdi. U shartnoma asosida ikki tomon floti kuchlari 
nisbatini tenglashtirishni taklif qildi. Bunda Germaniya o’sha vaqtdagi ikki tomon 
o’rtasida amalda mavjud bo’lgan nisbat bo’yicha emas, balki o’zi uchun foydali 
bo’lgan nisbatda kelishmoqchi bo’ldi. Ikki tomon kelisha olmadi va shundan so’ng 
ingliz hukumati Germaniyada qurilayotgan xar bir drednout uchun ikkita drednout 
qurish bilan javob berishga qaror qildi. Qurollanishga ketayotgan sarflarning 
miqdori misli ko’rilmagan darajada oshib ketdi.
1910- yilda keskin xalqaro inqiroz yuz bermadi. Biroq, bu yil bir qadar tinch 
o’tgan eng so’nggi yil bo’ldi. 1911- yilning may oyida fransuz qo’shinlari 
g’alayonlarni bostirish va fransuz fuqarolarini himoya qilish bahonasi bilan 
Marokash poytaxti Fets shahrini bosib oldi. Fransuz imperializmi amalda 
Marokashni bosib olmoqda edi.
Germaniya hukumati bunga to’sqinlik qilishga qodir bo’lmay, hech 
bo’lmasa moddiy jihatdan manfaatdor bo’lib qolishga qaror qildi. 1- iyulda 
Marokashning Atlantika qirg’og’idagi Agadir shahri yonidagi ko’rfazda “Pantera” 
nomli german harbiy kemasi yakor tashladi. Agadir geografik jihatdan juda qulay 
joylashganligi Gibraltar bo’roziga yaqin bo’lganligi uchun muhim startegik 
ahamiyatga ega edi. Agadir o’ziga xos bir garov bo’lib, Germaniya bu shaxarni 
egallash bilan Fransiyani jiddiy yon berishlarga majbur qilish niyatida edi. Agar 
Germaniya hukumati Marokashning bir bo’lagini qo’lga kirita olmasa, buning 
evaziga Fransiyaning ekvatorial Afrikadagi yerlariga ega bo’lmoqchi edi. Dastlab 
u butun fransuz kongosini berishni talab qildi. Fransuz hukumati bu da’voni rad 
qildi. Natijada urush ko’lankasi paydo bo’ldi.


126 
Fransiya-Germaniya janjaliga Angliya aralashdi. 1911- yil 12- iyulda 
kabinetning topshirig’i bilan jamoatchilik oldida so’zlagan nutqida Loyd Jorj 
Angliya Marokash masalasida Germaniyaga qarshi urushdan ham tap tortmasligini 
ochiq aytdi. Britaniya vazirining aytgan so’zlari Vil’gel’m II va uning hukumatini 
o’z da’volarini kamaytirishga majbur etdi. 1911- yil kuzda Fransiya Marokashdagi 
fransuz protektoratini tan oldi. Fransiya esa buning evaziga Kongodagi o’z 
yerining uncha katta bo’lmagan qismini Germaniyaga berdi.
Agadir inqirozi tugamasdanoq Italiya-Turkiya urushi boshlanib ketdi. Italiya 
Usmoniylar imperiyasining bir viloyati bo’lgan Tripolitaniyani bosib olishga 
ko’pdan harakat qilib kelardi. 1900- yilda Fransiya-Italiya shartnomasiga binoan, 
Italiya mustamlaka egallashga qaratilgan bu urushga Fransiyaning roziligini 
ta’minlab qo’ygan edi.
Italiya qo’shinlari Tripolitaniyada joylashgan zaif turk garnizonlari ustidan 
osonlik bilan g’alaba qozondilar. Lekin, Tripolitaniyani bosib olishini uzoq 
vaqtgacha tan olishga ko’nmagan edi. Biroq, Bolqonda boshlanib ketgan urush 
Turkiyani sulh shartnomasiga imzo chekishga va Tripolitaniyada italyan 
imperialistlarga berishga 1912- yilda majbur qildi.
1912- yilda Bolgariya bilan Serbiya Rossiyaning, shuninglek, Antantaga 
kirgan boshqa davlatlarning vositachiligi bilan o’zaro ittifoq bo’lish haqida 
shartnoma tuzdilar, holbuki, bu ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar shu davrgacha 
ko’pincha dushmanlik ruhida bo’lib kelgan edi. Ko’p o’tmay, Serbiya bilan 
Bolgariyaga Gretsiya bilan Chernogoriya qo’shilib, Bolqon ittifoqini tashkil 
etdilar. Bularning hammasini Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurashish uchun 
birlashtirgan edi, chunki hali ko’pgina slavyanlar va greklar bu imperiya zulmi 
ostida yashardilar.
Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi urushni 1912- yil oktyabrda 
boshladilar. Rossiya bularning urush boshlanganliklarini ma’qullamadi, chunki 
Rossiyaga Bolqon bloki Turkiyaga qarshi urush uchun emas, balki Germaniya va 
Avstriya-Vengriyaga qarshi kurashish uchun zarur edi. Lekin, Rossiya o’zini katta 
Yevropa urushiga tayyor emas, deb hisoblardi.


127 
Turkiya tez fursatda tor-mor qilindi. Bolgar qo’shinlari Konstantinopol 
tomon yo’l oldilar, yunon qo’shinlari Salonikini ishg’ol qildilar, serblar esa 
Makedoniyaning katta qismini ya’ni Shimoliy Albaniyani va Novipadar hududini 
bosib oldilar.
1912- yilda Turkiya sulh tuzishni so’radi. Bo’lajak sulh, shartlari haqida 
muzokaralar boshlanib ketdi. Muzokaralar uzoq davom etdi, bir necha bor 
kelishmovchiliklar chiqib, murakkablashdi va natijada Bolqonda yangi urush yoki 
hatto Yevropa urushi boshlanib ketish xavfi tug’ildi. Serbiya dengizga chiqadigan 
yo’lga ega bo’lish uchun Shimoliy Albaniyani talab qildi. Biroq, u Avstriya-
Vengriya Serbiyadan o’z da’vosidan voz kechishni talab qildi. Avstriya-Vengriya 
hukumati Serbiyaga qarshi urushish bilan tahdid soldi va hatto o’z armiyasini 
qisman safarbar qildi. Chor hukumati urushga tayyorgarligi bo’lmaganligi uchun, 
Bosniya inqirozi kunlaridagidyoq, Avstriya-Vengriya bilan bo’lgan janjalda 
Serbiyani quvvatlagan bo’lsa ham urush chiqarmaslikka harakat qildi.
Serbiya yana yon berdi. Serbiyaning dengizga chiqish yo’lini qo’lga 
kiritmoqchi bo’lib, kelgusi 1913- yil kuzda qilgan yana bir urinishi bir tomondan 
Avstriya-Vengriya va Germaniya, ikkinchi tomondan, Serbiya va uni qo’’lab-
quvvatlagan Rossiya o’rtasida yanada keskinroq, janjal chiqishiga olib keldi.
1913- yil yanvarda harbiy harakatlar yana boshlanib ketdi, lekin turk 
qo’shinlari yangidan-yangi mag’lubiyatga uchrayverdilar. Turkiya yana sulh, 
tuzishni so’radi.
O’sha davrdagi notinch vaziyatda har bir xalqaro janjal jahon urushiga olib 
kelishi juda oson edi. 1911–1913- yillardagi siyosiy inqirozlar umumiy urushga 
olib kelmadi, lekin har gal ham tinchlik qil ustida turardi. 1914- yildagi inqiroz ana 
shu qilning uzilishiga olib keldi.
1914- yil 28- iyunda Serb millatchilik tashkilotining agentlari Sarayevoda 
Avstriya taxt vorisi Frans-Ferdinantni o’ldirdilar. Avstriyadagi harbiy partiya ulug’ 
serbchilik harakatining bu yangi ko’rinishidan Serbiyani tor-mor qilish uchun 
bahona sifatida foydalanishni talab qilib chiqdilar. Biroq avval german 
hukumatining bu haqdagi fikrini bilishga qaror qilindi, chunki Serbiya bilan urush 


128 
boshlash Rossiyaning aralashuviga olib kelishi oson ekanligini Avstriya-
Vengriyada yaxshi tushunardilar.
25- iyulda Serbiya bosh vaziri Pashich Avstriya elchisiga javob qaytarib 
unda serb hukumati ultimatumining Serbiya uchun juda haqoratli bo’lgan bitta 
shartidan tashqari hamma shartlarini qabul qilishga rozi ekanligi aytilgan edi. 
Serbiyaning yon berishiga qaramay, Avstriya-Vengriya elchisi diplomatik 
aloqalarni uzib, darhol shu shartni bajarishni talab qildi. German harbiylari 
tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Avstriya-Vengriya hukumati vositachilik 
takliflarining hammasini rad qildi. Avstriya-Vengriya o’z qurolli kuchlarining 
ko’pchilik qismini safarbar qilib, 28- iyulda Serbiyaga urush e’lon qildi. 29- iyulda 
rus hukumati qisman safarbarlik o’tkazishga, Avstriya-Vengriyaga qarshi harakat 
qilishi mo’ljallangan qismlar to’planadigan harbiy okruglarnigina, shuningdek, 
Qora dengiz va Boltiq dengizi flotlarini safarbar kilishga qaror qildi.
29- iyulgacha Berlinda Angliyaning betaraf qolishiga umidvor edilar. Biroq 
29- iyulda Angliya tashqi ishlar vaziri Grey Germaniya elchisiga, agar qit’adagi 
urushga Germaniya bilan Fransiya ham tortilsa, Angliya Fransiya tomonida turib 
urishadi, deb to’g’ridan-to’g’ri aytdi.
Agar shu kunga qadar Germaniya urush chiqarish uchun har tomonlama 
harakat qilib kelgan bo’lsa, endi german kansleri, kechikib bo’lsa ham 
avstraliyaliklarni biron-bir yo’l topib, kelishishga rozi qilish uchun urinib ko’rdi. 
Ammo Betman-Golvegning qo’rqa-pisa qilayotgan harakati ham german bosh 
shtabi tomonidan bo’g’ib qo’yilgan edi.
Bu shtabning boshlig’i kichik Moltke harbiy harakatlarni tezroq boshlashni 
talab qilib chiqdi. U bunday muzokaralar hech qanday natija bermaydi va 
foydasizdir, bu muzokaralarning cho’zilib ketishi Germaniyani urushning dastlabki 
haftalarida imtiyozlardan, ya’ni ruslar safarbarligi cho’zilib ketganligi orqasida 
qo’lga kiritiladigan imtiyozlardan mahrum qiladi, deb hisobladi.
29- iyulda german hukumati, Rossiya boshlagan harbiy tayyorgarlik 
to’xtatilmasa, Germaniya safarbarlikka kirishadi, deb do’q urdi. Lekin, rus 
hukumati 30-iyulda umumiy safarbarlik e’lon qildi. O’sha kuniyoq Avstriya-


129 
Vengriya hukumati ham, Rossiyada safarbarlik boshlanganligidan bexabar 
umumiy safarbarlik e’lon qildi. 31- iyulda german hukumati harbiy tayyorgarlikni 
to’xtatishni talab qilib Rossiyaga ultimatum topshirdi. Rus hukumati bunga rad 
javobi qaytardi va shundan so’ng 1- avgustda Germaniya Rossiyaga urush e’lon 
qildi. 3- avgustda german hukumati soxta bayonnomalarga asoslanib, Fransiyaga 
urush e’lon qildi. Germaniya armiyasi Shliffen rejasiga muvofiq, Belgiyaning 
betarafligini buzib, Belgiya hududi orqali Fransiyaga yo’l oldi.
4- avgustda Grey Berlinga ultimatum yuborib, Belgiyaning betarafligini 
hurmat qilishga qat’iy va’da berishni talab qildi. Belgiyaning betarafligi masalasi 
faqat bahona bo’ldi, ingliz imperialistlari urushda qatnashayotganliklarini oqlash 
va jamoatchilik fikrini aldash uchun bu bahonadan foydalanishni lozim ko’rdilar. 
Angliya o’z ultimatumiga javob olmagach, 4- avgustdan 5- avgustga o’tar kechasi 
Germaniyaga qarshi urushga qo’shildi. Birinchi jahon urushi ana shu yo’sinda 
boshlanib ketdi. Bu urush ikki imperialistik guruh: o’rtasidagi raqobat natijasi 
bo’ldi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin