O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
BIOLOGIK MEMBRANALAR VA ULARNING VAZIFALARI.
Ismatova Raʼno Аxadovna
(Texnika fanidan falsafa doktori) (PhD),
Biokimyo kafedrasi dotsenti,
Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Navoiy ko‘chasi, 1, Buxoro, O‘zbekiston, 200118
E-mail: lyuba-ali-1988@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada biologik membranalar, biomembranalar vazifasi va
tuzilishi va membrana oqsillari haqida qisqacha so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Biomembrana, hujayra, massa, tashqi
organoid, metabolizm.
Metabolizm – bu barcha metabolitik yo'llarning majmuasidir.
Metabolizmda
moddalar o'zgarishining ikkita asosiy tomoni – katabolizm bilan anabolizm tafovut
qilinadi.
Katabolizmda organik moddalar pirovard natijada uglerod (IV)
oksidi va suvga
parchalanadi. Katabolizm ekzergonik jarayondir. Anabolizm bu – birmuncha sodda
moddalarning
birmuncha murakkab moddalarga, kofermentlar,
gormonlar, oqsillar,
nuklein kislotalar va boshqalar singari hujayraning struktura-funktsional
tarkibiy
qismlari bo'lib xizmat qiluvchi moddalarga aylanishidir. Ko'pgina anabolizm
reaktsiyalari endergonik
reaktsiyalar jumlasiga kiradi; bular uchun katabolizm
jarayoni energiya manbai bo'lib xizmat qiladi.
1-rasm. Membrananing tarkibi.
Biologik membranalar.
Membranalar eng ko'p tarqalgan hujayra organellasidir.
Membranalar sitoplazmatik va organellalarning membranalariga bo'linadi.
Biologik
membrana bir necha biologik vazifalarni bajaradi: ajratuvchi, biriktiruvchi, transport,