ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.12.2022
retseptor, energiya, transformatsion, metabolitik, antigen, boshqaruv va boshqa
membranalar tuzilishining asosiy qismlari oqsillar va lipidlardir.
Hujayra membranasining tuzilishiga ko'ra 3 xil ko'rinish ajratiladi.
1. Buterbrod (sendvich) modeli;
2. Lipid-oqsil gilami;
3. Mozaika modeli.
Membranadagi lipidlarning asosiy qismi fosfolipidlar, qolgan qismi glikolipidlar
va xolesterindan iborat. Fosfolipidlar va glikolipidlar xarakterli xususiyati ularning
amfifilligidir: molekulasining bir uchi gidrofob, ikkinchi uchi gidrofil bo'ladi. Shu
belgilari asosida membrananing qo'sh lipid qavati tashkil etadi. Oqsillar qisman yoki
butunlay membranaga botib turgan (integral) yoki membrana yuzasida joylashgan
(pereferik) bo'lishi mumkin.
Membrana oqsillarining bir qismi tarkibida uglevod bo'ladigan oqsillar-
glikoproteinlardan iborat. Membrana oqsillari xilma-xil vazifalarni ado etib boradi.
Bular struktura oqsillari ham, fermentlar ham, moddalarni membrana osha o'tkazib
beradigan oqsillar ham, gormonlar yoki hujayra funktsiyalarining boshqa
regulyatorlari ham bo'lishi mumkin. Membranalar asimmetriyasi: Hujayra membrana
strukturalarining hammasi tutash bo'ladi: ular ma`lum bir hajmni muhit yoki
hujayraning boshqa qismlaridan ajratib, cheklab turadi. Bu narsa membrana
strukturasi sferik shaklga yaqinlashib keladigan oddiy geometrik shaklda bo'ladi,
masalan, plazmatik membrana yoki yadro membranasiga o'xshab ketadigan hollarda
tushunarlidir. Bu gap mitoxondriyalar, endoplazmatik to’r, Golji majmuasi
membranalari singari murakkab shaklli membranalarga ham to'g'ri keladi. Modomiki
shunday ekan, har bir membrananing ichki va tashqi yuzalari bo'ladi. Bitta
membrananing yuzalari lipidlar, oqsillar va uglevodlarning tarkibi jihatidan bir-
biridan farq qiladi. Masalan, eritrotsitlar plazmatik membranasidagi qo'sh lipid
qavatining tashqi mono qavatida fosfotidilxolinlar ustun tursa, ichki mono qavatida
fosfotidiletanolaminlar bilan fosfotidilserinlar ustun turadi. Glikolipidlar bilan
glikoproteidlarning uglevodli qismlari tashqi yuzaga chiqib, ba`zan sidirg'a hujayra
po'stini – glikokaliks deb ataladigan tuzilmani hosil qiladi; ichki yuzasida uglevodlar
bo'lmaydi[1].
Gormonlar retseptorlari bo'lmish oqsillar plazmatik membrananing tashqi
yuzasidan, bular idora etib boradigan adenilatsiklaza esa ichki yuzasidan joy oladi.
Membranalarning suyuqlik tabiati: Qo'shaloq lipid qavati suyuq kristalik tuzilishga
egadir; lipid molekulalari tartib bilan joylashgan, Lekin ular qavat doirasida membrana
yuzasiga parallel ravishda diffuziyalanish xususiyatini saqlab qoladi. Boshqacha
aytganda, lipid qavati ikki o'lchovli suyuqlikka o'xshab ketadi. Oqsil molekulalari ham
lateral diffuziyaga qodirdir: ular lipid qavatida go'yo suzib yuradi. Biroq oqsil
molekulalarining kattaligi ular diffuziyasi tezligini cheklab qo'yadi, bundan tashqari,
ko'pgina membranalarda oqsillar yetarlicha zich joylashgan bo'ladi. Membranalardagi
ko'ndalang diffuziya to'g'risida gapiradigan bo'lsak, bunday diffuziya cheklangan